birinchi yo‘nalish, konstitutsiyalarda siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi so‘z
bormaydi,
ikkinchi yo‘nalish, Konstitutsiyalarda to‘la yoki qisman siyosiy
partiyalarning roli va siyosiy partiyalarning ayrim tamoyillari haqida qoidalar
mavjud;
uchinchi yo‘nalish, Konstitutsiyalarda yagona, boshqaruvchi va rahbariy
partiyalarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi va boshqa partiyalarning faoliyati
taqiqlanadi;
to‘rtinchi yo‘nalish, barcha partiyalar ta’qiqlanadi va shu sabali siyosiy
partiyalar to‘g‘risida so‘z bormaydi;
beshinchi yo‘nalish, aniq ko‘rsatilgan partiyalarga yoki muayyan sohadagi
partiyalarga ruxsat beriladi va boshqa partiyalar ta’qiqlanadi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida siyosiy partiyalarga doir qoidalarning
sezilarli darajada mavjudligi Konstitutsiyamizni ikkinchi guruhga taalluqli
ekanligini ko‘rsatadi va Konstitutsiya belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar asosida
siyosiy partiyalar faoliyatini aniq yo‘nalishlarini tartibga solishga maqsadida qator
qonunlar qabul qilindi.
Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan siyosiy partiyalardan biri bu –
O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasidir. Partiyaga uning 1991 yilning 1-
1
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent .: O’zbekiston, 2014y. 13 bet.
17
noyabrida bo’lib o’tgan ta’sis quriltoyida asos solindi. Quriltoyda qabul qilingan
partiya dasturida asosiy maqsadlar quyidagicha ifodalanadi: “Biz insonga uning
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush shakllarini erkin tanlashni kafolatlaydigan
jamiyatning siyosiy va davlat tuzilmasini bunyod etish tarafdorimiz. Bu:
- siyosiy va iqtisodiy erkinlik, demokratiya, tenglik va ijtimoiy adolat
jamiyati;
- har bir fuqaroga davlat va jamoat ishlarida, iqtisodiyot va madaniyatda,
siyosiy hayotda bab-baravar ishtirok etish imkoniyatlarini kafolatlash jamiyati;
- mulkchilik va mehnatning, tadbirkorlik va raqobatning barcha shakllariga
teng huquq beriladigan xo’jalik va iqtisodiy faoliyatga mafkuraviy aralashishga
yo’l qo’ymaydigan jamiyat;
- aholini ish bilan bandligi, birinchi navbatda qariyalar va bolalarni,
nafaqachilar va nogironlarni, ko’p bolali oilali bolalarning, o’quvchilar va
talabalarning, kam ta’minlangan fuqarolarning hayot kechirish uchun eng zarur
narsalar bilan ta’minlanishi kafolatlanadigan jamiyat;
- respublikada yashayotgan barcha xalqlarning an’analari va urf-odatlari, dini,
tili va madaniyati hurmat qilinadigan, yagona mafkura, dunyoqarash hukmronlik
qilmaydigan, so’z va vijdon erkinligi, umuminsoniy qadriyatlar va insonparvarlik
kafolatlanadigan, ilm-ma’rifat kamol topadigan jamiyat bo’lishi kerak”.
1
O’zbekiston XDP siyosiy hayotda ishtirok etish, xalq bilan hokimyat tizimi
o’rtasida vositachilik qilish, partiyaviy-siyosiy faoliyat yuritishning yangicha
uslublarini shakllantirish maqsadlari to’g’risida esa quydagi dasturiy maqsadlarni
ilgari suradi: “O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi shunga aminki, bundan
buyon hech qanday siyosiy partiya bevosita hokimyat vakolatlarini o’z zimmasiga
olmasligi kerak. Biz har qanday ijtimoiy-siyosiy kuchning haqiqat va adolatli o’z
monopoliyasiga aylantirishga, erkin fikrlashni bo’g’adigan mafkurani jamiyatga
tiqishtirishga, muxoliflikka va siyosiy kelishmovchiliklarni hal etish usuli sifatida
“dushman obrazi” ni shakllantirishga qarshimiz.
1
O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi dasturi. Toshkent,1995-yil, 5-bet.
18
Partiya o’z dasturlarini ishlab chiqib, jamiyatga taqdim etish va o’zga ijtimoiy-
siyosiy kuchlar bilan erkin musobaqalashish orqali siyosiy rahnamolikka
erishmoqchi. U, qonunga muvofiq ravishda oz nomzodlarini hokimyat organlariga
saylovlarda ko’rsatadi va ularning qo’llab-quvvatlanishini va saylanishini
ta’minlaydi. Biz o’zimizning siyosiy yo’limizni davlat hokimyati va jamoat o’zini-
o’zi
boshqarishorganlariga
saylangan
partiya
a’zolarimiz
orqali
o’tkazmoqchimiz”.
1
“O’zbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana” gazetalari va “Muloqot” jurnali
O’zbekiston XDP ning markaziy matbuot nashrlaridir.
2
O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi(MTDP) 1995-yilning 3-
iyunida ta’sis quriltoyida tashkil topdi. Uning quriltoyida qabul qilingan dasturida
partiyaning maqsadlari quyidagicha belgilanadi: “Partiya umum,insoniy
qadriyatlarni milliy qadriyatlar bilan uzviy bog’langan holda Konstitutsiyada
belgilab qo’yilgan haq-huquqlar asosida o’z siyosatini yuritadi va mamlakatda
yashovchi xalqlar va elatlarning konstitutsion huquqlarini va fuqarolik erkinliklarni
hurmat qiladi. Partiya oily maqsad – Milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirish
yo’lida o’z harakatining asosiy yo’nalishlari deb quydagilarni belgilaydi:
- millatning ma’naviy birligi;
- Vatan (Turkiston) – yagona oila;
- kuchli demokratik davlat;
- milliy qadriyatlar;
- ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya;
- zamon kishisi;
- milliy istiqbol.
Partiya mana shu yonalishlar milliy tiklanishimizning mazmuni – mohiyatini
tashkil etadi deb hisoblaydi”.
3
1
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturi, 14-bet.
2
Jalolov A. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi. O’zbekiston Respublikasi: ensiklopediya. Tahrir hay’ati:
M.Aminov(mas’ul muharrir) va boshq. Toshkent, “Qomuslar Bosh tahririyati”, 1997-yil, 218-bet.
3
O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining nizomi va dasturi. Toshkent, 1995-yil, 2-bet.
19
Partiya o’zining siyosiy tizimda ishtirok etish usullari va shakllari to’g’risida
quyidagi nizomiy qoidalarni qabul qiladi:
“Partiya o’zining siyosiy faoliyatini Oliy Majlis, viloyat, tuman va shahar
kengashlariga deputatlikka nomzodlar etib ko’rsatadi va bu nomzodlarning xalq
tomonidan saylanishi uchun umumpartiyaviy saylov kompaniyalarini o’tkazadi.
saylangan deputatlarni partiya fraksiyalariga birlashtirib, ular vositasida qonunlar
qabul qilish, hukumat va uning joylardagi organlarini shakllantirishda,
hukumatniong ichki va tashqi siyosatini belgilashda ishtirok etadi”.
1
O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi (SDP) 1995-yil 18-fevralda
tashkil topdi. Partiyaning maqsad va vazifalari quydagicha belgilanadi:
Partiyaning asosiy maqsadi – demokratik huquqiy davlatni, ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini
barpo etishda hamda O’zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va
elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida
tengligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan
jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etishdir.
Partiyaning vazifalari:
- O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini
yaratish borasida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish;
- O’zbekiston fuqarolariga o’z qonuniy huquqlari, erk va burchlarini
anglashga ko’maklashish, ularning siyosiy ongi va madaniyatini oshirishda yordam
ko’rsatish;
- millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, do’stlik va hamjihatlikni
rivojlantirish, har qanday millatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm illatlariga qarshi
kurash olib boorish, dinlararo bag’rikenglikni, tinchlik va barqarorlikni,
millatlararo totuvlikni targ’ib qilish;
- kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga, aholining boylar va kambag’allarga
keskin bo’linib ketishiga yo’l qo’ymaslikka, aholi turmush sifati ko’rsatkichlarini
yaxshilashga ko’maklashish
1
O’sha joyda, 11-bet.
20
- iqtisodiy o’sish natijalarini aholining turli guruh va qatlamlari turmush sifati
va darajasini oshirishga adolatli yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining ijtimoiy
yo’nalishini chuqurlashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish. Bu
iqtisodiyot, fan va texnikaning eng zamonaviy yutuqlariga, iqtisodiy
jarayonlarning samarali boshqaruviga, ilg’or innavatsion tafakkurni tarbiyalovchi
ta’lim tizimiga tayangan innavatsion turdagi iqtisodiyot bo’lishini ta’minlash;
- qonun ustuvorligini ta’minlash, mamlakatda sud-huquq sohasidagi keng
ko’lamli islohotlarni izchil davom ettirishga, sud hokimyati mustaqilligini yanada
mustahkamlashning amaliy shakl va uslublarni ishlab chiqishga, fuqarolar huquq
va erkinliklarini sudda himoya qilish samaradorligini oshirishga faol
ko’maklashish;
- boshqaruvda ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlik tamoyillarni amalga
oshirish, davlat hokimyati organlarida, o’z Vatani, xalqini sevadigan va el-yurtiga
sadoqat bilan xizmat qiladigan mas’ulyatli va yuqori malakali kadrlarning
ishlashiga erishish
- partiyaning barcha faoliyat yo’nalishlari bo’yicha jamoatchilik bilan o’zaro
aloqalarni amalga oshirish uchun fuqarolar orasida siyosiy-ma’rifiy, tashviqot-
targ’ibot va boshqa shu kabi ishlarni olib boorish;
- O’zbekiston “Adolat SDP O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga,
viloyat va Toshkent shahar hokimlari zimmalariga nomzodlar yuzasidan
maslahatlashuvlar jarayoni hamda Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat va
Toshkent shahar Kengashlarida ularni lavozimiga tasdiqlash uchun ovoz berish
jarayoni orqali O’zbekiston Respublikasi hukumatini, mahalliy hokimyat ijroiya
organlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi”
1
O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri-O’zbekiston
milliy tiklanish demokratik partjyasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
1995-yil 9-iyunda MTDP ni ro’yxatga olgan.
Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirish yo’lida o’z
harakatining asosiy yo’nalishlarini quyidagicha belgi-laydi: millatning ma'naviy
1
O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Ustavi. Toshkent, 2011-yil, 4-5-betlar.
21
birligi; Vatan—yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-
texnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqbol.
O’zbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo’lib,
unda rahbar organlar saylanadi. Joylarda 103 ta viloyat, shahar va tuman partiya
tashkilotlari va bo’g’inlari ish olib bormoqda. Partiyaning 10 mingga yaqin a'zosi
bor. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yiI 21-
yanvardagi qarori bilan MTDPning 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi
ro’yxatga olingan. O’zbekiston MTDPsining „MiIliy tiklanish" haftalik gazetasi
nashr etilmoqda
Eng yosh va mamlakatimiz hayotida katta nufuzga ega bo’lib borayotgan
partiya bu tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zbekiston liberal demokratik
partiyasi bo’lib, 2003-yil oxirlarida tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va
ishbilarmonlar
manfaatini
himoya
qilish,
jamiyat
hayotini
yanada
erkinlashtirishdan iborat. O'zLiDePning „XXI asr" haftalik gazetasi nashr
etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010-yil qarori bilan O'zbekiston
liberal demokratik partiyasining 53 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi ro'yxatga
olingan.
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining qaror topishida 1996 –yil 25-
dekabrda Oliy Majlis qbul qilgan “Siyosiy partiyalar to’g’risida” gi qonunning
ahamiyati muhim bo’ladi. Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, unda siyosiy
partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun yetakchi va
ilg’or mamlakatlar mezonlari talablaridagi huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5-
moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari
muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o’z maqsadlari va vazifalarini
bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”. shuningdek,
Qonunning 12-moddasida siyosiy hayotda birinchi marta siyosiy partiyalarning
huquqlarini aniq va ravshan ko’rsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi
huquqlarga ega:
- o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish o’z g’oyalari, maqsadlari
va qarorlarini targ’ib qilish;
22
- saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli
qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,
davlat hokimyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
- partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar konfrensiyalar va boshqa
tadbirlarni o’tkazish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari
ta’sis etish va boshqa OAV dan foydalanish;
- O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish
ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish.
Siyosiy partiyalar ushbu qonunda hamda O’zbekiston Respublikasining
boshqa qonunlarida nazarda tutilgan o’zga huquqlarga ham ega bo’lishlari ham
mumkin
1
”.
Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu – davlatning siyosiy
institutlarida turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib
berish, shuningdek huquqiy davlat fuqarolari – plyuralistik siyosiy madaniyatga
ega bo’lgan shaxslarni shakllantirishdir. Shu maqsadlarda qonunning 13-
moddasida Oliy Majlisdagi partiyaviy fraksiyalarning erkin faoliyat yuritishlari,
ularning hozirgi davr ilg’or mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq
jamiyatning siyosiy rivojlanishiga hissa qo’sha olish darajasiga ko’tarilishlarini
huquqiy jihatlardan ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan
ko’rsatilgan deputatlarning ta’sis yig’ilishlarida o’z partiyalarining siyosatini
uyushqoqlik bilan o’tkazish uchun tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan
tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro’yxatga olinadi.
Siyosiy partiyaning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyasi
quydagi huquqlarga ega:
- sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
1
Siyosiy partiyalar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq so’zi” 1997-yil, 7-yanvar.
23
- sessiya kun tartibidagi har bir masala bo’yicha muzokaralarda fraksiya
vakiliga kafolatlangan so’z berilishi;
- tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisiga va
O’zbekiston
Respublikasining
Hukumatiga,
vazirlarga,
boshqa
davlat
organlarining rahbarlariga so’rovlar bilan murojaat etish;
- Oliy Majlis rahbarligiga, qo’mita va komissiyalar raisligiga nomzodlar
bo’yicha takliflar kiritish;
- sessiyada muhokama qilinayotgan masala bo’yicha fraksiya fikrini
deputatlar orasida tarqatish;
- O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputatlari uchun qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi.
Fraksiyaning faoliyatiga tashkiliy, taxnikaviy va boshqa xizmatlar ko’rsatish
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kotibyati tomonidan ta’minlanadi”.
1
Shuningdek, qonunda siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar faoliyat
asosida faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha huquqiy asoslar o’z
ifodasini topdi.
Jumladan, qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, partiyaga a’zolik, siyosiy
partiya faoliyatining kafolatlari, ustavi, ro’yxatga olish, partiyalarning mulkiy
munosabatlariga
doir
barcha
huquqiy
maqomlarning
mujassamlashgani
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining qaror toptirishning kafolatlaridan
biriga aylandi.
Mazkur qonunga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning demokratik irodalari
shakllanishini ta’minlash uchun erkinlik huquqiga ega bo’ldilar, partiyalarning
o’zaro huquqiy tengligi, shuningdek ularning jamiyat oldidagi mas’ulyati
qonunlashtirildi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdagidek 1996 yil 26 dekabrda Oliy Majlis
tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda
siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat qo‘rsatish
1
Siyosiy partiyalar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq so’zi” 1997-yil, 7-yanvar.
24
prinsiplari, ular faoliyatining qafolatlari, siyosiy partiyalar ustavi va dasturi,
siyosiy partiyalarga a’zolik, siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish, siyosiy
partiyalarning huquqlari, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik
palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda
mahalliy hokimiyat vakillik organlarigi partiyalar guruxlari, siyosiy partiyalar
mulki, siyosiy partiyalarni mablag‘ bilan ta’minlashga oid qoidalar belgilangan.
Qonunning 1-moddasida siyosiy partiyaga ta’rif berilib, uni quyudagicha
izohlanadi: “Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qarashlar
manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati vakillik
organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini ro‘yobga
chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora
etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”
1
O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni ayrim
yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi. Ular quyudagilar:
Birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi,
Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi suveriniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga,
fuqarolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi,
Uchinchidan, urishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi,
To‘rtinchidan, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatigi tajovuz qiluvchi,
Beshinchidan, milliy va diniy ruxdagi partiyalar.
Bu yo‘nalishlarni ayrim tadqiqodchilar toraytirib yoki kengaytirib
yuboradilar. Jumladan I.Bekov o‘z ilmiy ishida bu ro‘yxatga kasbiy yo‘nalishdagi
partiyalarni ham qonunchilikka kiritishni tavsiya qilib, bir kasb egalari
manfaatlparini ko‘zlaydigan siyosiy partiyalarning jamoat birlashmasidan farqi
qolmasligini dalil sifatida keltiradi.
2
Prezidentimiz I.A.Karimov ba’zi buzg‘unchi, mamlakatda demokratik
tuzumni ag‘darish bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarni ilgari suruvchi partiyalar faoliyatni
1
O’zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
axborotnomasi.1997 yil 2-son. 36 bet.
2
I.Bekov “Oliy Majlis Qonunchilik palatasini faoliyatida siyosiy partiyalarning huquqiy asoslari .yu.f.n. dis..
Toshkent.: 35-b.
25
ta’qiqlash masalasiga atroflicha yondoshar ekan shunday fikrlarni bildiradilar:
“Ayni zamonda mavjud konstitutsiyaviy hokimiyatni kuch bilan ag‘darishni
maqsad qilib olgan partiyalar va harakatlar, shuni aniq aytishim kerak, ta’qiqlab
qo‘yilishi kerak. Respublikasi chegaralari daxlsizligi va xavfsizligiga qarshi
kurashuqchi, fashizm, irqchilik, zo‘ravonlik, milliy va diniy nizolarni targ‘ib
qilivchi, demokrat erkinliklar va xalqning ma’naviyatiasoslariga tajovuz qiluvchi
xar qanday partiyalar va jamoat harakatlari qonunga xilof deb e’lon qilinishi
lozim.”
1
Siyosiy partiyalar faoliyatda uning ustavi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har
bir partiya ustavida partiyaning faoliyat yo‘nalishi, rejasi, uning siyosiy taktikasi
belgilangan bo‘ladi. Partiyalar ustavlarini shartli ravishda partiyalarning pasporti
deb xisoblasak bo‘ladi. Chunki Ustavda partiyaning nomi, maqsad va vazifalari,
partiyaning tuzilishi, partiya a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari,
partiya a’zolaring huquq va majburiyatlari, partiya tashkilotlari raxbpr
organlarining vakolatlari, ularni vakolatlari, partiya mablag‘lari shakllantirish
manbalari, partiya rahbar organi manzili, partiya faoliyatini qayta tashkil etish va
tugatish, shuningdek partiya faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tish uchun ustav qabul
qilingandan so‘ng bir oydan kechiktirmay zaruriy hujjatlarni taqdim etadi. Adliya
vazirligi bir oy ichida hujjatlarni ko‘rib chiqib ro‘yxatdan o‘tkazadi va partiyalar
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida siyosiy partiyalarni
ro‘yxatga olishni rad etish tartibi belgilangan, unga ko‘ra “Agar siyosiy
partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiya, ushbu qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga zid
bo‘lsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik
harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.”
2
1
I.A.Karimov.Istiqlol yo’li: muommolar va rejalar//O’zbekiston : milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.
Toshkent.1.-Tom., 1996.-17-b.
2
O’zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to’g’risida” gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
axborotnomasi -1997. 2-son, 36 bet.
26
Bundan tashqari Respublikada faoliyat yuritayotgan biror-bir siyosiy partiya
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonun
yoki O‘zbekiston ustavini buzgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi buzilgan normani xisobga olgan xolda partiyaning raxbar organiga yozma
xabar yuborib bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agarda
belgilangan muddatda davomida buzilishlar bartaraf etilmasa, Adliya vazirligi
yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatining olti oygacha to‘xtatib
quyishi mumkin.
Siyosiy partiyaning faoliyat ushbu holatlarda butunlay tugatiladi: -
partiyalarning o‘z ustaviga muvofiq tarqalib ketishi orqali, bu haqda partiya oliy
organi uch kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga
xabar qiladi;
Partiyalar siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 3- moddasining ikkinchi
qismida nazarda tutilgan xatti-xarakatlarni sodir etgan xollarda yoki o‘zfaliyati
to‘xtatib qo‘yilgandan so‘ng bir yil muddat ichida o‘sha xatti xarakatlarni takror
sodir etgan xollarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudining qarori bilan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligining siyosiy partiyaning faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori
ommaviy axborot vositalaridagi e’loni siyosiy partiyalar faolitini yakunlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalarning rivojlanish tarixida
partiyalarning tugatilishi va birlashishi jaroyoni bir necha marta sodir bo‘ldi. Lekin
ikki palatali professional parlamentimiz shakllangandan beri partiyalarning
faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi holatlari sodir bo‘lmadi. Shu
o‘rinda “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunda siyosiy partiyalar faoliyati
vaqtincha to‘xtatilganda yoki tugatilgandagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
fraksiya huquqiy xolati ko‘rsatib berilish masalasi ochiq qoldirilgan. Ushbu
holatlar sodir bo‘lganda siyosiy partiya fraksiyaning qanday tartibda faoliyat
yuritilishi qonunda aniq belgilab qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
27
Shu o‘rinda aytish lozimki, partiyalarning ijtimoiy-siyosiy xayotda faoliyat
ko‘rsatishlarining kafolati, bu ularning uzliksiz moliyaviy asoslarga ega
bo‘lishlaridir. “Hozirgi davr qonunchiligi siyosiy partiyalar faoliyatining barcha
yo‘nalishlaridagi moliyaviy mablag‘larini aniqlashtirib, ularning partiyalar
faoliyati turlariga qo‘ra taqsimlanish, partiyalarning aniq manbalardan mablag‘
olish shartlari va ishlatish tartibini huquqiy jihatlarini mustahkamlab bermoqda.
Bu faoliyatdagi turli cheklovlarni, ya’ni xayriya berish me’yorlari xarajatlar
kabilarni muvofiqlashtirishga doir huquqiy asoslar ishlab chiqilgan. Siyosiy
partiyalar
belgilangan
shartlarni
bajarmasliklari
yoki
ularni
buzishlari
huquqbuzarlik sifatida talqin etilib, partiyalarga turlicha to ularni tarqatib
yuborishga qadar sanksiyalar berishning huquqiy amaliyoti ham o‘rnatilgan.”
1
Bugingi kunda Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy
Koreya va Hindiston kabi demokrat mamlakatlarda siyosiy partiyalar faoliyati
kengayishi va bu sohada ularning sarf-xarajatlari yildan-yilga kengayib borishi
natijasida ularning serqirra faoliyatini davlat tomonidan ta’minlash muommolari
kelib chiqmoqda. Partiyalarning rivojlanish tarixidan ma’lumki, partiyalar uzliksiz
keladigan moliyaviy mablag‘larsiz o‘z maqsadlarini to‘liq bajara olmaganlar. Shu
munosabat bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari qonunchiligi partiyalarni davlat
tomonidan moliyalashtirishga ahamiyat bera boshladi. Demokratik huquqiy
mamlakatlar qonunchiligiga e’tibor bersak, siyosiy partiyalarni ta’minlashga
bog‘liq uch xil yondashuvga guvoh bo‘lamiz.
Birinchi guruh, partiyalarni xususiy mablag‘lari ya’ni partiyaga kirish va
a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan ( ko‘rgazmalar, ma’ruzalar va boshqa mab.)
olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar.
Ikkinchi guruh, partiyalarni qisman moliyalashtirish. Bunda davlat siyosiy
partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi.
1
M.Qirg’izboyev. Uzbekiston na puti grajdanskomu obshestvu//O’zbekiston fuqorolik jamiyati sari. Sbornik
statey.Otyured.: R.Alimov.- Toshkent.: Sharq . 2003. B-209.
28
Uchinchi
guruh,
partiyalarni
davlat
tomonidan
moliyalashtirish.Bu
moliyalashtirish siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi hozirgi davr qonunchiligining
asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda.
Respublikamizda
ham
siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |