93
Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash
funksiyalari
Ma’naviy-axloqiy tarbiya funksiyalari o‘quvchilarda fuqarolik hissini tarkib
toptirishda moddiy va ma’naviy boyliklar, ma’naviyaxloqiy bilimlar, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot haqidagi tasavvurlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan
hamkorlikda amalga oshirildi.
Ushbu funksiyalar kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari shaxsida ma’naviy-
axloqiy dunyoqarash, ma’rifat taraqqiyoti, jamiyatning yuksalishi kabi bilimlarni
shakllantirishda eng muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning
funksiyalari o‘quvchilarning kundalik hayotida, turmush tarzida, o‘zgalar bilan
munosabatda, aqliy hamda jismoniy mehnati jarayonida shakllandi va rivojlanib
bordi. Ushbu funksiyalar milliy mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish,
tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, ma’naviy merosimiz, ijtimoiy adolat, fuqarolik
jamiyatini qurish yo‘lidagi harakatlar bilan mushtaraklikda ma’naviyaxloqiy
tarbiya faoliyatini tashkil etdi. Buning natijasida kasb-hunar kollejlari
o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy fazilatlar, erkin va sog‘lom muhit, ma’naviy-
axloqiy tarbiya jarayonlari takomillashtirildi.
«Ma’naviyat asoslari» fanida kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida ya’ni
jamiyatimizning ertangi faol fuqarosida milliy istiqlol g‘oyalari va milliy
mafkurani shakllantirish, ma’naviy yuksak insonni tarbiyalash kabi masalalarning
muhim metod va vositalarining metodikasi amalga oshirildi.
«O‘zbekiston tarixi»ni o‘qitish jarayonida ham o‘quvchilarda o‘zbek
xalqining jahon tarixida, insoniyatssivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi,ma’naviy
merosga
hurmat ruhi, milliy g‘urur shakllantirildi.
“Adabiyot” fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarda badiiy-estetikideallar
rivojlantirildi. Buning natijasida o‘quvchilarning milliy g‘oya,milliy mafkura
haqidagi bilimlari kamol topdi.
Ijtimoiy–gumanitar fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga ma’naviy-
axloqiy tarbiyaga doir muammolar va qonuniyatlar yoritib berildi. Ularning
94
mohiyatini anglab olishga qiziqish uyg‘otildi. Ijtimoiy-siyosiy,ma’naviy-axloqiy,
estetik qarashlar, ishonch va e’tiqodlar tizimi yaratildi.
O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonlari rivojlantirildi.
Buning natijasida mustaqillik, O‘zbekiston davlati, bayrog‘i, madhiyasi,gerbining
ma’no-mohiyati, ulug‘ mutafakkirlar va zamonimizning ilg‘orkishilarining ulkan
ma’naviy merosi, ma’naviy an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, sog‘lom
turmush tarzi yoshlarning madaniy saviyasi, mehr-muruvvat, insonparvarlik kabi
bilimlar kamol topdi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarni ma’naviy–axloqiy
tarbiyalash texnologiyasi ishlab chiqildi. Bu borada ta’limning noan’anaviy
shakllaridan foydalanildi. O‘quvchilarning qiziqishlarini oshirish, mustaqil, erkin,
ijodiy fikrlashga yo‘llash, madaniy muloqot yuritishga o‘rganish ijobiy natijalarga
olib keldi. Ishbop o‘yinlar, musobaqa darslari, intellektual ring, teatrlashgan
mashg‘ulotlar, guruhlarda ishlash, ijodkorlar tanlovlari, auksion darslar, bahs-
munozara darslari, ekskursiya darslari, mo‘‘jizalar maydoni kabilar amalga
oshirildi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalar darsdan
tashqari tarbiyaviy tadbirlarda mustahkamlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: