Planetar reduktorlar.
Uchta oddiy planetar reduktorlarni ko’rib chiqamiz: Djeyms reduktori, ikki qatorli va David reduktorini.
Djeyms reduktori – bu qo’zg’almas koronniy (toj) yoki quyoshli g’ildirakka ega bir qatorli planetar reduktor. Ko’pincha qo’zg’almas koronniy (toj) g’ildirakka ega reduktorlardan foydalaniladi, uning sxemasi 17.9-rasmda berilgan. Planetar reduktor uzatish nisbati formulasi Villis teoremasiga [2] asosan keltirib chiqariladi. Djeyms reduktori uchun qo’zg’almas toj g’ildirak bilan, quyoshli g’ildirakdan vodiloga uzatish nisbati:
(17.4)
2.51H<8 bo’lganda reduktordan foydalaniladi. Qo’zg’almas quyoshli g’ildirakli Djeyms reduktorida harakat toj g’ildirakdan vodiloga uzatilganda:
(17.5)
1,2H1 <1,8 bo’lganda reduktordan foydalaniladi. Djeyms reduktori er usti transport mashinalarining tezlik qutichalarida va yon uzatmalarda, yuk ko’tarish mashinalarida, hamda samolyot va vertalyotlarda aylanma harakatni dvigateldan vinga uzatishda bosh kuchli reduktor sifatida, boshqarish sistemasi mexanizmlarida foydalaniladi.
17.9-rasm. 17.10-rasm 17.11-rasm
Ikki qatorli planetar reduktor ikkilangan satellite va qo’zg’almas toj g’ildirakka ega (17.10-rasm). Kirish zvenosi quyoshli g’ildirak, chiqish zvenosi esa vodilo hisoblanadi. Reduktorning uzatish nisbati:
(17.6)
Formuladan ko’rinib turibdiki, bunday reduktorning uzatish nisbati Djeyms reduktoriga nisbatan katta bo’lishi mumkin. Ular 8lH <15 bo’lganda foydalaniladi. Kuchli reduktor sifatida samolyotlarda foydalaniladi.
Agar Djeyms reduktori va ikki qatorli reduktor quyoshli va toj g’ildiraklarga ega bo’lsa, David reduktori esa ikkitaquyoshli va ikkita toj g’ildiraklarga ega bo’lishi mumkin. 17.11-rasmda ikkita quyoshli g’ildirakka, ulardan biri 3 g’ildirak qo’zg’almas David reduktori ko’rsatilgan. Bunday reduktorda harakat H vodilodan 1 quyoshli g’ildirakka uzatiladi. Reduktorning uzatish nisbati:
(17.7)
(17.7) formuladan ko’rinib turibdiki, qancha kasrning maxraji birga yaqin bo’lsa, shuncha bunday reduktorlarning uzatish nisbati qiymati katta bo’ladi. Ulardan 15Hl<10000 va undan katta bo’lganda foydalaniladi.
Masalan, agar z1=100, z2=99, z’2=100 va z3=101 bo’lsa
Biroq bunday reduktorlarda ishqalanishga katta yo’qotish sarf bo’lgani sababli kuchli sifatida foydalanish mumkin emas. Uzatish nisbati uHl=10000 ga teng reduktorning foydali ish effisienti = 0,04, ya’ni faqat 4% quvvati chiqishda foydalanish mumkin, 96% quvvat esa, reduktor ichidagiishqalanishni engish uchun sarflanadi. Shunga o’xshash reduktorlar o’lchovchi kinematik siplarda, priborlarda va astranomiyada teleskopni burish uchun foydalaniladi.
10000>15>8>
Do'stlaringiz bilan baham: |