Birinchi bosqich. Gaz-changdan iborat muhitning gravitatsiya siqilishi natijasida protoyulduz (birlamchi yulduz) paydo bo‘ladi. Siqilish natijasida uning markazida temperatura 10-12 mln gradusga ko‘tariladi va termoyadro reaksiyasi boshlanib ketadi. Shu tariqa yosh yulduz paydo bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich. Gazokinetik bosim va nurlanish (yorug‘lik) bosimi gravitatsiya siqilishini to‘xtatadi, yulduz dinamik muvozanatli holatga o‘tadi. Bu statsionar holatda u uzoq vaqt (masalan, Quyosh taxminan 10 milliard yilcha) yashaydi. Bu davrda vodorod yonib geliyga, geliy yonib uglerodga, uglerod yonib boshqa elementlarga aylana boradi. Shu tariqa yulduzning «termoyadro reaktori»da turli elementlar paydo bo‘ladi. Bu — tabiatning ajoyib in‘omi.
Do'stlaringiz bilan baham: |