Bakalavrlik bitiruv malakaviy ishning tuzilishi.
Mazkur bakalavrlik bitiruv
malakaviy ishi kirish, ikkita bob, to’rtta reja, xulosa hamda foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
15
I Bob. Jamiyat siyosiy tizimida siyosiy partiyalarning o’rni.
1.1. Siyosiy partiyalar tushunchasi, mazmuni va mohiyati.
Siyosiy partiya (lotincha qism, guruh; eski o’zbekchasi arabchadan “firqa” –
guruh, to’da) – umumiy g’oya va manfaat, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida
odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi tashkilot; fuqaroviy jamiyat bilan
davlatni bir-biriga bog’lovchi eng muhim vositalardan biri; hozirgi zamon huquqiy
demokratik davlati hayotining zaruriy omillaridan biri. Demak, partiya deganda
“g’oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo’lgan, shuningdek,
muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi”
1
ni tushunish mumkin.
Partiyalarning mohiyati, tabiati, tarkibi juda ko’p jihatlardan mazkur tarixiy
davr mazmuniga, tuzumiga undagi siyosiy jarayonlar oqimiga chambarchas bog’liq
tarzda shakllanib, jamiyatda sodir bo’layotgan siyosiy kurashning qanday borishida
oshkora namoyon bo’ladi.
Tarixda ma‘lum bo’lgan dastlabki siyosiy partiyalar qadimgi Yunonistonda
tashkil topgan bo’lib, oldin juda ozchilikni birlashtirgan, guruhlar tarkibi jihatdan
juda tor doirada uyushgan siyosiy tashkilotlar edilar. Ammo tom ma‘nodagi
siyosiy partiyalar harakati Yevropada XVII-XVIII asrlar inqiloblari oqibatida
shakllandi. X1X asr oxiriga kelib, demokratik partiyalar kengayib, saylovlar tizimi,
parlamentdagi joylar uchun kurash keskinlashgan sari, siyosiy partiyalar hayoti va
faoliyati yangi pag’onaga ko’tarildi.
Siyosiy partiyalarning ilk tadqiqotchisi ingliz siyosiy arboblaridan biri Jon
Tolanddir (1670-1722). U o’zining “Partiyalar vositasida boshqarish san‘ati” nomli
traktatida ingiliz siyosiy tizimining ustun tomonlariga to’xtalib, shunday deb
yozadi: “Vigilar va torilar guruhlarining shakllanishi parlamentda muhim rol
o’ynaydi. Lekin, eng muhimi, qirol qaysi partiya tomonida ekanligigadir. Eng ideal
vaziyat yaratish uchun qirol qonunlarga itoat qilgan holda har ikkala partiyaga ham
teng munosabatda bo’lishi lozim. Siyosiy barqarorlikning kafolati ham shundadir.
Qirol partiya boshida turmasligi kerak, aks holda, u biron-bir guruhning yo’l
boshchisiga aylanib, o’z xalqining otasi ekanligini unutadi”. Nemis tadqiqotchisi
1
I.A.Karimov “Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.” Toshkent. “O’zbekiston” 7-tom. 384-bet.
16
V. Xasbax esa partiyani qo’yidagicha tushungan: “Partiya bir xil siyosiy qarashlar
va maqsadlarga ega bo’lgan, o’z shaxsiy manfaatlarini qondirish maqsadlarida
siyosiyhokimiyatni egallashga intilayotgan kishilarning ittifoqidir”.
Hozirgi davrda eng yaqin partiya tushunchasini M. Veber ochib bergan edi:
“Partiyalar a‘zolikka qabul qilishning ixtiyoriyligiga asoslangan, o’z oldiga faol
a‘zolarining moddiy foyda yoki shaxsiy imtiyozlar olishi uchun ma‘naviy va
moddiy sharoitlar yaratish hamda o’z rahbariyati uchun siyosiy hokimiyatni
egallash maqsadini qo’ygan jamoat tashkilotlaridir”. (K. Gadjiev. Politicheskaya
nauka. M. 1995 g. 135-str).
O’tgan tarixiy davrlar tajribasi partiyani tashkil qilishning to’rt belgisi
borligini ko’rsatdi. Ular, AQSH siyosatshunosi J. La Palonbaraning ko’rsatishicha,
qo’yidagilardan iborat:
1. Avvalambor, har qanday partiya u yoki bu mafkura yoki dunyoqarash
tashuvchisi yoki uning kamida dunyo va insonni bilish va anglashning o’z yo’liga
ega bo’lishidir.
2. Partiya, bu-siyosatning barcha darajalarida – mahalliydan to xalqaro
bosqichlar bo’g’inlarida faoliyat ko’rsatayotgan a‘zolarning birlashmasi, tashkiloti
bo’lishi lozim.
3. Partiyaning maqsadi –hokimiyatni egallash va uni amalga oshirish
ekanligi.
4. Har bir partiya, unga ovoz berishdan tortib, to mazkur partiyaga faol a‘zo
bo’lishigacha bo’lgan jarayonlarda xalq tomonidan qo’llab-quvvatlanishga erishish
uchun harakat qiladi.
1
Siyosiy partiyalarni siyosiy tashkilot sifatida tan olish uchun uning o’ziga
xos belgili xususiyatlari shakllangan bo’lishi kerak. Bu belgilar ijtimoiy zamin,
ijtimoiy tarkib, siyosiy mavqe, g’oyaviy mo’ljal, saylovchilar ko’lami (elektorat),
kabilardan iborat bo’lib, mana shu belgilarning zabardastligi va zaifligi bilan
baholanadi.
1
M. Qirg’izboev. Fuqarolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T. 1998 yil, 31-bet
17
Demak, siyosiy partiya jamiyatning bir bo’lagi bo’lib, u muayyan maqsad,
guruh yoki qatlamning maqsad va manfaatlarini ifoda etgan holda, uni umumdavlat
va umummillat manfaatlari, maqsadlar va vazifalar bilan uyg’unlashtirilgan holda
faoliyat ko’rsatadigan, rivojlanishning siyosiy yo’nalishlarini aniqlab beradigan
siyosiy tashkilotdir.
Ba’zan, siyosiy partiyaning o’zi kerakmikan, degan mazmundagi savollarni
ham eshitishga to’g’ri keladi; bunga javobimiz qo’yidagicha: siyosiy partiyalar
jamiyatda bekorchilikdan emas, balki hayotiy zaruratdan kelib chiqqan. Ular,
amalda, inson jamiyatida siyosiy hokimiyat, degan narsa kelib chiqqandan beri
mavjuddir. Siyosiy hokimiyat, mohiyatan, jamiyatni boshqarib turish ehtiyoji,
zarurati bois paydo bo’lgan. Garchi siyosiy partiya, deb atalmagan bo’lsalar ham,
ammo o’z paytida, shohlarga ham ta‘sir ko’rsatish kuchiga ega bo’lgan shaxslar,
guruhlar, amalda, xuddi mana shu “partiyaviy” vazifalarni o’tab kelganlar. Jamiyat
rivojida demokratik tartibotlarning vujudga kelishi tom ma‘nodagi siyosiy
partiyalarning paydo bo’lishiga olib keldi.
Butun jahon ma‘rifat taraqqiyotining, kishilar tomonidan, adolat uchun
kurash yo’lida uyushib harakat qilish borasidagi erishgan yutug’i-siyosiy partiyalar
amaliyotidir.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki,
partiyalar o’z vazifasini to’la bajarishi, mamlakat taraqqiyotiga tegishli hissa
qo’shishi uchun ularga dastlabki yo’l imkoniyatlar yaratib berilishi kerak. Bu
ayniqsa ko’ppartiyaviylik shakllanayotgan va o’z yo’lini belgilayotgan
O’zbekistonning hozirgi o’tish davrida ham juda muhimdir.
Siyosiy partiyalarga teng imkoniyatlar yaratishning ko’pgina vositalari
bo’lib, ular orasida davlat boshlig’i Prezidentning partiyaga mansubligi masalasini
to’g’ri hal qilishdir.
Shuning uchun ko’pgina demokratik mamlakatlarda Prezidentlik lavozimini
har qanday partiyalarga a‘zolikdan xoli bo’lishini nazarda tutuvchi huquqiy asoslar
mavjud. Bu ayrim mamlakatlarda bevosita Konstitutsiya bilan hal qilingan bo’lsa,
ayrim mamlakatlarda esa Prezidentning prezidentlik davonda biror-bir siyosiy
18
partiyaga mansub bo’lmasligini o’rnatuvchi maxsus qonunlar qabul qilish bilan hal
qilingan. Masalan, Germaniya Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga
asosan, Prezident lavozimidagi davrda u har qanday partiya a‘zoligidan voz
kechishi, Ruminiya Konstitutsiyasining 84-moddasida, Prezidentlik muddati
davonida Prezident biror-bir partiya a‘zoligida bo’la olmasligi, Rossiya
Federatsiyasida ham Rossiya Prezidentining biror-bir siyosiy partiyaga
mansubligini taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanib, Davlat Dumasiga kiritilgan.
Davlat boshlig’ining siyosiy partiyalarga mansub bo’lmasligining ijobiy
jihatlari ikki narsa bilan bog’liq:
Birinchidan, Prezident nafaqat davlat boshlig’i, shu bilan birga u siyosiy
hayotda hakam vazifasini bajaradi. Jumladan, Gretsiya Konstitutsiyasining 30-
moddasida “Prezident Respublika institutlarining hakami hisoblanadi”, - deb yozib
quyilgan. Shunday holat Frantsiya Konstitutsiyasining 5-moddasida ham mavjud.
Prezident partiyaga mansub bo’lmaganda, uni biror-bir partiyaning manfaati emas,
balki umumiy manfaat qiziqtiradi. Eng samarali tashabbus qaysi partiyaga tegishli
bo’lsa, shuni qo’llab-quvvatlaydi.
Ikkinchidan, Prezidentning biror-bir partiyaga mansub bo’lmasligi turli
partiyalarning faoliyat ko’rsatish uchun teng imkoniyat yaratadi. Partiyalarning
teng mavqega ega bo’lishi ularning tashabbuskorligini oshiradi. O’z faoliyatida
erkin, hech kimning ta‘sirisiz harakat qilishga imkon tug’iladi.
Xullas, birinchi savolni xulosasi sifatida aytish kerakki, jamiyat taraqqiyoti
davomida har bir partiya o’zining asosiy maqsadi va kurash yo’llari ifodalangan
dasturlarni ishlab chiqadi. Dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat ko’rsatayotgan
partiyalarning strategik yo’li bir xilda bo’lishi mumkin emas.
Ikkinchi savol: Hozirgi sharoitda amal qilayotgan siyosiy partiyalarning
ijtimoiy zamini, ijtimoiy tarkibi va siyosiy harakat dasturining qanday maqsadga
yo’naltirilganiga qarab ularni uch turga taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
Ularning birinchi turini katta yer egalarining tub manfaatlarini ifoda etadigan
siyosiy partiyalar tashkil etadi. Bu turga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi
mamlakatlarning qoloq iqtisodiy zamini sharoitida siyosiy faoliyatlarni davom
19
ettirayotgan partiyalar kiradi. Ularning siyosiy dasturlari, g’oyaviy mo’ljallari
xilma-xil bo’lishiga qaramay, asl maqsadi feodal tuzum tartiblarini himoya qilish
uchun kurashadilar va hozir ham kurashadilar.
Ikkinchi tur siyosiy partiyalar qatoriga burjua sinfining tub manfaatlarini
ifodalovchi partiyalar kiradi. Ular orasida podsholikni tan oladigan burjua siyosiy
partiyalardan tortib (masalan, Buyuk Britaniyada – konservativ, Yaponiyada –
liberal- demokratik, Shvetsiyada xalq, Daniyada – Venstre so’l liberal,
Niderlandiyada – xristian – demokratik chaqiriq, Norvegiyada – Venstre va markaz
partiyalari shular jumlasidandir), o’z dasturlarida sotsializm va mehnatkashlar
manfaati uchun kurashni bayon qilgan sotsial-demokratik ko’rinishdagi juda ko’p
siyosiy partiyalar o’rin egallaydilar.
Uchinchi tur siyosiy partiyalar qatoriga mehnatkash ijtimoiy guruhlar-
ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, hunarmand-kosiblar tub manfaatlarini maqsad qilib
qo’ygan kommunistik, sotsialistik, ishchi, dehqon, sotsial-demokratik, inqilobiy,
xalq mehnatkashlar partiyalari atamalari bilan yuritiladigan siyosiy partiyalar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |