«Tartib son» LMGsi. Tartib son predmetning aniq tartibini, ketma-ketlikdagi o‗rnini bildirish, shuningdek, boshqasidan farqini ko‗rsatish uchun ishlatiladi.
Tartib son sanoq songa [-(i)nchi] affiksining qo‗shilishidan hosil bo‗ladi.
[-(i)nchi] affiksi o‗rnida ba‘zan [-lamchi] shakli ham ishlatiladi. Masalan: Birlamchi, g‘alamis odamlarning gapiga quloq solmanglar, ikkilamchi, o‘zlaring bilasizlar, mardikorlikka ketganlar ko‘pi bilan olti-yetti oylarda qaytishadi...(A.Qah.).
Tartib son fe‘l bilan bog‗langanda miqdorni ham anglatadi: Bu gapni birinchi eshitishim. (S.Ahm.).
Tartib sonlar oy kunining tartibini bildirganda vaqt ifodalovchi otlardan oldin keladi: ikkinchi aprel, yigirma uchinchi aprel, o‘n sakkizinchi mart, yigirmanchi noyabr kabi. Bu rus tilining ta‘siri, albatta. Sof o‗zbekcha oy kuni hisobi aprelning ikkinchi kuni, noyabrning yigirmanchi kuni tarzida bo‗ladi.
Tartib sonning otlashgan va otlashmagan holatini farqlash lozim. Odamlarning birinchisi, o‘quvchilarning beshinchisi birikuvida sondagi egalik qo‗shimchasidan oldin tushirilgan otni qo‗yib bo‗lmaydi. Demak, bu son otlashmagan. Birinchi kitobni sen olasan, ikkinchisini men gapida ikkinchi tartib soni otlashgan.
Sanoq son ot bilan sintaktik munosabatga kirishganda mustaqil va nomustaqil sintaktik mavqeda bo‗la oladi. Mustaqil mavqeda aniqlanmishdan ayricha so‗roqqa javob bo‗lib, alohida bo‗lak maqomiga ega bo‗ladi: Besh (aniql.) kishi (ega) so‘zladi (kesim). Nomustaqil mavqeda tarkibiy qism sifatida yuzaga chiqadi: Besh kishi (ega) kelishdi (kesim).
Sanoq son qo‗shma sifat hosil qilishi mumkin: besh yashar bola, uch chaqirimli yo‘l.
Sanoq son sirasida bir so‗zi qo‗llanish va vazifasi jihatidan qator o‗ziga xoslikka ega.
«Miqdor» ma‘nosi: Yana bir gapni ayting. (S.Nur.).
«Noaniqlik» ma‘nosi: Bir o‘zbek yigiti so‘zlay boshladi. (Oyb.).
«Harakat belgisi» ma‘nosi: Mashina bir lapanglab, ilgariladi. (S.Ahm.).
«Mo‗ljal» ma‘nosi: Ertaga bir dam oling.
«Bir xil» ma‘nosi: Tiling bilan ko‘nglingni bir tut.
«Кuchaytirish» ma‘nosi: Yomg‘ir bir yog‘di.
«Navbatma-navbat» ma‘nosi: Bola bir bizga qaraydi, bir otasiga qaraydi.
«O‗xshashlik» ma‘nosi: U mening birim.
JК da «birgalik» ma‘noli ravishga o‗tadi: birga ishlamoq.
ChК da «to‗satdan» ma‘noli ravishga o‗tadi: birdan qichqirib yubordi.
[-day] shakli bilan ravish bo‗lib keladi: birday.
[-ov] affiksini olib «gumon» ma‘noli olmosh: Birov keldi.
[-or/-on] affiksini olib keladi: birorta, bironta.
[-gina] yuklamasi bilan «chegaralash» ma‘nosi: birgina.
Fonetik o‗zgargan [ham] yuklamasi bilan «kuchaytirish» ma‘nosi:
Do'stlaringiz bilan baham: |