17.6-rasm.
Bu mexanizmni ko’rib, kinematik hisoblash uchun umumiy xulosa chiqarish mumkin: agar kinematik zanjirdan bir qatorda bir qancha tishli g’ildiraklar joylashgan bo’lsa, u holda uzatish nisbatiga bu qatorda joylashgan faqat birinchi va oxirgi g’ildiraklarning tishlar soni ta’sir etib, oraliq g’ildirak esa (parazit) faqatgina uzatish nisbati ishorasiga ta’sir qiladi.
Ba’zi bir g’ildiraklarning o’qlari qo’zg’aluvchan murakkab tishli mexanizmlar (planetalar mexanizmlar).
17.7-rasmda oddiy planetar mexanizm sxemasi keltirilgan. 1 tishli g’ildirak va H zveno qo’zg’almas nuqta orasida aylanishi mumkin. H zvenoda va 1 g’ildirak bilan ilashmagan kiruvchi, ikki tishli g’ildirakning aylanish markazi yotadi.
1 va H zvenolar bir-biriga bog’langan holatda, ya’ni bir xil yoki qarama-qarshi yo’nalishda, har xil tezlikda aylanishi mumkin. Mexanizm ichida bir g’ildirakda yumalanuvchi g’ildirak murakkab harakatlanadi. Zveno harakati quyosh sistemasidagi planetalar harakatiga o’xshab ketadi, shuning uchun 1 zvenoni quyoshli g’ildirak, 2 zvenoni satelit, H zvenoni esa – vodilo deyiladi.
Quyoshli g’ildirak va vodilo – bu kirish zvenolari, chiqish zvenosi esa satellite hisoblanadi. Murakkab harakatlanuvchi satelitdan foydalanish, ishchi yoki mashina organlarining yuritmasi uchun qiyindir.
17.7-rasm
Bu masalani engillashtirish maqsadida oddiy planetar mexanizmga ichki tishlar bilan uch markaziy g’ildirak (17.8-rasm), satellit bilan ilashmaga kiruvchi kononniy toj g’ildirak qo’shilgan.
Planetar mexanizm konstruksiyasining keyingi murakkabligi bitta satellit bilan muvozanatlanmaganligi sababli ishlay olmasligi: katta aylanish tezliklarida satellite masalalari muvozanatlanmaganligi katta energiya kuchlarini keltirib chiqaradi, bu esa mexanizmni sinishga olib keladi. Mexanizm ichida uzatilayotgan quvvat stellitlar soniga teng potoklarga bo’linadi. Natijada, o’nta stellitli mexanizmda tishli ilashmadan o’tayotgan quvvat potogi, 5 marta kichik bo’ladi. Ikkita stellitli mexanizmga qaraganda, bunda modulni, o’qlararo masofani va umumiy masofani gabarintni kamaytirish mumkin.
17.8-rasmda ko’rsatilgan mexanizm sxemasiga 4 ta satellit krest ko’rinishida vodiloga joylashtirilgan. Yon ko’rinishda, ko’pincha kinematik sxemalarda faqat bitta satellit ko’rsatiladi.
17.8-rasmdagi planetar mexanizm uchun Chebishev formulasi (3.1) bo’yicha erkinlik darajasi sonini aniqlaymiz:
W=3n-2pn-pn+S
Do'stlaringiz bilan baham: |