Buxoro davlat univеrsitеti filologiya fakultеti o`zbеk filologiyasi kafеdrasi qo`lyozma huquqida udk II bosqich magistranti Hojiyeva Nargiza Ulug’bekovnaning



Download 0,56 Mb.
bet17/33
Sana26.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#469664
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Sodda gaplarning uslubiy qo’llanishi

Daryo tinmay solardi shovqin,
qiz ko’ziday qora edi tun (Sh.O.).

She`riyatda so’z tartibi nasriy nutqdagi so’z tartibiga nisbatan erkindir. Bu erkinlik she`rning ritmik tuzilishi bilan bog’liq. Ya`ni ritm, qofiya kabilarning talabi bilan so’z turli o’rinlarda ishlatilaveradi. Bu hodisa nutqni ta`sirchan va musiqiy qiladi:


Seni deb etaging tutdim men endi,
Boshqaning bahridan o’tdim men endi (E.J.).
Atributiv so’z birikmalarini bir-biridan ajratib joylashtirish keyingi davrda nashr qilingan nasriy asarlarda keng ishlatilmoqda. Bunda personaj nutqini individuallashtirish, nutq ta`sirchanligini oshirish nazarda tutilgan: Tinch bo’lsa qalbi insonning (I.SH.).
To’ldiruvchi-kesim inversiyada ham kesim ma`no jihatdan bo’rttiriladi. Kesimdan orqaga o’tgan bo’lak kuchsizlanadi: Ana shunda ko’rsang edi bu qoshlarni (Shuhrat).
Gap ma`nosiga ta`sir qiladigan, unga putur yetkazadigan o’rinlarda inversiyaga yo’l qo’yilmaydi. Aks holda, bir voqelik ikki xil tushuniladi: Ona qizini izladi. - Qiz onasini izladi. Oy - Yerning yo’ldoshi. - Yer - Oyning yo’ldoshi.
Egasi ifodalanmagan gaplarning uslubiy xususiyatlari o`ziga xosdir.
Shaxsi umumlashgan gaplardan anglashilgan ish-harakat grammatik jihatdan ma`lum bir shaxsga oid bo’lsa ham, mazmunan hammaga, umumga qarashli bo’ladi: Birni kessang, o’nni ek (Maqol).
Kesimi buyruq maylining ikkinchi shaxs shakli bilan ifodalangan shaxsi umumlashgan gaplar badiiy publitsistik nutqda keng qo’llanadi. Ular umumga tegishli maslahat, orzu, kinoya, buyruq, g’azab kabi ma`nolarni ifodalaydi: Yotga yaqinlashma, eling bilan yovlashma (Maqol). Aqlli desang ahmoqni, boshga urar to’qmoqni (Maqol).
Shaxsi umumlashgan gaplar hikmatli va pand-nasihat tarzida bo’lganligi uchun ham so’zlashuv uslubida keng ishlatiladi: Sekin yursang uzoq ketasan; Ishlasang tishlaysan; Yoshlikda yig’, qariganda sarf qil kabi.
Shaxsi noma`lum gaplarda ham gapning egasi qo’llanmaydi. Bunday gaplarning kesimi uchinchi shaxs shaklida bo’ladi. Lekin, shunga qaramay harakatning bajaruvchisi aniq bo’lmaydi. Shaxsi noma`lum gaplar ko’pincha badiiy va so’zlashuv nutqida ishlatiladi:
Qush edim qanotimni qayirdilar,
Gul edim bulbulimdan ayirdilar.
Badiiy tasvirda nutqiy rang-baranglikka erishish uchun shaxsi noma`lum gaplarni nofaol konstruksiyali ikki tarkibli gaplarga sinonim qilib qo’llash mumkin: Gapni bir marta aytadilar. - Gap bir marta aytiladi.
Shaxsi noma`lum gaplar ilmiy uslubda ishlatilmaydi. Bajaruvchi shaxsini nutqda ataylab noma`lum qilib ishlatish orqali tasvirda ma`lum bir hayajonlilik vujudga keltiriladi: Yer sotganlarning ko’pini ko’rdim, axiri gadoy bo’ladi. To’g’ri, yerni pulga sotadilar, naqd pulni jaraq-jaraq sanab oladilar (O.). Muhabbat har qanday baloni, hatto o’limni ham yengadi, deb juda to’g’ri aytishgan (S.Z.).
Bu xil gaplarda ish-sharakatni bajarish majburiy va zaruriyligi yoki aksinchaligi ifodalanadi. Shuning uchun ham bunday gaplar, asosan, rasmiy-ish uslubida ishlatiladi: quyidagi masalalar muhokamaga qo’yilsin, vaqtdan to’g’ri foydalanilsin, darslar soatbay o’tilsin kabi.
Badiiy nutqda shaxssiz gaplarning his-hayajon bildiruvchi turlari (xudo saqlasin, xudo k’otarsin!), shuningdek, kesimi kerak, lozim, mumkin kabi modal so’zlar bilan shakllangan k’orinishlari ko’p ishlatiladi: O’limini dushmanga to’g’ri qilish kerak (Y.). T’oxtashga to’g’ri keladi. Kutish kerak (S.A.).
Ayrim xalq maqollari ham shaxssiz gap shaklida bo’ladi: Oyni etak bilan yopib bo’lmas. Mashaqqatsiz hunar bo’lmas (Maqol).
Nominativ gaplar biror predmet yo hodisaning hozirgi paytda mavjudligini ko’rsatadi. Bunday gaplarda ohang asosiy o’rin tutadi. Oddiy so’z ohang tufayli gapga aylanadi: Oy. Nozik jimjitlik. Salqin shamollargina qizning sochlari bilan o’ynashadi (O.).
Nominativ gaplar ilmiy va so’zlashuv uslubida ham qo’llanadi. Ammo biror badiiy asar yo’qki, nominativ gap qo’llanmagan bo’lsin. Badiiy asarda yozuvchi narsa, voqea-hodisalarning nomini atash orqali kitobxonga estetik ta`sir qiladi. Fikrning lo’nda, ixcham va ravon bo’lishida nominativ gaplar muhim uslubiy o’rin tutadi: Jo’raxonning uyi. Yorug’. Ozoda. Birinchi xona. Bir chetda pianino. Xonaga kichik koridordan kiriladi (Uyg’un).
Xuddi shuningdek, nominativ gaplardan fikrni qisqa ifodalash, joy va vaqtni tejash maqsadida reportaj, xotira yozishda, dramatik asarlarda keng foydalaniladi.
Qisqasi, sintaktik uslubiyat haqida gap ketganda, yuqorida bayon qilganlardan tashqari, ma`lum fikrni, maqsadni ixcham, aniq ifodalashda to`liqsiz gaplardan, izohlanma bo’laklardan, undalmalardan, kirish va kiritmalardan unumli foydalanish tushuniladi.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish