Buxoro davlat univеrsitеti filologiya fakultеti o`zbеk filologiyasi kafеdrasi qo`lyozma huquqida udk II bosqich magistranti Hojiyeva Nargiza Ulug’bekovnaning


III bob. Nutqning vazifaviy uslublarida sodda gaplar



Download 0,56 Mb.
bet19/33
Sana26.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#469664
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
Sodda gaplarning uslubiy qo’llanishi

III bob. Nutqning vazifaviy uslublarida sodda gaplar

3.1. So'zlashuv nutqida sodda gaplar
So`zlashuv uslubi o`ziga xos sintaktik tabiati bilan ajralib turadi. Mazkur uslubda gaplar ixcham, qisqa, aniq aytiladi. Ayniqsa, sodda gaplarning qo`llanishi o`ziga xosdir. Bir tarkibli gaplarning turli ko`rinishlari keng qo`llanadi.
-Bo`lsang-chi! Hali zamon kun yoyilib ketadi. Dalaga chiqish kerak.
Kecha dunyoning qirg’inli tuni ekan.
Adabini berish kerak edi. Yo ko`pchilik orasida xo`rlab so`kamizmi? Og’zaki nutqda
1. -Men tushunaman. Ishonaman. Ammo...
2. -Axmoqsan! Bular qallig’ingni tortib olib, Avazning qo`yniga solmoqchi-yu, sen, yolg’on "agitatsiya"ga laqqa tushasan!
3. -Mayli, kelishsin! Balki olib qolishar! kabi qo`llanishlar xarakterlidir. Ya`ni eganing tushib qolishi odatiy holdir.
So`zlashuv uslubida gaplarning inversiyali ko`rinishi ko`p qo`llaniladi va bu qo`llanish ma`lum modal ma`nolarni ifodalaydi.
- Xayr endi, - dedim. - Tezroq borishim kerak uyga.
- hm... - dedi Nazrulla. - Lekin bunisi judayam og’ir ekan...(Sh.X.).
- Tush otdan!
Otliq fonarini yoqib, menga tutdi.
- Oliftalik qilma! (Sh.X.).
Ma`lumki, sodda gapning tarkibida uyushiq bo`laklar, undalmalar, kirish va kiritma qurilmalar, ajratilgan bo`laklar, sifatdosh, ravishdosh o`ramlar, harakat nomli tizimlar qatnashib, sodda gapni ham shakliy, ham mazmuniy jihatdan murakkablashtiradi. Bunday gaplar murakkablashgan sodda gaplar deb ataladi.
Murakkablashgan gaplarning sodda va qo`shma gaplardan farqli o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
1. Murakkablashgan gaplar orqali birgina maqsad ifodalanmay, murakkab fikr o`z ifodasini topadi.
2. Murakkablashgan gapni tashkil etgan bo`laklar gapning umumiy mazmuni bilan izohlash munosabatida bo`ladi.
3. Murakkablashgan gapda ikki xil predikativ birlik, hukm bo`ladi. Bu predikativ birlikning biri asosiy bo`lib, ikkinchisi to`liq bo`lmagan hukmdir. Asosiy hukm gapning umumiy mazmunidan anglashilsa, to`liq bo`lmagan hukm gapning uyushiq, ajratilgan bo`laklari, undalma va kirish bo`laklar orqali ifodalanadi.
4. Murakkablashgan gapni tashkil etgan bo`laklar asosiy gapning umumiy mazmuni bilan munosabatga kirishadi.
5. Murakkablashgan gapni tashkil qiluvchi bo`laklar o`ziga xos intonatsiya bilan talaffuz etiladi. Bu intonatsiya boshqa gap bo`laklaridan pauza bilan ajralib turadi.
6. Murakkablashgan gaplarda shakliy va mazmuniy murakkablashuv va munosabat mavjud. Mazmuniy munosabatda obyektiv, subyektiv, vokativ va modal munosabat o`z ifodasini topadi.
7. Murakkablashgan gap o`ziga xos sintaktik qurilmalar bo`lib, shuning uchun ular sodda va qo`shma gaplardan farqlanadi.
O`zbek so`zlashuv nutqiy uslubida gap tarkibidagi ajratilgan bo`laklarni ikki guruhga bo`lish mumkin:
1.Gap tarkibidan intonatsiya bilan farqlanib turadigan ajratilgan bo`laklar. Ajratilgan bo`laklarning bu turi hol va kesim mavqeyidagi bo`laklarda namoyon bo`ladi: Ertaga, erta bilan soat to`qqizlarda, men yo`lga tushaman. - Shunday jangchi do`sti halok bo`lganda, bo`ynidan yechib olgan ekan (Sh.yul. 1996.4,183). - Ha, mayli, boshi aylanib ketdi qizimning, dedi Xolbuvi bezovta bo`lib, yot qizim, yonboshla. Bunday gaplarda ish-harakat qay holatda yuz berayotgani uncha muhim emas. Bunda bayon etilgan asosiy fikrga qo`shimcha ma`no anglatish maqsadi ko`zda tutilgan.
So`zlashuv nutqida biror voqea-hodisa haqida hikoya qilish lozim bo`lsa, avval ega va kesim aytiladi. Keyin kesimga tobe bo`lgan ravishdosh oborotlar keltirilib, so`ng yana kesimni boshqaruvchi fe`l takrorlanadi: - O`zing, qachon ketasiz, deb holi jonimga qo`ymas eding-ku, mana gapingga kirib ketadigan ham bo`lib qoldim, - dedi mayus holda.
2.Murakkablashgan sodda gaplar tarkibida ba`zan gap bo`laklarining ters o`rinlashuvi tufayli yuzaga keladigan ajratilgan bo`laklar uchraydi. Gap bo`laklarining teskari o`rinlashuvi tufayli ajratilgan izoh ma`nosidagi bo`laklar vujudga keladi. Bu narsa ajratilgan aniqlovchi va izohlarda ko`zga tashlanadi.
So`zlashuv nutqida ajratilgan aniqlovchilar predmetning barcha xususiyatlarini aniq yoritish maqsadida predmetning holati, harakati va belgisiga qo`shimcha izoh beradi. Bu vazifada kelgan ajratilgan aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi:
- O`zi shularning xonadonidan qut-baraka uchdi, Sharifjon. Xabaring bormi-yo`qmi, Rashid degan amakisi bor muning (Sh.yul.1996.4,58). - Ha-da! - xunobi oshdi o`g’lining (Sh.yul.1996.4,67).
Dialogik diskursda qo’shma gaplarga nisbatan sodda gaplar kеngroq uchraydi va bunda sodda gaplarning turli ko’rinishlaridan foydalaniladi. Izlanishlarimiz davomida gaplarni tahlil qilar ekanmiz, dialogik birliklarning sintaktik qurilishiga aloqador quyidagi holatlarni aniqlashga erishdik:
1.Sintaktik qurilishi faqat dialogik nuqqa xoslangan gaplarni aniqladik:

  • Nеchanchi qavatdasiz?

  • Ikkinchi qavatda.

  • Naymancha qalay?

  • Naymancha ichidan qaynayapti, - dеdi Onaxon pеshona tеrini artib (A.M.).

- Mеnga nima topshirasiz?
- Sizga, Bashorat, og’irroq ish topshiramiz(A.M.).
Qodirqul: Shu bugunmi?
Hasan: Shu bugun (H.H.N.).

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish