partiya
fraksiyalarining
Qonunchilik jarayonidagi ishtiroki alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonunchilik
faoliyatining asosiy funksiyasi hisoblanadi. Ushbu jarayonni uzoq muddatli va
murakkab jarayonligini inobatga olib, fraksiyalarning qonun ijodkorligi sohasidagi
faoliyatini bu borada ko‘rsatish mumkin. Fraksiyalarning qonun ijodkorligi
47
sohasidagi ishtirokini uning ishtirokchilari doirasiga qarab quyudagi yo‘nalishlarni
ko‘rsatish mumkin.
- Qonunchilik tashabbusi huquqqidan foydalanib, saylov oldi dasturida e’lon
qilingan ma’naviyat, ma’rifat sohalariga doir yangi qonunlar loyihasini fraksiya
a’zolari tomonidan ishlab chiqish,
- Biror bir qo‘mita tomonidan muhokama etilayotgan qonun loyihalarini xalq
ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini nazarda tutgan holda fraksiya
tomonidan muhokama etilishi,
- Qonunchilik palatasida muhokama etilayotgan qonun loyihasi yuzasidan
ma’naviyat, meros, milliy o‘zlikni anglash masalalarini nazarda tutgan holda
fraksiya taklifini kiritish,
- Muayyan bir qonun muhokamasi yuzasidan kelishuv komissiyasi tuzish
masala kiritish.
1
Tashkiliy masalarni tayyorlash va hal etishga doir vakolatlari
.
Qonunchilik
palatasi majlislarining kun tartibida muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib
chiqib tartibi va mohiyati yuzasidan, takliflar hamda fikr mulohazalarni kiritishga
haqlidir. Fraksiya va deputatlik guruhlari navbatdan tashqari majlis chaqirishni
talab etishlari va Oliy Majlisning qo‘shma majlisini chaqirish vakolatlariga
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti 3-
modda) ham egadir.
Parlament nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolatlari
.
Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining
mansabdor shaxslari va ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan
asoslangan tushuntirishlar berish yoki O‘zbekiston nuqtai nazarini bayon qilish
talabi bilan bilan chiqishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi
fraksiyalarining hukumat a’zolarini va ularning faoliyati masalalari yuzasidan
chiqish qilish masalasini qo‘yish huquqi ham mavjuddir.
1
I.Bekov “Oliy Majlis Qonunchilik palatasini faoliyatida siyosiy partiyalarning huquqiy asoslari .yu.f.n. dis..
Toshkent. Bg’116
48
Qonunchilik yuzasidan nazorat tahlil olib borish
.
Bu ham partiya
fraksiyalarining muhim yo‘nalishi bo‘lib, bu faoliyat orqali siyosiy partiyalar
fraksiya joriy qonunlarning qanchalik ijro etilayotganidan xabardor bo‘ladidlar.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining fuqarolar bilan bevosita faoliyati bo‘lib,
unga aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, saylovchilar bilan
uchrashishlar o‘tkazish hamda fuqarolarning murojjaatlariga javob berishi kabi
sohalar kiradi. Fraksiyalarning bu faoliyatini o‘tgan davriga nazar tashlasak, 2008
yilda O‘zbekiston XDP tomonidan saylovchilar bilan mamlakatimizda olib
borilayotgan islohotlar ahamiyatini tushuntirish va ularning bugungi kundagi
muommolarini o‘rganish va hal etish maqsadida 735 ta uchrashuv tashkil etilgan.
Deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
va saylov okruglarida 1266 nafar fuqaro qabul qilingan bo‘lsa, Milliy Tiklanish DP
fraksiya a’zolari saylovchilar bilan 800 marta uchrashuvlar o‘tkazib, 495 fuqaroni
qabul qilgan. O‘zbekiston Adolat SDP fraksiya tomonidan 231 uchrashuv
o‘tkazilib, deputatlar 179 nafar fuqaroni murojaatlariga javob berganlar.
Dunyodagi demokratik fuqarolik jamiyatlarida hokimiyatning bo‘linish
tamoyiliga asoslangan davlat qurilishiga o‘tilgan. Hokimiyatning nisbatan
mustaqillik asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linadi.
Respublikamizda ham hokimiyatning bo‘linish prinsipini izchil amalga oshira
borib, davlat hokimiyati tizimida chuqur islohotlar qilindi. O‘zbekiston
Respublikasining mustaqillikka erishishi va demokrat huquqiy davlat barpo etish
jarayonidagi eng muhim vazifalardan biri bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotni barpo etish bo‘lsa, ikkinchi vazifa Respublikamizda davlat hokimiyat
ining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yangi
mustaqillik sharoitiga mos keladigan tizimini yaratish edi. “O‘zbekiston
Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi
Qonuniga muvofiq 1992 yil yanvardan boshlab viloyat, tuman va shaharlarda
joylarda vakillik hamda ijroiya boshqaruviga rahbarlik qiluvchi hokimlik lavozimi
tashkil etildi. Bundan tashqari mahalliy davlat hokimiyati bilan bog‘liq
49
munosabatlarni tartibga solish uchun 1993 yil 2- sentyabrda O‘zbekiston
Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va boshqa sohaga doir hujjatlarda
belgilangan bo‘lib, ular quyudagicha tizimlanadi:
–
O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisi –O‘zbekiston Respublikasining oliy
davlat vakilik orgoni bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
–
Qoraqolpg‘iston
Respublikasi
Jo‘qorg‘i
Kengesi
Qoroqolpg‘iston
Respublikasidagi butun davlat apparatining yagona va doimiy asosi bo‘lib, u
davlatni boshqa organlarini saylaydi yoki tuzishda ishtirok etadi, ular faoliyati
ustidan nazort olib boradi. Jo‘qorg‘i Kengesi davlat hokimiyat ining oliy organi
sifatida Qoroqolpg‘iston Respublikasi ixtiyoriga berilgan barcha masalalarni o‘zi
hal etish huquqiga ega.
–
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari– O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga ko‘ra, viloyatlar , tumanlar va
shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari
hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini
ko‘zlab, o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.
Respublikasimizdagi vakillik organlarini bunday tartibda tizimlashtirilishi
mamlakatmizning hududlariga va tarixiy boshqaruv shakllarimizga qarab amalga
oshirildi.
Qoraqolpg‘iston Respublikasida Jo‘qorg‘i Kengesi oliy davlat vakillik
organi bo‘lib, u qonun chiqaruvchi hokimiyatni ifodalaydi. Jo‘qorg‘i Kengesi
hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga
saylanadigan
deputatlardan
iborat.
Saylovlarda
siyosiy
partiyalardan
ko‘rsatilayotgan nomzod albatta ushbu hududda yashashi yoki ishlashi zarur
hisoblanadi. Jo‘qorg‘i Kengesining birinchi majlisi saylovdan ikki oy
kechiktirilmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |