Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 0,64 Mb.
bet29/30
Sana29.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#74207
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
ozbek tilida soz turkumlari tasnifi masalalari

Umumiy xulosalar

Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyat doimo taraqqiyotda ekan, til ham taraqqiy qilib boraveradi. Jamiyatda bo`lgan o`zgarishlar tilga ta`sir etmay qo`ymaydi. Mustabid tuzum (sho`ro)davri madaniyatimizga keskin ta`sir o`tkazgan edi.O`zbek tili mavqeyi pasaygan(rus tiliga e`tibor kuchaygan davr) bir bosqichda grammatikadagi milliy xoslikka ahamiyat berilmadi. Yaratilgan darslik, o`quv qo`llanmalarda ilmiy qarashlar rus tili grammatik talqinlari asosida berilar edi. Jumladan, so`zlarni turkumlarga ajratishda ham an`ana bo`lgan tamoyillar, miqdor(6ta mustaqil so`z turkumi...) kabilarga tayanildi. Zero har bir tildagi so`zlar o`zining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo`linadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bo`lgan tillardagi so`zlarning semantik-grammatik xususiyatlari, qo`llanish doirasi, o`zaro birikishi, boshqa belgilari doimo bir xil bo`lmaydi. Qolaversa, so`zlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bo`lgan yagona bir tamoyil bo`lishi mumkin emas. Muayyan bir tilda so`zlarni turkumlash shu tilda so`zning o`ziga xos ma`nosi, grammatik xususiyati, so`z yasalish tizimi va so`zlarning o`zaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham so`z turkumlari va ularning ichki guruhlarini ajratishda ham jiddiy farq bo`lishi mumkin.

O`zbek tilshunosligida bugungi kunda so`z turkumlarini ajratishning mantiqiy, lisoniy mezonlarini aniqlash bo`yicha ma`lum yutuqlarga erishildi, deb aytish mumkin. Har bir turkumning turkona lisoniy talqini, boshqa lug‘aviy hamda grammatik kategoriya bilan semantik-funksional o`xshashligi va farqi bo`yicha ancha ma`lumotlar qo`lga kiritildi .

So`z turkumlari ichida ravish, taqlidlarning o`rni alohida tadqiqot ishlarida o`rganildi. Ravishlarning o`zgarmaslik tabiati, lug‘aviy ma`no guruhiga kiritilgan so`zlar qatlami qayta yangi tamoyillar asosida o`rganilib chiqildi. Olmoshning, sifatning grammatik vazifa bajarish imkoniyatlari kengaytirildi. Taqlidlarning MSTlari tizimidagi o`rni, uning lug‘aviy-morfologik-sintaktik tabiati ochib berildi.

Alohida xususiyatga ega modal, undovlar so`z-gap doirasida zamonaviy talqinlarda tadqiq qilindi. Yordamchi so`z turkumlari tizimi va ularning funksional jihati, lisoniy xususiyatlari yana bir karra o`rganildi.

Mustaqil so`z turkumlarining umumiy grammatik ma`nolari formal-funksional ilmiy yondashuv asosidà muayyanlashtirildi.



Ko`pincha ot so`z turkumiga nisbat berilgan kelishik, egalik; fe`l so`z turkumiga nisbat berilgan zamon, tasdiq-inkor, shaxs-son kabi shakllarning turkona xususiyati tadqiq qilindi. Mazkur shakllar tasniflovchi kategoriyalar atamasi ostida o`rganila boshlandi. Qisqasi, tilning morfologiya sathiga qorishtirilgan sintaktik hodisalar aniqlanib, alohida o`rganildi. So`z turkumlari o`zbekona grammatik talqinlar bilan keng yoritildi.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish