Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


 O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#215394
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
ozbekistonda koppartiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi

2.2. O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 

ko’ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish sohasidagi muammolar va 

ularning yechimlari. 

Mamlakatimizda  siyosiy  partiyalarning  davlat  va  jamiyat  qurilishidagi  roli, 

nufuzi  hamda  mavqeini  oshirish  maqsadida  izchil,  bosqichma-bosqich 

o‘tkazilayotgan  islohotlar  natijasida  ko‘ppartiyaviylik  tizimi  vujudga  keldi  va 

takomillashmoqda.  

Zero,  Konstitutsiyamizda  ko‘ppartiyaviylik  tizimini  shakllantirishning 

huquqiy  asoslari  belgilangan  bo‘lib,  O‘zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot 

siyosiy  institutlar,  mafkuralar  va  fikrlarning  xilma-xilligi  asosida  rivojlanadi

1



Natijada,  1994,  1999,  2004  yillardagi  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga 



saylovlar  ko‘ppartiyaviylik  asosida  o‘tkazildi.  Ko‘ppartiyaviylik  prinsipi  Oliy 

Majlis  va  xalq  deputatlari  Kengashlari  faoliyatiga  joriy  etildi.  Siyosiy 

partiyalarning parlament quyi palatasidagi fraksiyalari orqali partiyalar qonunlarni 

ishlab  chiqishga  ta’sir  ko‘rsatib,  shu  tariqa  davlat  boshqaruviga  munosib  hissa 

qo‘shishi ta’minlandi. 

Ta’kidlash joizki, amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negizini tashkil 

qiluvchi  normativ-huquqiy  hujjatlar  sifatida  «Referendum  yakunlari  hamda  davlat 

hokimiyati  tashkil  etilishining  asosiy  prinsiplari  to‘g‘risida»  (2002  yil), 

«O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  to‘g‘risida»  (2002  yil), 

«O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida» 

(2002  yil),  «Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish 

to‘g‘risida» (2007 yil) Konstitutsiyaviy qonunlar, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisiga  saylov  to‘g‘risida»  (yangi  tahriri,  2003  yil),  «Siyosiy  partiyalarni 

moliyalashtirish  to‘g‘risida»  (2004  yil),  «Nodavlat  notijorat  tashkilotlari 

faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida»  (2007  yil),  «O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida (89-moddasiga, 93-

moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)» (2007 yil), «Saylov 

                                                 

1

 O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya 19 bet. 




43 

 

to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O‘zbekiston 



Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 

(2008  yil)  qonunlar  qabul  qilindi.  Ayniqsa,  «Davlat  boshqaruvini  yangilash  va 

yanada  demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy 

partiyalarning  rolini  kuchaytirish  to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonun  siyosiy 

partiyalarning roli va ta’sirini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Zero,  mazkur  qonunlarning  ijtimoiy  hayotga  tatbiq  etilishi, birinchidan

keng  ko‘lamli  islohotlarni  hamda  siyosiy,  iqtisodiy  va  gumanitar  qurilishning 

maqsadli  vazifalarini  bajarish,  ijro  etuvchi  hokimiyat  tomonidan  ichki  va  tashqi 

siyosatni  amalga  oshirishda  siyosiy  partiyalarning  tashabbuskorligi,  roli,  ta’siri 

hamda  mas’uliyatini  kuchaytirishga  olib  keladi. Ikkinchidan,  hokimiyatning 

vakillik  va  ijro  etuvchi  organlarini  shakllantirishda  siyosiy  partiyalar, 

harakatlarning  faol  ishtiroki  uchun  zarur  tashkiliy-huquqiy  sharoitlarni 

yaratadi. Uchinchidan,  hukumat  tuzilmalarining,  markazdagi  va  joylardagi  davlat 

hokimiyati organlarining siyosiy partiyalarning mamlakat parlamentidagi vakillari, 

mahalliy vakillik organlaridagi deputatlik guruhlari oldida hisob berishini belgilab 

beradigan  va ta’minlaydigan samarali huquqiy  mexanizm  yaratadi.To‘rtinchidan

parlament  quyi  palatasidagi  siyosiy  partiyalar  fraksiyalari  o‘rtasida  yuzaga  kelgan 

o‘ziga  xos  konstruktiv  raqobat  muhitini  huquqiy  jihatdan  mustahkamlash  va 

yanada takomillashtirishga xizmat qiladi

1



Bundan tashqari, 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Saylov to‘g‘risidagi qonun 

hujjatlari  takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining 

ayrim  qonunlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqida»gi  Qonun  ham 

bugungi  kunda  siyosiy  partiyalarning  mamlakatni  demokratik  yangilash  hamda 

modernizatsiya qilish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishdagi rolini, Oliy Majlis 

Qonunchilik  palatasi,  davlat  hokimiyati  mahalliy  vakillik  organlari  faoliyatida 

siyosiy  partiyalar  vakilligini  kuchaytirish,  bir  so‘z  bilan  aytganda,  siyosiy 

partiyalarning faolligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. 

                                                 

1

A.X.Saidov.  O’zbekiston  saylov  tizimida  fuqorolarning  tashabbuskor  guruhlari.//  O’zbekiston  Respublikasi 



Markaziy saylov komisyasi axborotnomasi. Toshkent. 2004.№ 4.B-20 

 



44 

 

Albatta,  ushbu  qonunlarda  belgilangan  qoida-talablarning  amalga  oshirilishi 



ijtimoiy-siyosiy  islohotlarning  mantiqiy  davomi,  mamlakatning  davlat-huquqiy  va 

siyosiy  tizimini  bosqichma-bosqich,  tadrijiy  rivojlantirishning  natijasi  sifatida 

fuqarolik jamiyatini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi shubhasiz. 

Kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida 

siyosiy  partiyalarni  shakllantirishning  tashkiliy-huquqiy,  institutsional  tizimi 

tashkil  topdi  va  izchil  rivojlanmoqda.  Muxtasar  aytganda,  mustaqillik  yillarida 

qabul  qilingan,  xalqaro  andozalarga  javob  beradigan  huquqiy  asoslar  siyosiy 

partiyalarning  keng  ko‘lamda  ijtimoiy-siyosiy  faoliyat  yuritishini  ta’minlaydigan 

mustahkam qonunchilik bazasini yaratdi, ularning jamiyatimizdagi o‘rni, nufuzi va 

mavqei,  vakolatlarini  yanada  kengaytirish  hamda  faoliyati  samarasini  oshirish 

borasida yangi imkoniyatlar ochib berdi. 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish