Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Bakalavrlik bitiruv malakaviy ishning tuzilishi



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#215394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ozbekistonda koppartiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi

Bakalavrlik bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Mazkur bakalavrlik bitiruv 

malakaviy  ishi  kirish,  ikkita  bob,  to’rtta  reja,  xulosa  hamda  foydalanilgan 

adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 

 



 

I Bob. Jamiyat siyosiy tizimida siyosiy partiyalarning o’rni. 



1.1. Siyosiy partiyalar tushunchasi, mazmuni va mohiyati. 

Siyosiy partiya (lotincha qism, guruh; eski o’zbekchasi arabchadan “firqa” – 

guruh,  to’da)  –  umumiy  g’oya  va  manfaat,  ijtimoiy-siyosiy  maqsadlar  asosida 

odamlarni  ixtiyoriy  ravishda  uyushtiruvchi  tashkilot;  fuqaroviy  jamiyat  bilan 

davlatni bir-biriga bog’lovchi eng muhim vositalardan biri; hozirgi zamon huquqiy 

demokratik  davlati  hayotining  zaruriy  omillaridan  biri.  Demak,  partiya  deganda 

“g’oyaviy  jihatdan  maslakdosh,  manfaatlari  mushtarak  bo’lgan,  shuningdek, 

muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi”

1

 ni tushunish mumkin. 



 

Partiyalarning mohiyati, tabiati, tarkibi juda ko’p  jihatlardan mazkur tarixiy 

davr mazmuniga, tuzumiga undagi siyosiy jarayonlar oqimiga chambarchas bog’liq 

tarzda shakllanib, jamiyatda sodir bo’layotgan siyosiy kurashning qanday borishida 

oshkora namoyon bo’ladi. 

 

Tarixda ma‘lum bo’lgan dastlabki  siyosiy partiyalar qadimgi Yunonistonda 



tashkil  topgan  bo’lib,  oldin  juda  ozchilikni  birlashtirgan,  guruhlar  tarkibi  jihatdan 

juda  tor  doirada  uyushgan  siyosiy  tashkilotlar  edilar.  Ammo  tom  ma‘nodagi 

siyosiy  partiyalar  harakati  Yevropada  XVII-XVIII  asrlar  inqiloblari  oqibatida 

shakllandi. X1X asr oxiriga kelib, demokratik partiyalar kengayib, saylovlar tizimi, 

parlamentdagi joylar uchun kurash keskinlashgan sari, siyosiy partiyalar hayoti va 

faoliyati yangi pag’onaga ko’tarildi. 

 

Siyosiy  partiyalarning  ilk  tadqiqotchisi  ingliz  siyosiy  arboblaridan  biri  Jon 



Tolanddir (1670-1722). U o’zining “Partiyalar vositasida boshqarish san‘ati” nomli 

traktatida  ingiliz  siyosiy  tizimining  ustun  tomonlariga  to’xtalib,  shunday  deb 

yozadi:  “Vigilar  va  torilar  guruhlarining  shakllanishi  parlamentda  muhim  rol 

o’ynaydi. Lekin, eng muhimi, qirol qaysi partiya tomonida ekanligigadir. Eng ideal 

vaziyat yaratish uchun qirol qonunlarga itoat qilgan holda har ikkala partiyaga ham 

teng munosabatda bo’lishi lozim. Siyosiy barqarorlikning kafolati ham shundadir. 

Qirol  partiya  boshida  turmasligi  kerak,  aks  holda,  u  biron-bir  guruhning  yo’l 

boshchisiga  aylanib,  o’z  xalqining  otasi  ekanligini  unutadi”.  Nemis  tadqiqotchisi 

                                                 

1

  I.A.Karimov “Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.” Toshkent. “O’zbekiston” 7-tom. 384-bet. 




 

V. Xasbax esa partiyani qo’yidagicha tushungan: “Partiya bir xil siyosiy qarashlar 



va  maqsadlarga  ega  bo’lgan,  o’z  shaxsiy  manfaatlarini  qondirish  maqsadlarida 

siyosiyhokimiyatni egallashga intilayotgan kishilarning ittifoqidir”. 

 

Hozirgi davrda eng yaqin partiya tushunchasini M. Veber ochib bergan edi: 



“Partiyalar  a‘zolikka  qabul  qilishning  ixtiyoriyligiga  asoslangan,  o’z  oldiga  faol 

a‘zolarining  moddiy  foyda  yoki  shaxsiy  imtiyozlar  olishi  uchun  ma‘naviy  va 

moddiy  sharoitlar  yaratish  hamda  o’z  rahbariyati  uchun  siyosiy  hokimiyatni 

egallash  maqsadini  qo’ygan  jamoat  tashkilotlaridir”.  (K.  Gadjiev.  Politicheskaya 

nauka. M. 1995 g. 135-str). 

 

O’tgan  tarixiy  davrlar  tajribasi  partiyani  tashkil  qilishning  to’rt  belgisi 



borligini ko’rsatdi. Ular, AQSH siyosatshunosi J. La Palonbaraning ko’rsatishicha, 

qo’yidagilardan iborat: 

  1.  Avvalambor,  har  qanday  partiya  u  yoki  bu  mafkura  yoki  dunyoqarash 

tashuvchisi yoki uning kamida dunyo va insonni bilish va anglashning o’z yo’liga 

ega bo’lishidir. 

  2.  Partiya,  bu-siyosatning  barcha  darajalarida  –  mahalliydan  to  xalqaro 

bosqichlar bo’g’inlarida faoliyat ko’rsatayotgan a‘zolarning birlashmasi, tashkiloti 

bo’lishi lozim. 

  3.  Partiyaning  maqsadi  –hokimiyatni  egallash  va  uni  amalga  oshirish 

ekanligi. 

  4. Har bir partiya, unga ovoz berishdan tortib, to mazkur partiyaga faol a‘zo 

bo’lishigacha bo’lgan jarayonlarda xalq tomonidan qo’llab-quvvatlanishga erishish 

uchun harakat qiladi.

1

 



 

Siyosiy  partiyalarni  siyosiy  tashkilot  sifatida  tan  olish  uchun  uning  o’ziga 

xos  belgili  xususiyatlari  shakllangan  bo’lishi  kerak.  Bu  belgilar  ijtimoiy  zamin, 

ijtimoiy  tarkib, siyosiy mavqe, g’oyaviy  mo’ljal, saylovchilar  ko’lami (elektorat), 

kabilardan  iborat  bo’lib,  mana  shu  belgilarning  zabardastligi  va  zaifligi  bilan 

baholanadi. 

                                                 

1

 M. Qirg’izboev. Fuqarolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T. 1998 yil, 31-bet 




 

 



Demak,  siyosiy  partiya  jamiyatning  bir  bo’lagi  bo’lib,  u  muayyan  maqsad, 

guruh yoki qatlamning maqsad va manfaatlarini ifoda etgan holda, uni umumdavlat 

va umummillat manfaatlari, maqsadlar va vazifalar bilan uyg’unlashtirilgan holda 

faoliyat  ko’rsatadigan,  rivojlanishning  siyosiy  yo’nalishlarini  aniqlab  beradigan 

siyosiy tashkilotdir. 

 

Ba’zan, siyosiy partiyaning o’zi kerakmikan, degan mazmundagi savollarni 



ham  eshitishga  to’g’ri  keladi;  bunga  javobimiz  qo’yidagicha:  siyosiy  partiyalar 

jamiyatda  bekorchilikdan  emas,  balki  hayotiy  zaruratdan  kelib  chiqqan.  Ular, 

amalda,  inson  jamiyatida  siyosiy  hokimiyat,  degan  narsa  kelib  chiqqandan  beri 

mavjuddir.  Siyosiy  hokimiyat,  mohiyatan,  jamiyatni  boshqarib  turish  ehtiyoji, 

zarurati bois paydo bo’lgan. Garchi siyosiy partiya, deb atalmagan bo’lsalar ham, 

ammo  o’z  paytida,  shohlarga  ham  ta‘sir  ko’rsatish  kuchiga  ega  bo’lgan  shaxslar, 

guruhlar, amalda, xuddi mana shu “partiyaviy” vazifalarni o’tab kelganlar. Jamiyat 

rivojida  demokratik  tartibotlarning  vujudga  kelishi  tom  ma‘nodagi  siyosiy 

partiyalarning paydo bo’lishiga olib keldi. 

 

Butun  jahon  ma‘rifat  taraqqiyotining,  kishilar  tomonidan,  adolat  uchun 



kurash yo’lida uyushib harakat qilish borasidagi erishgan yutug’i-siyosiy partiyalar 

amaliyotidir. 

 

 

Jahondagi  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  shuni  ko’rsatmoqdaki, 



partiyalar  o’z  vazifasini  to’la  bajarishi,  mamlakat  taraqqiyotiga  tegishli  hissa 

qo’shishi  uchun  ularga  dastlabki  yo’l  imkoniyatlar  yaratib  berilishi  kerak.  Bu 

ayniqsa  ko’ppartiyaviylik  shakllanayotgan  va  o’z  yo’lini  belgilayotgan 

O’zbekistonning hozirgi o’tish davrida ham juda muhimdir. 

Siyosiy  partiyalarga  teng  imkoniyatlar  yaratishning  ko’pgina  vositalari 

bo’lib, ular orasida davlat boshlig’i Prezidentning partiyaga mansubligi masalasini 

to’g’ri hal qilishdir. 

Shuning uchun ko’pgina demokratik mamlakatlarda Prezidentlik lavozimini 

har qanday partiyalarga a‘zolikdan xoli bo’lishini nazarda tutuvchi huquqiy asoslar 

mavjud. Bu ayrim mamlakatlarda bevosita Konstitutsiya bilan hal qilingan bo’lsa, 

ayrim  mamlakatlarda  esa  Prezidentning  prezidentlik  davonda  biror-bir  siyosiy 



10 

 

partiyaga mansub bo’lmasligini o’rnatuvchi maxsus qonunlar qabul qilish bilan hal 



qilingan.  Masalan,  Germaniya  Respublikasi  Konstitutsiyasining  55-moddasiga 

asosan,  Prezident  lavozimidagi  davrda  u  har  qanday  partiya  a‘zoligidan  voz 

kechishi,  Ruminiya  Konstitutsiyasining  84-moddasida,  Prezidentlik  muddati 

davonida  Prezident  biror-bir  partiya  a‘zoligida  bo’la  olmasligi,  Rossiya 

Federatsiyasida  ham  Rossiya  Prezidentining  biror-bir  siyosiy  partiyaga 

mansubligini taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanib, Davlat Dumasiga kiritilgan. 

  Davlat  boshlig’ining  siyosiy  partiyalarga  mansub  bo’lmasligining  ijobiy 

jihatlari ikki narsa bilan bog’liq: 

 

Birinchidan,  Prezident  nafaqat  davlat  boshlig’i,  shu  bilan  birga  u  siyosiy 



hayotda  hakam  vazifasini  bajaradi.  Jumladan,  Gretsiya  Konstitutsiyasining  30-

moddasida “Prezident Respublika institutlarining hakami hisoblanadi”, - deb yozib 

quyilgan.  Shunday  holat  Frantsiya  Konstitutsiyasining  5-moddasida  ham  mavjud. 

Prezident partiyaga mansub bo’lmaganda, uni biror-bir partiyaning  manfaati emas, 

balki umumiy manfaat  qiziqtiradi. Eng samarali tashabbus qaysi partiyaga tegishli 

bo’lsa, shuni qo’llab-quvvatlaydi. 

 

Ikkinchidan,  Prezidentning  biror-bir  partiyaga  mansub  bo’lmasligi  turli 



partiyalarning  faoliyat  ko’rsatish  uchun  teng  imkoniyat    yaratadi.  Partiyalarning 

teng  mavqega  ega  bo’lishi  ularning  tashabbuskorligini  oshiradi.  O’z  faoliyatida 

erkin, hech kimning ta‘sirisiz harakat qilishga imkon tug’iladi. 

 

Xullas,  birinchi  savolni  xulosasi  sifatida  aytish  kerakki,  jamiyat  taraqqiyoti 



davomida  har  bir  partiya  o’zining  asosiy  maqsadi  va  kurash  yo’llari  ifodalangan 

dasturlarni ishlab chiqadi. Dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat ko’rsatayotgan 

partiyalarning strategik yo’li bir xilda bo’lishi mumkin emas. 

 

Ikkinchi  savol:  Hozirgi  sharoitda  amal  qilayotgan  siyosiy  partiyalarning 



ijtimoiy  zamini,  ijtimoiy  tarkibi  va  siyosiy  harakat  dasturining  qanday  maqsadga 

yo’naltirilganiga qarab ularni uch turga taqsimlash maqsadga muvofiqdir. 

 

Ularning birinchi turini katta yer egalarining tub manfaatlarini ifoda etadigan 



siyosiy  partiyalar  tashkil  etadi.  Bu  turga  Osiyo,  Afrika  va  Lotin  Amerikasidagi 

mamlakatlarning  qoloq  iqtisodiy  zamini  sharoitida  siyosiy  faoliyatlarni  davom 




11 

 

ettirayotgan  partiyalar  kiradi.  Ularning  siyosiy  dasturlari,  g’oyaviy  mo’ljallari 



xilma-xil  bo’lishiga  qaramay,  asl  maqsadi  feodal  tuzum  tartiblarini  himoya  qilish 

uchun kurashadilar va hozir ham kurashadilar. 

 

Ikkinchi  tur  siyosiy  partiyalar  qatoriga  burjua  sinfining  tub  manfaatlarini 



ifodalovchi  partiyalar  kiradi.  Ular  orasida  podsholikni  tan  oladigan  burjua  siyosiy 

partiyalardan  tortib  (masalan,  Buyuk  Britaniyada  –  konservativ,  Yaponiyada  – 

liberal-  demokratik,  Shvetsiyada  xalq,  Daniyada  –  Venstre  so’l  liberal, 

Niderlandiyada – xristian – demokratik chaqiriq, Norvegiyada – Venstre va markaz 

partiyalari  shular  jumlasidandir),  o’z  dasturlarida  sotsializm  va  mehnatkashlar 

manfaati  uchun  kurashni  bayon  qilgan  sotsial-demokratik  ko’rinishdagi  juda  ko’p 

siyosiy partiyalar o’rin egallaydilar. 

 

Uchinchi  tur  siyosiy  partiyalar  qatoriga  mehnatkash  ijtimoiy  guruhlar-



ishchilar,  dehqonlar,  ziyolilar,  hunarmand-kosiblar  tub  manfaatlarini  maqsad  qilib 

qo’ygan  kommunistik,  sotsialistik,  ishchi,  dehqon,  sotsial-demokratik,  inqilobiy, 

xalq  mehnatkashlar  partiyalari  atamalari  bilan  yuritiladigan  siyosiy  partiyalar 

kiradi. 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish