O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI
O`ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI
IV KURS BITIRUVCHISI
M. Fayzullayevaning
“ O`zbek tilida so`z turkumlari tasnifi masalalari”
MAVZUIDAGI
5 220 100 - Filologiya (o`zbek filologiyasi) yo`nalishida bakalavr ilmiy darajasini olish uchun yozgan BITIRUV ISHI
(2013-2014- o`quv yili)
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent ABUZALOVA M.Q.
1
MAVZU: O`ZBEK TILIDA SO`Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI
R E J A:
Ishning umumiy tavsifi. Kirish.
bob. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari.
§. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar
§. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha 3§. So'z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari Bob bo`yicha xulosa
bob. O`zbek tilida so`z turkumlarining lizoniy tabiati.
1§. Mustaqil so`z turkumlariga xos bo‟lgan grammatik belgilar. 2§. Yordamchi so`zlarning grammatik tabiati
Bob bo`yicha xulosa Umumiy xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar.
Ishning umumiy tavsifi.
Mavzuning tadqiq darajasi. Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan biri - tilshunoslik necha o`n asrlardiki, til deyiladigan tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yo`lida tinimsiz izlanadi. Ayni izlanishlarning hosilasi o`laroq bu fanda xilma-xil yo`nalishlar, ilmiy qarashlar nuqtayi nazarlarning yuzaga kelganligidan bugun bexabar bo`lgan tilshunos yo`q [18. –Б. 27-30 ]. Shu bois keyingi yillarda lisoniy qurilshning umumiy qonuniyatlarini o`zbek tili materiallari asosida yangicha tadqiq etish va tahlil qilishga qaratilgan izlanishlar silsilasi yuzaga keldi. Bu izlanishlarning salmog`i kundan-kunga oshib bormoqda.
Mavzuning dolzarbligi. Tilshunoslik tarixida so`zlarni tasnif etishdek chigal va ko`p muhokama etilgan masala bo`lmasa kerak. Panini, Arastudan boshlab, hozirgacha tilshunoslar bu muammo ustida bosh qotiradilar. Zero, so`z lug‘at va grammatikaning asosiy birligi sifatida har bir tilshunos oldiga o`z tabiatini imkoni boricha to`liq va ziddiyatsiz talqin etish vazifasini qo`yadi. Bu esa so`zlarga xos bo`lgan aynanlik, o`xshashlik va farqlarni aniqlash, ularni tasnif etish hamda guruhlash orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Mavzu dolzarbligini belgilovchi omillardan biri shuki, so`z turkumi tasnifi bilan shug‘ullangan tilshunoslarimiz tasnif oldiga qo`yiladigan eng umumiy falsafiy-mantiqiy talablarga yetarli darajada e`tibor bermaganlar. Bu g‘olat, ayniqsa, o`zbek tilshunosligida yaqqol seziladi. Tilshunosligimizda uch mezonli asos (semantik, morfologik, sintaktik) bilan ajratilgan so`z turkumlari tasnifiga chuqurroq mohiiyat asosida yondashish hozirgi kunda sifat jihatdan tez rivojlanayotgan lingvistikamizning muhim vazifalaridan biridir. So`z turkumlari tasnifini yangicha asoslarda umumlashtirgan holda o‘rganish dolzarblik kasb etadi.
Tadqiqot manbaini shaklan va mazmunan yaxlitlikka ega bo`lgan so`z (leksema)lar tashkil etadi.
Ishning metodologik asoslari va tahlil usullari. Ishda dialektik falsafiy metodologiya asos bo`ldi, narsaning serqirraligi haqidagi ta`limotga asoslanildi.
Bitiruv ish mavzusining maqsad va vazifalari. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi tasnif masalalarini va ular tarixini o`rganish, o`zbek tilidagi so`z turkumlari tasnifini substansial asoslarda bilish, ular haqida xulosalar chiqarish, tasniflashlardagi farqli tomonlarni hamda so`z turkumlarining ilmiy va mantqiiy izchil tasnif usullarini ilg‘ay olish .
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. So`z turkumlari tasnifi masalasi amalga oshirilgan yangi tadqiqotlar asosida yana bir karra o`rganildi. O`zbek tilshunosligida an`anaviy (klassik) hamda hozirgi zamonaviy (formal-funksional) ilmiy yondashuvlar asosida so`zlar tasnifi qiyosan taqlilga tortildi. So`zlarni guruhlashdagi haqiqiy, idrokiy mezonlar o`rganildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati nafaqat til hodisalari, balki boshqa hodisalarda ham serqirralilik xos ekanligi xususida hukm chiqarishga imkon beradi.
Amaliy ahamiyati o`zbek tili grammatikalarini yaratishda, qo‘llanmalar yozishda manba vazifasini o`tashi mumkin.
Ishning sinalishi. Ushbu bitiruv ish mavzusi BuxDU o`zbek filologiyasi kafedrasi hamda filologiya fakulteti yig‘ilishlarida muhokama etilgan va ma`qullangan. Kafedrada ilk sinovdan o`tkazilgan (2014 yil, aprel).
Ish mundarijasi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |