Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Yordamchi  so„zning  «oraliq  uchinchi»  tabiatiga  egaligi



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/37
Sana10.07.2021
Hajmi0,85 Mb.
#114963
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti filologiya fakultet2i

Yordamchi  so„zning  «oraliq  uchinchi»  tabiatiga  egaligi.  Tilshunoslikda 

yordamchi so‗zning leksema va  qo‗shimcha orasida «oraliq uchinchi» bo‗lib, ham 

leksema,  ham  grammatik  morfema  xususiyatini  o‗zida  mujassamlashtirishi 

aniqlangan 

[14].

  Ular  shaklan  leksema,  mazmunan    qo‗shimcha  (qiyos:  Кitobni 



akamga/akam  uchun  oldim.)  Shu  tufayli  bo‗lsa  kerak,  til  tizimida  yordamchi 

so‗zning  o‗rni  turlicha  baholanadi 

  ayrim  olimlar  ularni    qo‗shimchaga,  ayrimi 



nutq  bo‗lakchasiga,  ba‘zisi  yordamchi  so‗zga  nisbat  beradi.  Yordamchi  so‗zning 

so‗zmi,  qo‗shimchami  yoki  mustaqil  so‗zning  yordamchi  so‗z  bilan  bog‗lanishi 

so‗z birikmasimi ekanligi hanuzgacha munozara mavzui bo‗lib  qolmoqda. Chunki 

yordamchi  so‗z    guruhi  ichida  shunday  birliklar  borki,  ular  ham  «ma‘noviy 




 

48 


mustaqillik»,  ham  «ma‘noviy nomustaqillik» xususiyatiga ega (ot-ko‗makchilar, 

yordamchi  va  ko‗makchi  fe‘l).  Chunonchi,  [tortib]  mustaqil  so‗z  sifatida 

ravishdosh kabi  qo‗llaniladi:  Baliq  qarmoqni bir tortib,  qochib ketdi. Shu so‗z 

Farhod  tog‘idan  tortib  Shirin  yayloviga    qadar  Sirdaryo  bo‘ylab  tizilib  ketgan 

yetmish ming xalq bu sovuqlarni pisand  qilmaydi. (Oyd.). gapida yordamchi so‗z 

vazifasida  kelgan.  [Tortib]  mustaqil  va  yordamchi  ma‘noga  ega  bo‗lishiga   

qaramay,  mustaqil  leksema  tipiga  kiradi.  [Uchun],  [sayin],  [uzra],  [kabi],  [va]  ga 

o‗xshagan  yordamchi  so‗z  aniq  bir  tushunchani  ifodalay  olmaydi,  ammo  turli 

munosabatni  yuzaga  chiqarib,  yordamchi  so‗z  guruhidan  joy  oladi. 

Yuqoridagilardan  anglashiladiki,  «alohida    qo‗llanila  olish  yordamchi  leksemani 

mustaqil  leksema  bilan  yaqinlashtirsa,  turli-tuman  munosabatni  ifodalash  kabi 

umumlashgan ma‘no uni morfemaga,  qo‗shimchaga yaqinlashtiradi,  leksema va 

morfema  ziddiyatida «oraliq uchinchi» vazifasida keladi.  

Yordamchi so‗zni mustaqil so‗zga  quyidagilar yaqinlashtiradi:  

a) shaklan alohida ajralib turish;  

b) lug‗aviy ma‘noning mavjudligi (ot-ko‗makchi, fe‘l-ko‗makchida); 

d) ko‗pincha ularning mustaqil so‗zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi.  

Yordamchi so‗zning grammatik morfemaga o‗xshash tomoni ularning morfema 

kabi  mustaqil  nominativ  funksiya  bajarmasligi  ([ammo],  [va],  [sayin],  [kabi]),  

qo‗shimchasimon shaklda bo‗lishi ([-u][-yu][-da][-ki/-kim][-dek/-day][-cha]) 

va  boshqalar.  Biroq  yordamchi  so‗zning  grammatik  morfemadan  farqli  tomoni 

shundaki: 

1)  ular  ajralgan  holda  gap  bo‗lagi,  so‗z  birikmasi  va  gapda  sintaktik 

xarakterdagi vazifa bajaradi. Bu xususiyat, ayniqsa, ko‗makchi uchun xos.  

2)  gap  bo‗lagi  yoki  gapni  o‗zaro  bog‗laydi.  Bunday  funksiyada,  asosan, 

bog‗lovchi va yuklama keladi.  

3) so‗roq, inkor kabi gap ma‘nosini ifodalashga xizmat  qiladi (yuklama). 

Yordamchi  so‗z  mustaqil  so‗z  va  so‗z-gap  oralig‗ida  «oraliq  uchinchi» 

maqomini oladi. O‗z navbatida, yordamchi so‗z ham o‗z ichida umumiy belgisiga 

ko‗ra oraliq uchinchini ajratib chiqaradi. Ya‘ni bog‗lovchida bog‗lash, yuklamada 




 

49 


gap mundarijasiga ta‘sir qilish mohiyatni belgilash darajasida bo‗lsa, ko‗makchida 

sanalgan  har  ikki  belgi  mushtarak.  Bu  uning  «oraliq  uchinchi»lik  mavqeyini 

ko‗rsatadi.   


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish