Reja.
RDB dastgohlarining texnologik uskunalari va kesuvchi asboblari.
RDB dastgohda bajarish mumkin bo'lgan texnologik preratsiyalar majmui.
Ishlov berish yoki yig’ish natijasida mumkin qadar ko`proq aniqlikka erishish.
RDB dastgohlar texnologik belgilariga va imkoniyatlariga qarab qo'lda boshqariladigan universal dastgohlar kabi tasniflanadi, bunga sabab shuki,RDB dastgohlarning ko'pi universal dastgohlar asosida tayyorlanadi. RDB dastgohlar tokarlik,teshik parmalash-yo'nib kengaytirish,frezalash.ko'p operatsiyali (ko'p vazifali yoki "ishlov berish markazi " toifasidagi dastgohlar), sillilash, tishga ishlov berish, elektroerozion va ixtisoslashtirilgan dastgohlarga bo'linadi. har qaysi guruh ichida RDB dastgohlar turi farqlanadi.
RDB dastgohlar kesish asbobini almashtirish printsipiga qarab :
- asbob ho'lda almashtiriladigan va ho'lda ma?kamlanadigan;
- asbob ho'lda almashtiriladigan va mexanizatsiyalashtirilgan usulda mahkamlanadigan;
- asbob revolver kallakda avtomatik almashtiriladigan;
- asbob manipulyator yordamida asboblar magazinidan olinib, almashtiriladigan dastgohlarda bo'linadi.RDB dastgohlar ham universal kabi aniqlik klassiga qarab normal aniqlikda (N) ; yuqori aniqlikdagi (P); katta aniqlikdagi (V); juda katta aniqlikdagi (A) va juda aniq (S) dastgohlarga ajraladi.
RDB dastgohlar quyidagi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
1. Dastgohning asosiy ko'rsatkichlari : qo'lda boshqariladigan universal dastgohlarning ko'rsatkichlariga o'xshaydi. Bu ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat : tayyorlanmaning stanina ustidagi eng katta diametri.ishlov beriladigan chiviqning eng katta diametrir, parmalanadigan teshikning eng katta diametrpi,ish stolining o'lchamlari (stol nomeri) va boshqalar.
2. Texnologik operatsiyalar : RDB dastgohda bajarish mumkin bo'lgan texnologik preratsiyalar majmui. Operatsiyalar majmui dastgoqning texnologik imkoniyatlarini tavsiflaydi.
3. Dastghning ish organlarini siljitish qiymatlari. Bularga supportni yoki stolni ikkita koordinata bo'ylab siljitish, shpindelni surish, konsolning ko'tarilishi va hokazolar kiradi.
4. Diskretli qiymati ( hadamning kattaligi) yoki impuls iymati - dastgohning ish organining eng ktchik siljishi yoki burilish burchagi. Bu ko'rsatkichlar boshqarish jarayonida nazorat qilib turiladi,ya'ni ular dasturda ko'rsatilishi mumkin bo'lgan qiymatlaridan iborat. Masalan,hozirgi tokarlik dastgohlarida diskretlik 5 va 1 mkm ga teng.
5. Dastgohning ish organlarini boshqariladigan koordinatalar bo'ylab pozitsiyalarga (berilgan vaziyatlarga) o'rnatish aniqligi va bu vaziyatlarga qayta o'rnatish imkoniyati.
6. Asosiy harakat yuritmasining ko'rsatkichlari: elektr dvigatelning modeli va quvvati, shpindelning aylanish chastotalari chegaralari va bu chastotani rostlash turi (pog`onali yoki pog`onasiz ravon rostlash),almashlab qo'shiladigan aylanish chastotatalarning umumiy soni va avtomatik almashlab qo'shiladigan chastotalar soni va hakozalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |