Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Mavzu dolzarb lekin koinot tuzilishi to‘g‘risida tasavvurlarini o‘rgatish metodikasi mukammal ishlab chiqilgan emas. Koinot tuzilishi to‘g‘risida tasavvurlar mavzusini o‘rganish davomida o‘quvchi va talaballarda fizik o‘lchashlarning asosiy ko‘nikma va malakalari xosil bo‘ladi. Ular vaqt, masofa, massani o‘lchash bilan bir vaqtda, koinot tuzilishi to‘g‘risida tasavvurlar xaqida ham dastlabki tushunchalar, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Kurs ishining ahamiyati: Bugungi kunda yosh pedagoglarning zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalardan, xususan kompyuter texnikasidan foydalanishni bilishlari kasbiy zaruriyatga aylandi. Shuning uchun ham kurs ishlarini bajarish jarayonida talabalar avvalo pedagogik texnologiyalarning asoslari, ta‘riflari, yaratilish tarixi, ko‘rinishlari va shakllari, manbalari va mezonlari kabi bilimlarni o‘rganib, har bir ishida alohida bayon qilishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |