Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


  Shaxsni shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

5.2. 
Shaxsni shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar 
Inson  shaxsini  shakllanishiga  tashqi  va  ichki,  biologik  va  ijtimoiy  omillar 
ta'sir  qiladi.  Omil  -  u  yoki  bu  hodisa,  jarayonni  harakatlantiruvchi  kuchi 
hisoblanadi. 
Ichki  omillarga  faoliyat  va  muloqotdagi  shaxsni  shaxsiy  faolligi,  qiziqish  va 
motivlari kiradi. 
Tashqi omillarga tabiiy va ijtimoiy makro, mezo va mikroomillar hamda keng 
va tor ijtimoiy va pedagogik ma'nodagi tarbiya kiradi. 
Muhit  va  tarbiya  —  bu  ijtimoiy  omillar,  irsiyat  esa  —  biologik  omil 
hisoblanadi. 
Faylasuflar,  sotsiologlar,  psixologlar  va  pedagoglar  orasida  biologik  va 
ijtimoiy  omillar  munosabatlari  va  ularning  inson  shaxsini  rivojlanishidagi 
ahamiyati xususida munozara va muhokamalar bo‘lib kelmoqda. 


89 
 
Amerika 
pedagog 
va 
psixologlari 
vakillari 
E.Torndayk, 
D.Dyui, 
A.Kobslarning  ta'kidlashicha,  inson  ongini,  qobiliyatlarini,  qiziqish  va  ehtiyoj- 
larini  irsiyat  aniqlaydi.  Ushbu  yo‘nalish  vakillari  shaxs  rivojlanishining  asosiy 
omili  irsiy,  biologik  omillar  deb  hisoblab,  muhit  va  tarbiyaning  rolini  inkor 
etadilar. Odam shaxsi va xulq-atvorining shakllanishida biologik omillarning rolini 
yuksak  baholab,  shaxsni  naslga  bog‘lab  qo‘yuvchi  biologik  oqimning  yana  biri, 
bixeviorizm nazariyasidir. Ushbu nazariyaga amerikalik pedagog E.Torndayk asos 
solgan.  Uning  fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, ongi va  aqliy  qobiliyatlari 
ham  nasldan  naslga  o‘tadi.  E.Torndayk  tarbiyaning  shaxs  rivojlanishiga  ta'sirini 
inkor etadi.  
Progmatizm  nazariyasining  asoschisi  D.Dyui  shaxs  rivojlanishini  biologik 
nuqtayi  nazardan  asosladi.  U  ham  tarbiyaning  shaxs  rivojlanishiga  ta'sirini  inkor 
etib, rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat deb hisoblaydi. Odam nima 
bilan  tug‘ilgan  bo‘lsa,  tarbiya  jarayonida  shu  sifat  va  xususiyat  o‘sib  boradi. 
«Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritilgan narsa emas, u odam bilan dunyoga kelgan 
xususiyat va qobiliyatni o‘stiradi» deb ta'kidlaydi D.Dyui. 
D.Lokk,  J.J.Russo,  K.A.Gelvetsiylarning  ta'kidlashicha,  insonni  rivojla- 
nishiga muhit va tarbiya ta'sir qiladi. Ular inson rivojlanishida irsiyatni rolini inkor 
etib, yangi tug‘ilgan bolani — «toza doska»ga qiyoslaydilar. 
D.  Didro  «rivojlanish  irsiyat,  muhit,  tarbiyaning  o‘zaro  uyg‘unligi  ta'sirida 
aniqlanadi» deb ta'kidlaydi. 
Taniqli  rus  olimi  K.D.Ushinskiyning  ta'kidlashicha,  insonda  shaxsiy 
sifatlarini  shakllanishi  nafaqat  irsiyat,  muhit  va  tarbiya  ta'sirida,  balki  shaxsiy 
faoliyati  natijasida  ham  shakllanadi.  Inson  —  nafaqat  biologik  omil  va  sharoit 
mahsuli, balki ushbu sharoitda faol ishtirokchidir. U o‘zining sharoitini o‘zgartirib 
o‘zini ham o‘zgartiradi. 
Shaxsni  shakllanishi  va  rivojlanishiga  ta'sir  etuvchi  asosiy  omillarni  ko‘rib 
chiqaylik. Ayrim mualliflar shaxsni shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy omil irsiyat 
deb hisoblaydilar. 


90 
 
Irsiyat  —  bu  ota-onaning  ayrim  belgi  va  xususiyatlarini  genlar  yordamida 
farzandlarga o‘tishidir. Irsiyat orqali bolalarga: 
- anatomo-fiziologik  tuzilma,  insoniyat  vakili  sifatida  individning  tashqi 
xususiyatlarini  ifodalovchi  nutq  layoqati,  to‘g‘ri  yurishi,  tafakkuri,  mehnat 
faoliyati; 
- jismoniy  xususiyatlari:  tashqi  milliy  xususiyatlari,  gavda  tuzilish  xususi- 
yatlari,  yuz  tuzilishi,  sochi,  ko‘zi,  terisi  rangi;  fiziologik  xususiyatlari,  modda 
almashinuvi, arterial bosimi va qon guruhi
- asab  tizimi  xususiyatlari:  bosh  miya  qurilishi,  uning  ko‘rish,  eshitish,  hid 
bilish  sezgilari,  odat  va  oliy  asab  faoliyati  turini  aniqlovchi  asab  jarayonlari 
xususiyatlari; 
- organizmdagi  anomal  rivojlanish:  daltonizm;  irsiy  kasalliklarga  moyillik: 
gemofiliya  (qon  kasalligi),  qandli  diabet,  shizofreniya,  endokrin  kasalliklar. 
Irsiyatdan  tashqari  shaxsni  shakllanishiga  ta'sir  etuvchi  omillardan  biri  muhit 
hisoblanadi. 
Muhit  —  bu  inson  rivojlanishi  amalga  oshadigan  real  borliq.  Shaxsni 
shakllanishiga  geografik,  milliy,  maktab,  oila  muhiti  ta'sir  qiladi.  Shaxsni 
shakllanishiga  ta'sir  etuvchi  omillardan  biri  muloqot  hisoblanadi.  Muloqot  —  bu 
shaxslararo  munosabatlar  shakllanishidagi,  odamlar  o‘rtasidagi  kontaktlarni 
rivojlanishi va shakllanishidagi shaxsning universal faolligi hisoblanadi. 
Zamonaviy fiziologiya va psixologiya fani, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan 
emas,  balki  biror  bir  qobiliyatning  rivojlanishiga  va  ro‘yobga  chiqishiga  ta'sir 
etadigan  imkoniyatlar,  ya'ni  shaxs  xususiyatini  ifodalaydigan  layoqat  bilan 
tug‘iladi  degan  qarashni  ilgari  suradi.  Layoqat  shaxsning  idrok,  tafakkur,  xotira, 
tasavvur  kabi  psixik  xususiyatlarini  individualligini  ifodalaydi.  Agar  bolaning 
layoqatiga mos sharoit yaratib berilsa, bola zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, uning 
layoqati  rivojlanishi,  aksincha  sharoit  yaratilmasa,  u  yo‘q  bo‘lib  ketishi  ham 
mumkin. 


91 
 
Shaxsni  rivojlanishi  faqat  faoliyatda  amalga  oshadi.  Inson  hayoti  davomida 
hamisha turli xildagi o‘yin, o‘quv, bilish, mehnat, ijtimoiy, siyosiy, badiiy, ijodiy, 
sport faoliyatida ishtirok etadi. 
Faoliyat  inson  mavjudligining  yo‘l  va  shakli  sifatida  quyidagi  vazifalarni 
bajaradi: 
insonni hayotini moddiy sharoitlarni yaratishni ta'minlaydi; 
tabiiy insoniy ehtiyojlarni qondirilishini ta'minlaydi; 
tashqi dunyoni qayta shakllantirish va bilishni ta'minlaydi; 
insonni ma'naviy dunyosini rivojlantirish omili hisoblanadi; 
insonga  hayotdagi  maqsadlariga  erishishlarida,  imkoniyatlarini  amalga 
oshirish vosita vazifasini bajaradi
insonga ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zini namoyon qilishi uchun sharoit 
yaratadi. 
Shaxsni  rivojlanishiga  jamoa  faoliyati  katta  ta'sir  qiladi.  Olimlar 
ta'kidlashicha,  aniq  sharoitlarda  bir  tomondan  jamoa  shaxsni  zo‘riqishlarini, 
ikkinchidan  rivojlanishi  va  individualligi  jamoada  shakllanadi.  Jamoa  faoliyati 
shaxsni  ijodiy  imkoniyatlarini  namoyon  qiladi.  Shaxsda  g‘oyaviy-axloqiy 
sifatlarni, fuqarolik hissini shakllanishida jamoa faoliyatining roli katta. 
Shaxs  rivojlanishida  o‘z-o‘zini  tarbiyalash  muhim  rol  o‘ynaydi.  O‘z-o‘zini 
tarbiyalash  o‘z  faoliyatini  anglangan  va  qabul  qilingan  maqsadidan  boshlanadi. 
Xulq  va  faoliyatning  o‘zi  tomonidan  aniqlangan  maqsadi,  ongli  zo‘riqishlarini 
hosil  qilib,  faoliyat  rejasini  aniqlaydi.  Ushbu  aniqlangan  maqsad  shaxs 
rivojlanishini ta'minlaydi. 
Shunday  qilib, insonni  rivojlanishi  turli  biologik  va  ijtimoiy  omillar  ta'sirida 
amalga  oshadi.  Shaxsni  rivojlantiradigan  va  shakllantiradigan  omillar  alohida- 
alohida  emas,  balki  kompleks  ta'sir  qiladi.  Turli  xil  holatlarda  shaxsni 
rivojlanishiga  ta'sir  etuvchi  omillar  ko‘p  va  oz  ta'sir  qiladi.  Ko‘plab 
mutaxassislarning fikricha, shaxsni shakllanishida tarbiyaning roli beqiyosdir. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish