biram.
[-oq] elementi bilan bog‗lovchi vazifasida: biroq.
Shuningdek, [bir] so‗zi [rov], [pas], [nafas], [zum], [payt], [yil], [vaqt], [oy],
[kun] ([birrov], [bir pas], [bir nafas]), [necha], [muncha], [sidirg‘a], [oz],
[muncha], [qadar] ([bir necha], [bir oz], [bir muncha]), [nima], [narsa] ((bir
nima), (bir narsa)), [qator], [talay] ((bir qator), (bir talay)), [xil] (bir xil), [ba’zi], [har], ((ba’zi bir), (har bir)) so‗zi bilan birga kela oladi.
Bir so‗zi takrorlanib kela oladi: (bir-bir) («tartib bilan» ma‘nosida), [birma-bir] («batafsil» ma‘nosida), [birdan-bir] («yagona» ma‘nosida), (bir-biridan) («o‗zaro» ma‘nosida), (bir-biriga) («biri ikkinchisiga» ma‘nosida).
O‗zbek tilida [bir] so‗zi [ilk], [yakka], [yolg‘iz], [yagona] so‗zi bilan ma‘nodoshlik kasb etadi [ ].
Sanoq son o‗lchov birligini ifodalovchi so‗z bilan birga qo‗llanilishi ham mumkin: [gektar], [tanob], [tosh], [bosh], [tup] kabi. Bunday so‗z hisob so‘zi (numerativ) deyiladi. Hisob so‗zi, odatda, ot turkumidan bo‗ladi va alohida LMGni tashkil etadi. Hisob so‗zi tizimi ochiq sistema.
Hisob so‗zi LMG si quyidagi mikrosistemalardan tashkil topadi:
Predmetni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [bosh], [nafar], [dona], [nusxa], [tup], [jon].
Predmetni butun yoki to‗daning qismi sifatida hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [burda], [varaq], [luqma], [parcha], [poy], [siqim], [tilim], [tomchi], [to‘g‘ram], [chaqmoq], [chimdim], [shingil], [qultum].
Predmetni to‗dalab, guruhlab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [bog‘], [gala], [guruh], [dasta], [to‘da], [to‘p], [shoda], [quchoq], [hovuch].
Predmetni juftlab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [juft], (par).
Predmetning og‗irlik o‗lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [gramm], [kilogramm], [litr], [pud], [tonna], [sentner], [misqol], [qadoq], [botmon], [kosa], [piyola], [qop], [qoshiq], [quti].
Predmetning uzunlik va masofa o‗lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [qadam], [qarich], [quloch], [metr], [tosh], [chaqirim], [kilometr].
Yosh hisobini bildirish uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [yashar], [yoshdagi], [yoshli].
Vaqt o‗lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [asr], [yil], [kun], [kecha-kunduz], [oy], [hafta], [daqiqa], [soniya].
Qiymat o‗lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [so‘m], [tiyin], [miri], [paqir], [dinor], [dollar], [evro], [rubl].
Harakat miqdorini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [marta], [karra], [qatla], [daf’a], [sidra].
Son turkumida sintaktik kategoriya(EK, KK…) keng bo‗lmagan voqelanishga ega.
Ravish va uning UGMsi. Ravish hamisha tilshunoslikning muammoli masalalaridan biri bo‗lib kelgan. Uni o‗rgangan olim V.V.Vinogradov «mustaqil so‗zning hech bir guruhiga sig‗may qolgan so‗z ravish turkumiga yig‗ilgan» deb haqqoniy baho bergan edi. Uning ma‘no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin turishi arab va Yevropa tilshunosligida qayd etilgan. Sharq va g‗arb tilshunosligi ravishni ma‘no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa birortasiga xos bo‗lmagan belgi – o‗zgarmaslik belgisi bilan ismdan farqlaydi. Biroq o‗zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag‗ishlab yozilgan ko‗plab ilmiy adabiyot va darslikda ravishning o‗zgarmaslik tabiati inobatga olinmagan. Tilshunoslar o‗zbekcha ravishni rus tilidagi «наречие»ning muqobili sifatida talqin qilishgan, natijada, [kecha], [kunduz], [tong], [oqshom] kabi payt oti, [atrof], [o‘rta], [u yerda], [bu yerda], [old], [orqa] kabi o‗rin oti, [oz], [mo‘l], [butun], [to‘la] kabi miqdor sifati, [keyin], [past], [baland], [yuqori] kabi o‗rin sifati ravish turkumi doirasida o‗rganilgan.
«Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o‗zgarmas so‗z» – ravishning so‗z turkumi sifatidagi UGMsi.
Ravish – mustaqil ma‘noli o‗zgarmas so‗z. U belgi, miqdor yoki holatni, o‗rin, payt ma‘nosini ifodalaydi va bu jihatidan ot, sifat, songa yaqin turadi. Ulardan
farqli jihati shundaki, so‗z o‗zgartiruvchi, shakl yasovchi qo‗shimcha bilan birika olmaydi. Masalan, ot ko‗plik, sifat daraja shaklini qabul qiladi. Masalan, [tongda], [oqshomda], [kunduzlari], [ko‘proq], [ozroq], [balandroq] kabi. Ayrim til birligida uchraydigan EК, КК shakli ravishning o‗zak qismida soddalashgan, ya‘ni o‗zak bilan yaxlit holga kelib qolgan: [birdan], [zimdan], [to‘satdan], [kechasi], [birga]. Bundan tashqari qadimgi davrda keng iste‘molda bo‗lgan [-ra] (jo‗nalish kelishigi) ([so‘ngra], [uzra]), [-a], ([qayta], [ko‘tara]), [-in (-un)] ([birin-ketin], [ostin- ustun]) qo‗shimchasi ham ravish tarkibida qotib qolgan.
Ravish turkumini talqin qilishda o‗zgarmaslik xususiyatini e‘tiborga olish uning so‗z turkumi sifatidagi xususiyatini belgilashda qator qarama-qarshilikka nuqta qo‗yadi.
Ilmiy manba, darslik va qo‗llanmalarda [eng], [juda], [nihoyat], [g‘oyat], [lang], [g‘irt] kabi so‗z kuchaytiruv ravishi deb qaraladi. Holbuki, bu shakllar ravish oldidan kelib belgi ma‘nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun keyingi yillarda ayrim tadqiqotchilar bu unsurlarning ravish emasligini, chunki ravish kabi mustaqil lug‗aviy ma‘nodan xoliligini ta‘kidlashib, kuchaytiruv yuklamasi sirasida o‗rganish lozimligini uqtiradi [ 19 ].
Ravish LMGlari. Ravish holat, miqdor-daraja, o‗rin, payt, maqsad, sabab LMGlariga bo‗linadi.
Payt ravishi. Payt ravishi harakatning vaqti, payti, muddatini bildiradi: [endi], [saharlab], [hali], [doim], [indin] kabi. Bugun erta turib tongni ko‘rdim. (Uyg‗.) Bugunning hakami ertadir. (A.Xud.).
O‗rin ravishi. O‗rin ravishi harakatning yuz berish o‗rnini bildiradi: [olg‘a], [ilgariga], [oldinga].
O‗rin ravishini o‗rin otidan farqlamoq kerak. Bunga o‗rin otlarining morfologik o‗zgarishi asos qilib olinadi: (atrofimiz), (o‘rtada), (o‘rtadan), (ichkarida), (o‘ngdan), (chapda), (oldida), (u yerdan) kabi.
Holat ravishi. Holat ravishi harakatning bajarilish usuli, tarzini bildiradi. Shu boisdan ular tarz-tus ravishi deb ham yuritiladi: [bexosdan], [astoydil], [majburan], [qavatma-qavat], [mardlarcha], [yigitlarcha].
Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi miqdoriy sifat va darajani ifodalaydi: [ko‘plab], [sal], [qarich-qarich], [arang], [xiyol], [yana] kabi. Miqdor- daraja ravishi songa yaqinlashadi. Biroq son bilan «noaniq miqdor» belgisi ostidagi noto‗liq ziddiyatda belgili a‘zo sifatida yuzaga chiqadi.
Maqsad ravishi. Fe‘ldan anglashilgan harakatning maqsadini ifodalaydi: [atay], [atayin], [ataylab], [azza-bazza], [jo‘rttaga], [qasddan].
Sabab ravishi fe‘ldan anglashilgan harakatning sababini ifodalaydi: [noiloj], [noilojlikdan], [bekordan-bekorga], [chor-nochor].
Boshqa turkumda bo‗lgani kabi ravishning ham ko‗p ma‘noliligi ularni LMGga ajratishda qiyinchilik tug‗diradi. Masalan, [nari-beri] ravishi o‗rinni ham (Stollarni nari-beri surdik), holatni ham (U nari-beri nonushta qildi) ifodalaydi.
Tilshunosligimizda ravish yasalishi munozarali. Chunki ravishning asosiy qismi – asli boshqa turkumga mansub soddalashgan, yaxlitlashgan leksema. Shu boisdan aksariyat tilshunoslar ravish yasalishini inkor etishib, ravishlashish (boshqa turkum so‗zining ravishga o‗tishi) mavjudligini tan olishadi.
Yuqorida sanab o‗tilgan ravishlar tarkibiga diqqat qilinsa, ularda turli so‗z yasash qolipi mavjudligi ma‘lum bo‗ladi: [arabcha ot+an], [ot+chasiga], [ot+ona], [ot+larcha] [ot+lab] kabi.
Qo‗shma ravish esa [olmosh+ot] (har gal, har zamon), [ravish+ot] (hali zamon, hali beri), [son+ot] (bir yo‘la, bir dam) qolipi mahsuli.
Boshqa turkumdagi takroriy so‗z ravish bo‗lishi mumkin: yuzma-yuz, quruqdan-quruq kabi.
Tilshunoslar ravish turkumining yasalish sistemasiga ega emasligini [-an], [- ona] qo‗shimchasining arabcha va tojikcha so‗z tarkibida uchrashini, [-larcha], [- chasiga], [-lab] kabining grammatik ma‘no ifodalashi bilan va [-iga/-siga], [- chasiga] kabi so‗zning sanoqli darajada ekanligi bilan izohlaydi.
Taqlid va uning UGMsi. Taqlid o‗zbek tilida bir guruhni tashkil etadi va mustaqil so‗z sirasidan o‗rin olgan. Buning bir nechta ilmiy asosi bor.
Birinchidan, turkiy tillarda taqlid miqdoran ko‗p va ma‘no jihatdan rang- barang.
Ikkinchidan, ulardagi tovushlar tizmasi ma‘lum obyektiv voqelikdan xabar berib turadi.
Uchinchidan, taqlid gap tarkibida ma‘lum bir sintaktik pozitsiya egallaydi.
Taqlid – o‗zbek tilining muhim ifoda vositasi. Ularning ifoda tomoni mazmun tomoni bilan tabiiy bog‗lanishga ega.
Taqlid jamiyatning har bir a‘zosi tushunadigan turli ma‘noga ega. Masalan, taq-tiq/tuq-tuq/to‘q-to‘q/taq-taq taqlidi orqasida nimadir yotgani va ma‘lum bir borliq hodisasini ifodalayotgani shu til jamiyatining barcha a‘zolari uchun tushunarli.
Taqliddagi ma‘noviy g‗ayrioddiylik uni boshqa mustaqil so‗z turkumidan ajratib turadi. Biroq ma‘noviy g‗ayrioddiylik faqat taqlidgagina xos emas. Buni olmoshda ham kuzatish mumkin. Chunki ularning ma‘nosi faqat matn tarkibidagina anglashilib, shu boisdan «ichi bo‗sh» so‗z sifatida baholanadi. Ammo, «ma‘noviy bo‗shlik» olmoshni mustaqil so‗z sifatida qarashga monelik qila olmagan. Demak, bu nomustaqil so‗z sifatida qarab kelingan taqlidning ham
«mustaqillashuvi»ga to‗siq bo‗la olmasligi kerak.
Taqlid morfologik jihatdan o‗zgaruvchan, bu bilan to‗la ma‘nodagi mustaqil so‗z bo‗lgan ravishdan ham ustun turadi: odamlarning g‘ovur-g‘uvuri, eshikning taqir-tuquridan kabi.
Demak, taqlid «borliq hodisalariga taqlidning lisoniy ifodasi» UGMsiga ega.
Кo‗rinadiki, o‗zbek tilidagi taqlid semantik-morfologik-sintaktik jihatdan mustaqil so‗z maqomiga ega.
Taqlidning LMTlari. Taqlidning ayrimi tovushga taqlidni ifodalasa, ikkinchi bir xili ko‗rinish-holatga taqlidni ifodalaydi. Shu boisdan «tovushga taqlid» va
«ko‗rinishga taqlid» LMTlari farqlanadi.
Ma‘lumki, so‗zlar ma‘noviy belgisiga ko‗ra uch turga bo‗linadi:
mustaqil ma‘noli so‗z (fe‘l, ot, sifat, son, ravish, taqlid);
bo‗sh – ishora ma‘noli so‗z (olmosh);
d) yordamchi ma‘noli so‗z (ko‗makchi, bog‗lovchi, yuklama, ko‗makchi fe‘llar).
«Ishoraviylik» ramzi bilan ataluvchi olmosh boshqa leksemalardan ajralib turadi. O‗zbek tilshunosligida olmoshning doirasi va vazifasi zo‗rma-zo‗rakilik bilan ancha chegaralanib «ot, sifat, son o‗rnida qo‗llanuvchi so‗z» sifatida o‗ta tor tushunilgan. Vaholanki, bu bilan olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe‘l, ravish, taqlid, undov, gap va, hatto, matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan. Olmosh guruhiga [men], [sen], [u], [biz], [siz], [ular] kabi shaxsga; [kim], [nima], [bu], [ana], [mana], [mana bu] kabi predmetga; [qanday], [bunday], [shunday] kabi belgiga; [buncha], [shuncha], [qancha] kabi miqdorga; [qachon] kabi paytga; [qayer] kabi o‗ringa; [shunday bo‘lmoq], [qanday qilmoq] kabi harakat-holatga ishora qiluvchi leksema kiradi.
Olmoshlar shaxs, predmet, belgi yoki miqdorga xos bo‗lgan umumiy (mavhum) ma‘noni anglatadi. Olmosh bildiruvchi ma‘no nutq jarayonida aniq yuzaga chiqadi. Ular o‗zlari almashtiruvchi so‗z kabi morfologik jihatdan o‗zgaradi.
Olmosh qaysi so‗z turkumi o‗rnida qo‗llansa, shu turkumga xos sintaktik vazifani bajaradi: O„qituvchi darsga kirdi. U o‘quvchilar bilan salomlashdi. Olmosh o‗zidan oldin aniqlovchi talab qilmaydi: Hamma xursand va shod. U kitobni o‘qidi. Olmosh ifoda etadigan ishoraviy ma‘nosiga ko‗ra ma‟no guruhlari (kishilik, ko‗rsatish…) o‘zbek tilshunosligida keng o‘rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |