1- bob. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari
1 §. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar
Uzoq o`tmishda ham odamlar o`z ona tillarida ishlatiladigan so`zlarning so`zlashuvda farqlanishiga e`tibor berishgan. Bir so`zlar predmetlarni, boshqalari xususiyatlarni ko`rsatadi, qolganlari kelishiklarda turlanadi, yana birlari shaxs va zamonlarda o`zgaradi. Qadimgi hind va yunon tilshunoslari tomonidan qilingan bu kuzatishlar, ularga ikki aniq so`z turkumlarini ajratish uchun asos bo`ladi: Ot va fe`l. Arastu (mil. avv.384-322- yil ) so`zlarni uchta so`z turkumlariga ajratadi: ot, fe`l va bog‘lovchilar.
Miloddan avvalgi III-II asrladagi elinizm davrida Aleksandr grammatikasi maktabi tashkil etiladi va uning namoyondasi Aristarx Samofrakskiy tarixda birinchi marotaba sakkizta so`z turkumidan iborat klassifikatsiya (tasnif) tuzadi. Bu so`z turkumlari quyidagilar: ot, fe`l, sifatdosh, artikl, olmosh, predlog, ravish va bog‘lovchilar. Bu klassifikatsiyada sifat so`z turkumi mavjud emas, bu o`z navbatida yunon tilining tipologik mohiyatini aks ettiradi. Chunki o`sha paytlarda sifat so`z turkumi ot so`z turkumi bilan umumiy tarzda turlangan va bir so`z turkumini tashkil etadi, bu so`z turkumi "ism" deb atalgan. Boshqa tomondan, bu klassifikatsiyada sifatdosh alohida so`z turkumi sifatida ajratilgan.
Aristarx o`z klassifikatsiyasiga asos qilib ikki tamoyilni oladi: morfologik tamoyil - "ot turlanadigan so`z turkumi", semantik tamoyil - "jism va narsani ko`rsatadi", shuningdek, u predmetning umumiy va xususiy qirralarini hisobga oladi. Ham umumiy, ham xususiy tarzda aytilganda (umumiy ma`no - odam, xususiy ma`no - Suqrot).
Yana bir aleksandriyalik grammatist Dionisiy Frakiyskiy (m.avv.170-90- yil) yunon tilidagi zamon tizimini quyidagicha tasvirlaydi: "Uch zamon mavjud - hozirgi, o`tgan, kelasi. Bulardan o`tgan zamon to`rt turga bo`linadi - uzoq muddatli, oldingi, oldin tugatilgan, cheklanmagan. Ularda uch xil tegishlilik bor - hozirgining uzoq muddatli bilan, oldingining oldin tugatilganligi bilan, cheklanmaganning kelasi bilan ".
Aleksandriyalik grammatistlar tuzgan so`z turkumi tizimida ko`pgina kamchiliklar borligiga qaramasdan, masalan: undagi ot va fe`lning to`qnashadigan xususiyatlari, bu klassifikatsiya fan va maktab doirasida mustahkam o`rnashdi va hozir ham ba`zi o`zgarishlar bilan ishlatib kelinmoqda. Umuman ilmning rivojlanishiga aloqador bo`lgan tilshunoslik fikrining rivojlanishi, shuningdek, har xildagi tillarning chuqur o`rganilishi so`z turkumlarining avvalgi klassik tizimini qayta ko`rib chiqishga olib keldi.
F.I.Buslayev (1818-1897) ikki turdagi so`z turkumlarini ajratardi - mustaqil, bunga u ot, sifat, fe`lni kiritgan, hamda yordamchi so`z turkumlarini - olmosh, son, predlog, bog‘lovchi va ravish.
A.A.Potebnya (1835 - 1891) so`z turkumining shu bo`linishini saqlab turib ravishni mustaqil so`z turkumiga, ko`makchi fe`llarni yordamchi so`z turkumlariga kiritdi; olmosh esa uning tizimida alohida o`ringa ega.
Turlar bo`yicha katta ahamiyatli so`zlar tasnifini akademik F.F.Fortunatov (1848 - 1914) ishlab chiqdi. O`z klassifikatsiyasida u faqat morfologik kriteriya (mezon)ni asos qilib oldi, ya`ni grammatik shaklning bor - yo`qligi yoki biz hozir aytadiganimizdek, so`zning so`z o`zgartiruvchi morfemalarni olish - olmasligi. U tildagi barcha so`zlarni fikr-mohiyatni belgilaydigan to`liq so`zlar, qisman yuklamalarga bo`ladi.
So`z turkumlari guruhlardan yoki turlardan tashkil topganligi tufayli, ular bo‘yicha tildagi so`zlar taqsimlanadi, ularda so`zning ikki tomoni ham aks etilishi kerak. Bundan so`z tavsifi uchun ikki mezon kelib chiqadi - semantik va shakliy morfologik.
Semantik mezon muayyan so`zni keng ma`nodagi kategoriyaga bog‘laydi. Bunda predmet ma`nosini bildirgan so`zlar otlarning semantik turini tashkil etadi, predmet belgisini bildirgan so`zlar sifatlarning semantik turini tashkil etadi. Bu kriteriy ancha oldin berilgan va tillarda so`z turkumlarini ajratib ko`rsatishning differensial xususiyatlaridan biridir. Morfologik kriteriy ma`lum so`zni, uning morfologik xususiyatlariga ko`ra aniq turga ajratish uchun ishlatiladi. Masalan: turlanish paradigmasining mavjudligi shu paradigmaga ega bo`lgan so`z ot-so`z turkumiga mansubligini anglatadi. Albatta, agar bu morfologik xususiyat predmet semantik xususiyati bilan mos kelsa. Agarda turlanish paradigmasining mavjudligi sifat semantik xususiyati bilan mos kelsa, unda berilgan so`z sifat so`z turkumiga kiritilishi kerak.
Bu asosiy ma`no va shakl xususiyatlardan tashqari so`zning so`zlashuvda, gapda vazifa bajarish qobiliyati mavjud. Bundan ko`rinadiki, tildagi barcha so`zlar ham gapda vazifa bajarmaydi. Xuddi shunday predmet ma`nosini bildirgan so`zlar, ya`ni otlar, odatda gapda ega vazifasini bajaradilar. Grammatikaning normativ kursidan ma`lumki, ot-eganing asosiy vazifasi kesim va to`ldiruvchini boshqarishdir. Fe`lning asosiy vazifasi gapdagi ma`noni reallikka bog‘lash. Ravishning asosiy vazifasi kesimni yoki aniqlovchini tavsiflash.
Shuning uchun so`z turkumini aniqlashning uchinchi kriteriyasi deb, bir so`zning gapdagi vazifasi yoki funksional kriteriyni olishni shart deb bilamiz.
So`zning turli guruhlarini tahlil qilayotganda biz shunga amin bo`lishimiz mumkinki, hamma so`zlar ham grammatik ma`noda bir-biri bilan mos kela olmaydi. Ravish sifat va fe`l bilan mos kelayotib, na ot na olmosh bilan mos keladi. Jumladan, ingliz tili ravishi ,,very" xuddi shunday ot bilan moslashmaydi- very house.
Nihoyat, har bir so`z turkumi uchun faqat ungagina tegishli bo`lgan so`z yasovchi paradigmani ajratish mumkin. Barcha tilida ma‘lum so`z turkumiga xos bo`lgan so`z yasovchi affikslarga duch kelamiz. Masalan:
- ship - friendship -do`stlik, kingship - qarindoshlik;
-ment -arrangement -tayyorlov.
Shuning uchun ham so`z yasovchi affikslar tizimi so`z turkumini aniqlash kriteriyalaridan biri deb hisobga olinishi lozim. Yuqoridagilardan so`z turkumlarini tipologik aniqlashning quyidagi kriteriyalari kelib chiqadi:
semantik kriteriy - berilgan so`zni keng ma`noli kategoriyaga belgilash;
morfologik kriteriy - moddiy jihatdan ifodalangan morfologik kategoriyalarning mavjudligi;
sintaktik kriteriy -so`zlashuv zanjirida berilgan so`zning vazifasi;
moslashuv kriteriysi - bir so`z turkumidagi so`zlarning boshqa so`z turkumlaridagi so`zlar bilan moslasha olishi;
5 ) so`z yasovchi kriteriy - bir so`z turkumidagi so`zlarning ma`lum tur bo‘yicha yangi so`z yasay olishi. O`zbek tilidagi so`z turkumlari haqida gapirilganda, shuni aytib o`tishimiz joizki, morfologik va sintaktik farqlarga qaramasdan, bu tillardagi so`z turkumlari ma`lum darajada o`xshashliklarga ega va ular quyidagilar:
ot 7) predlog
sifat 8) bog‘lovchi
son 9) yuklama
olmosh 10) artikl
fe`l 11) ko`makchi fe`llar
ravish 12) chastitsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |