Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida huquqiy demokratik
davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish,
ijtimoiy-siyosiy
va
iqtisodiy
taraqqiyotning
ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash hamda ro‘yobga chiqarishda ularning ishtirokini
kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda
1
.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Davlat boshqaruvini
yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya
qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy
qonun, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida», «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish
to‘g‘risida»gi qonunlar partiyalarni rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos
bo‘lmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi asosida qabul qilingan qonunlar davlat hokimiyati organlari tizimida
Oliy Majlisning roli va ahamiyatini sezilarli darajada kuchaytirdi. Vazirlar
1
M. Qirg’izboyev. Fuqarolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T. 1998 yil, 38-bet
53
Mahkamasi, ijro hokimiyati organlarining parlament oldida, joylardagi davlat
boshqaruvi organlarining xalq deputatlari Kengashlari oldidagi mas’uliyati
oshirildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini
olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi
taklif etilishi tamoyili hamda hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi
institutining joriy etilishi siyosiy partiyalarning ahamiyatini yanada oshirdi.
Prezidentimiz Islom Karimov Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22-
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, siyosiy
partiyalarning yetuklik darajasi, fuqarolarimizning huquqiy ongi, siyosiy va
huquqiy madaniyati tobora yuksalib borayotgani, hech shubhasiz, ushbu
konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim asosi, ularni amalga oshirishning hal
qiluvchi sharti va garoviga aylanmoqda.
Bugungi kunda siyosiy partiyalar davlat va jamiyat tayanchiga aylanmoqda.
Ularning har biri saylovlarda yutib chiqib, mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida
muhim rol o‘ynashga intilmoqda.
2014-yil 21-dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylov ham fikrimizning yorqin misolidir. Shu kunlarda siyosiy partiyalar
o‘rtasidagi raqobat, bahs-munozaralar avjiga chiqmoqda. Har bir siyosiy partiya
saylovchilar bilan uchrashuvlarda, ommaviy axborot vositalari orqali o‘z g‘oya va
maqsadlarini ilgari surib, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini targ‘ib etayotir.
Shunday bo’lsada jamiyatimizda ko’ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish
jarayonida ayrim muammolar borligi ko’zga tashlanadi. Ma’lumki, qonun
chiqaruvchi va vakillik organlariga saylovlarda qatnashayotgan har bir siyosiy
partiya,
birinchidan
, o’z qiyofasiga, jamiyatning o’zi suyanadigan qatlamlari
manfaatlariniifoda qiluvchi aniq dasturi, patformalari, shiorlari
1
;
ikkinchidan,
o’zining elektorati, ma’lum va doimiy saylovchilariga ega bo’lishi;
1
Batafsilroq qarang: Xo’janazarov I. Fuqarolik jamiyati institutlari – parlament saylovlariga tayyorgarlik ko’rish va
uni o’tkazishning harakat dasturlarida//Fuqarolik jamiyati. 2009-№3 – B-19-20.
54
uchinchidan,
obro’-e’tibor orttirishga intilishi, ko’proq ishonch qozonishi;
to’rtinchidan,
qonun chiqaruvchi va vakillik organlari, keyinchalik esa
hokimyatning ijroiya organlarida ko’proq o’rin olishga harakat qilmog’I darkor
1
.
Shuni ham aytish kerakki, partiya o’z saylovoldi dasturining eng to’g’ri ekani,
davlat va jamiyat intilayotgan maqsad, farovon hayotga aynan mana shu dastur
orqali erishish mumkinligini isbot qilgan holda, uni izchillik bilan hayotga tadbiq
etishi lozimligini muammo sifatida ko’rish mumkin. Chunki saylov kuniga qadar
partiyalar dasturidan xalq xabardor bo’lib, u tomonidan berilgan ishonch va
va’dalarga xalqning umidi uyg’onib, partiya elektorati shakllanadi. Saylov o’tgach,
mobodo saylovlarda yetarli ovoz to’play olmasa yuqoridagi partiyadan ko’rsatilgan
nomzod tomonidan berilgan va’dalar amalga oshmay qolayotganini biz muammo
sifatida aytsak bo’ladi. Lekin, o’sha nomzod partiyaning keyingi saylovlarda yutib
chiqishi mumkinligini o’ylamaydi.
Hammaga ma’lumki, siyosiy partiyalar saylov arafasida o’z elektoratini
o’ylantirayotgan sotsial – iqtisodiy muammolarni yanada chuqurroq o’rganishi,
ularni hal etish bo’yicha zarur choralarni ko’rishga diqqat – e’tiborini qaratish
lozim. Partiyalar izchil ish olib borishi, siyosiy tajriba orttirishi, o’zining doimiy
saylovchilariga tayanish uchun faol harakat qilishi lozim. Demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni maqsad qilib olgan
har bir siyosiy partiya:
1) davlat hokimyati va boshqaruvini demokratlashtirish;
2) sud – huquq tizimini isloh etish;
3) axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash;
4) saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish;
5) fuqarolik jamiyatining turli institutlarini shakllantirish va rivojlantirish;
6) demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada
chuqurlashtirish sohalariga o’z munosabatini bildirishi lozim.
Shuningdek, partiyalar o’rtasida sog’lom raqobat muhitining samarasi
kamroq ekanligini muammo sifatida ham aytish mumkin. Mamlakatda
1
Karimov I.A.“Tanlagan yo’limiz to’g’riligiga ishonchimiz komil”. 1996-y.16-fevral.//
www.press-service.uz
55
yashaydigan har bir fuqaro o’z orzu – umidlarini faqat mavjud siyosiy partiyalar
orqali ko’rish imkonini yaratish bugungi kun uchun muhimdir. Bunda fuqarolar
qabul qilinayotgan qonunlarga, mamlakatdagi islohotlarga bevosita o’z hissasini
qo’shib, mamlakat siyosiy hayotidan xabardor bolib borishi demakdir. Natijada
fuqarolarda huquqiy ong, milliy g’oyaga sadoqat, vatanparvarlik tuyg’ulari
shakllanadi.
Siyosiy partiya shuning uchun ham siyosiy ki, uning diqqat markazida davlat
hokimiyatini demokratik saylovlar orqali egallash maqsadi turadi. U shuning
uchun ham partiya-ki, xalqning muayyan qismini uyushtiradi, va undan ma‘lum
muddatga davlatni idora etishga vakolat oladi. Davlat hokimiyatini egallash esa,
o’z navbatida, siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlari, xalqqa bergan saylov oldi
va‘dalarini bajarish uchun rasmiy murvat bo’lib xizmat qiladi
1
.
Lekin bundan partiyalar hamisha ham o’z ishlarini risoladagiday bajaradilar,
ular farishtalar kabi benuqsondirlar, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Bizdagi
mavjud partiya va harakatlar demokratiya sharoitida yashab ko’rmagan. Ularning
har biri o’zini mutloq haqiqat jarchisi deb biladi. To’g’risini aytsak, o’zaro hurmat,
bahs va munozara yetishmaydi.
Siyosiy partiyalarning O’zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatda
tutish lozim bo’lgan o’rni va ularning unda bajaradigan ijtimoiy vazifalarning
ahamiyati to’g’risidagi qoida va xulosalar, davlatimiz rahbari tomonidan muttasil
rivojlantirib kelinmoqda.
Respublikamiz Prezidenti I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining birinchi yig’ilishida “Parlament – jamiyat hayotining
kuzgusi” degan mavzuda 27 yanvar 2005 yilda so’zlagan nutqida ko’ppartiyaviylik
masalasiga alohida urg’u berib o’tdi.
Ko’ppartiyaviylik tizimi nima uchun zarur degan savolga javob berib
qo’yidagilarni sanab berdi. Birinchidan, ko’ppartiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda
o’z manfaat va qarashlariga ega bo’lgan har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning
1
Xo’janazarov I. Fuqarolik jamiyati institutlari – parlament saylovlariga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishning
harakat dasturlarida//Fuqarolik jamiyati. 2009-№3 – B-23
56
maqsad va intilishlarini to’liq aks ettirish uchun kerak. Chunki hayot bor ekan,
inson bor ekan, har qaysi toifa o’zining manfaatlarini qandaydir yo’llar bilan
amalga oshirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, siyosiy partiyalar o’z g’oyasi,
maqsad va vazifalari bilan bir-biridan farq qilishi zarur. Uchinchidan, siyosiy
partiyalar xalqni, millatni qadim-qadimdan birlashtirib kelayotgan mushtarak
g’oyalar ham borligini doimo esda tutishi zarur. U o’z manfaatlarini himoya
qilishda bir-biriga raqib yoki muxolifat bo’lishi mumkin, lekin yagona Vatan
yagona xalq manfaatlari haqida gap ketganda hammasi bir musht bo’lib birlashishi
darkor. To’rtinchidan, har qaysi partiyaning o’z elektorati uni qo’llab-
quvvatlaydigan ijtimoiy qatlam bo’lishi lozim. Agar shunday bo’lmasa, bu partiya
haqiqiy siyosiy kuch bo’la olmaydi. Beshinchidan, bizda mintaqaviy partiyalar
yo’q va bo’lmaydi ham. Har qaysi partiya umummilliy partiya sifatida faoliyat
yuritishi kerak. Ular markazda qolib ketmasligi va joylarda albatta o’z a‘zolari,
faollari va tarafdorlariga ega bo’lishi lozim. Agar shunday bo’lmasa, har qanday
partiya siyosat sahnasidan tushib ketadi.
Xo’sh, shunday ekan partiyalarning siyosiy mavqei nima bilan belgilanadi,
degan savol tug’ilishi mumkin: Birinchidan, saflarining jipsligi, siyosiy
dasturlarining ommalashganlik darajasi, muloqot, targ’ibot va tashviqot
imkoniyatlari ko’lami, g’oyaviy ishlarining ko’pchilikka manzurligi bilan;
ikkinchidan, aniq va puxta ishlab chiqilib ommalashtirilgan g’oyaviy mo’ljali
uning hokimiyat uchun olib borayotgan kurashida saylovchilari ko’lamini ham
kengaytiradi.
Partiyalar o’z siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda turli xil yo’llarni
tanlashlari mumkin. Partiya jamiyat hayotini demokratlashtirishda va har bir
mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda o’ziga xos o’ringa ega
bo’ladi hamda muayyan funktsiyalarni bajaradi. Bu funktsiyalarni ikkiga bo’lish
mumkin: ichki funksiyalar va tashqi funktsiyalar
1
.
1
M. Qirg’izboev. Fuqarolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T. 1998 yil, 31-bet
57
Ichki funktsiyalarga qo’yidagilar kiradi: partiyaga a‘zolar qabul qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |