Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda
topshiriqlar:
1.
Motivlashtirish nima?
2.
Qiziqish haqida tushuncha bering.
3.
G.Rozenfelьd o‘quv motivlariga ko‘ra ta’limning qaysi turlarini
ajratib ko‘rsatadi?
4.
Motivlashtirishning ruhiy va tashkiliy iqtisodiy yo‘nalishdagi turli
nazariyalarini qaysi guruhga bo‘lish mumkin?
18-MAVZU: KASBIY TA’LIMDA PEDAGOGIK BOSHQARUV
Tayanch tushunchalar
: boshqaruv, rahbar, rahbarlik, jamoa, pedagogik
jamoa, boshqaruv metodlari.
180
18.1. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini boshqarishning
umumiy va ilmiy asoslari
Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo’lganja rayon emas. Balki
ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishning to’g’ri tashkil
etilishi juda muhim. Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga
ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni
shakllantirish uchun o’ta muhim hisoblanadi. Avvalo, boshqarishning ijtimoiy
mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum birob’ektga tashkiliy, rcjali, tizimli
ta’sir ko’rsatish demakdir.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik
jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil
qilishga aytiladi.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo’yicha
yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham
teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o’rniga «o’zaro harakat»,
«hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo’llanilmoqda.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining
menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlatga nisbatan
ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro
hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo’sh, «menejment» va «menejer» atamalarining asl mohiyati nimani
anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasasida davlat- jamoat
boshqaruvining
pedagogik-psixologik
asoslarini
tushunishimizda
ushbu
yo’nalishda tadqiqot olib boigan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida
diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa
egalari o’z mulklari va xodimlarni o’zlari boshqarganlaridan ko’ra tanlangan
yo’nalish bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislarni jalb etish afzal
181
ekanligini tushunib etganlaridan so’ng paydo bo’ldi. Bugungi kunda menejer
rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Menejment deganda. odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan
shaxslaming ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham
taalluqli
hisoblanadi.
Menejment
(voki
boshqarish)
mavjud
minimal
imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishishmaqsadida muayyan xodim yoki
guruhga ta’sir etish. ular bilan hamkorlik qilish iaravonidir. Ta’lim muassasasi
menejmenti haqida so’z yuritilganda, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ning 4.6-bandida so’z yuritilayotgan jarayonning
mohiyati haqida batafsil to’xtalib o’tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu
hujjatda qayd etilishicha. ta’lim muassasasi menejmentining quyidagi vazifalari
ko’rsatib berilgan:
-
uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodaviat ta’lim
muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat
yo’li bilan boshqarib borilishi;
-
barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim
to’g’risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi;
-
ta’limning normativ-huquqiy bazasi rivojlantiriladi;
-
moliya-xo’jalik faoliyat ini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil
etishda o’quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;
-
ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan
belgilangan
tartibda
attestatsiyadan
o’tkaziladi
hamda
akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra ta’lim sohasida faoliyat
ko’rsatish huquqi beriladi;
-
muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat
doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o’z ichiga
oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining
samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
182
Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmentining bir qator o’ziga xos
xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tishadi. Ular orasida quyidagi
xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
-
ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so’zi bilan aniqlanadigan
ma’naviy o’lchovga ega;
-
ta’lim menejmenti - bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi
o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi);
-
menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat
manfaatlarining o’zaro dialektik birligi;
-
ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat
tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tiladi.
Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi — ta’lim muassasalarining
dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o’qituvchilar,
o’quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini
tanlashda huquq va crkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o’qituvchilar, o’quvchilar,
ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy
o’rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo’naltirilgan
faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o’tkaziladigan maktab jamoasining konferentsiyasi
jamoatchilik boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi. Konferentsiyada maktab
Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi, o’qitish qaysi
tilda olib borilishi aniqlanadi va hokazo. Konferentsiyalar oraliqida o’z-o’zini
boshqarishning yuqori organi vazifasini maktab kengashi bajaradi. Maktab
kengashi bir yilda 4 marta chaqiriladi.
Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodaviat ta’lim muassasalarining
faoliyat ko’rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini
ifodalaydi.
183
Umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
haqidagi Nizom, ta’lim muassasalarining Ustavi — ta’lim muassasalarini
boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati
.
Do'stlaringiz bilan baham: |