Buxoro – 2022 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Avtomatlashtirishnig iqtisodiy samaradorligi



Download 3,24 Mb.
bet42/66
Sana29.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#590703
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Bog'liq
Avto ilmiy asoslari MAJMUASI 7777 (3)

Avtomatlashtirishnig iqtisodiy samaradorligi
Toxnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maksadga muvofiqligini ko`rsatuvchi eng muhim kriteriy iqtisodiy samaradorlikdir. Shuning uchun avtomatlashtirish bosqichlarida doimo iqtisodiy tekshirishlar o`tkaziladi va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning ketma - ketligi hamda eng ko`p iqtisodiy samara beradigan variantlar tanlab olinadi. Bundan avtomatlashtirishdan keladigan iqtisodiy samaradorlik kriteriylari:
1) mahsulot tannarxini kamaytirish;
2) mahsulot ishlab chiqarishni maksimum darajaga etkazish;
3) mahsulot sifatining eng yuqori darajada bo`lishi nazarda tutiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish tayyorlash va uning loyihasini tuzishda avtomatlashtiriladigan sistema yoki qurilmaning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish mumkin bo`lgan tuzatishlar ham kiritiladi.
Iqtisodiy samaradorlik miqdorini belgilaydigan asosiy ko`rsatkich - yillik tejam va sarfni qoplash muddati hisoblanadi. Yillik tejam mashina yoki qurilmaning avtomatlashtirishdan oldingi va keyingi ishlashdagi farqidir.
Yillik tejam quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Э = С – Савт (5)
bunda:
С- mashina va qurilmaning avtomatlashtirishdan oldingi ishlashodagi sarflar ( eksplutatsion xarajatlar);
Савт – xuddi shu mashina yoki qurilmaning avtomatlashtirishdan keyin ishlashdagi sarflar (ekspluatatsion xarajatlar).
Sarfni qoplash muddati mashina yoki qurilmaning ishlashidagi tejam avtomatlashtirish uchun ketgan mablag`ni qoplash uchun kerakli vaqt oraligi bilan belgilanadi.
Sarfni qoplash muddati quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(6)
bunda
СК – avtomatlashtirish uchun sarf kilingan (kapital) mablag`.
Amalda sarfni qoplash muddati 5 yildan oshmasa, avtomatlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mashina yoki qurilmani ishlatish uchun qillinadigan sarflar alohida komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat bo`lib, ishlatish sarfi va sarflangan kapital mablag`ni hisoblash uchun bu sarflarning hammasi emas, balki uning avtomatlashtirish sababli o`zgaradigan nazarda tutiladi. Bunga ish haqi C ишh. energiya рфйшi Сэн, mehnat muрofazasi uchun ketadigan sarf Смм, avtomatlashtirish vositalarini amortizatsion sarflari Сa, kundalik oddiy remont uchun qillinadigan sarflar С0 kiradi. Bu sarflar bir yillik muddatga hisoblanadi. Shunda yillik ishlatish sarfi quyidagicha yoziladi:
Cй = C ишh + Сэн + Смм + Сa + С0 (7)
Agar С - mashinani avtomatlashtirishgacha va Сaв -avtomatlashtirishdan keiyngi ishlatish sarflari deyilsa, ulardan har birining qiymati yillik sarf formulasi (7) muvofiq topiladi.
Texnik xujjatlarni ishlab chikish ketma-ketligi.
Texnik xujjatlarni ishlab chikish boskichlari, uning ketma-ketligi va ishlab chikish sxemasi ko’rsatilgan.
2. Texnik taklif va muloxazalar.Texnik taklif va muloxazalar korxona konstruktorlik bulimlarida bajaruvchilar tomonidan kiritiladi.Bu boskichda grafik kismi, sxema, jadval, hisoblar, patent formulasi, texnik darajasi va sifati ishlab chikiladi. Xar bir kichik xato, karorning uylab qurilmaganligi yoki ixtieriy kabul kilinganligi axvolni ancha emonlashtiradi va pirovard natijada katta moddiy zarar keltiradi. Ishlab chikarishning uz konunlari, uz ilmiy mezonlari va albatta, uz mantigi bor - bu mantik muayyan moddiy asoslarga tayanadi. Xuddi shuning uchun ham mashina va jixozlarni loyixalashda muxandis-konstruktorlar, rassom-konstruktorlar, iktisodchilar, texnologlar, vrachlar, ergonomika buyicha mutaxassislar, sotsiologlar va texnik hamda ilmiy bilimlarning kupgina boshka tarmoklari vakillari katnashadilar. Ularning hammasi, turlicha tafakkur namoendalaridir. Muxandislar va texnologlar kontseptual akl deb ataluvchi aklga ega buladilar, bu akl mantikiy va matematik masalalarni yaxshi echishga erdam beradi; muxandislar va texnologlarga ishlab chikarish tipidagi tafakkur xosdir. Estetik akl fakat mantikiy kategoriyalardan emas, balki shakl va rang o’lchovidan ham foydalaniladi. Bu ma’lum darajada rassom-dizaynerga ham taaluklidir. Kulay va guzal qurilmalar yaratish dizaynning vazifasi.
Loyixani muayyan materialda gavdalantirish texnologlarning maslaxatlari bilan boglik. Agar buyum platmassa buyumlar (polkalar, kuzguni xoshiyalash, sochik osadigan ilgaklar va boshkalar xakida gap borsa) bilan bezatiladigan bulsa, u xolda rassom uylab kuygan barcha formalar muljaldagi material xossalariga va unga texnologik ishlov berish kulayligiga zid kelmasligi kerak. Iktisodchilar sarf xarajatlar va foyda tugrisida maslaxatlar beradi. Birok vannaxonani loyixalash topshirigi bir-biriga boglik mutaxassislarning kamrok ishtirokini talab etadi. Jamoat intereri(teatr, mehmonxona, jamoat muasasalari intereri)ni loyixalashda arxitektor asosiy figura hisoblanadi, u barcha ishlarga javob beradi. Sanoat ob’ektini loyixalashda muxandislar asosiy rol uynaydilar. Bu ishlab chikarishning uziga xos tomoni sex planirovkasi va mashinalarning kurilishini belgilab beradi, rassom esa loyixalashda katnashadi va kup jixatdan bu urinda u sof ishlab chikarish sharoiti bilan boglik buladi. Bu boskich texnik topshirik asosida yaratilaetgan mashina- ning texnik va iktisodiy jixatdan muvofikligini yaratish mumkin bulgan variantlarini, yaratilaetgan mashinani uziga uxshash analoglari bilan solishtirib aks ettiradi.
Eskiz loyixa.Texnik topshirik asosida eskiz loyixa tuziladi. Ular buyumlarning umumiy kurinishi chizmalarini, muxim uzellarining konstruktiv sxemasi va taxminiy iktisodiy samaradorligini ko’rsatuvchi hamda asosiy parametrlari hisob kilingan tushuntirish xatini uz ichiga oladi. Eskiz loyixalar ba’zi xollarda bir necha variantlarda tuziladi. U mashina tuzilishi va ishlash asosidagi umumiy printsipial konstruktiv yechimlarini va uning vazifasini asosiy ulchamlari, hamda umumiy kurinishini aks ettiradi. Mashinaning kelgusi qurilmasi obrazi xali tayergarlik boskichidaek xira-shira vujudga keladi. Birok loyixalashning boshlanishi fakat eskizlash vaktida yakkol namoen buladi. Dastlabki xomaki nusxalar ham ancha taxminiy hisoblanadi. Avtor uzining xali batamom shakllanib bulmagan goyalarini grafik tarzida ifodalaydi. Grafik tarzida deyilishiga sabab shuki, uchun kalam akvarel bilan rasm chizadi. Plastik deyilishiga sabab shuki, u maketning xajmli tasvirini bajaradi. Loyixalash jaraenida ham rasm chizish ham maketlash kerak buladi. Chunki rasm chizganda juda tez vakt ichida variantlarni kayta sinab kurish mumkin; rasm fikr ortidan boradi. Birok rasm uchun o’lchovli shaklni fakat shartli ravishda tasvirlaydi. Fakat maketgina buyumning tuzilishini anik aks ettirish mumkin. Loyixalash ikki yul bilan - "ichidan va tashkaridan" boradi.

Nazorat uchun savollar.



  1. Texnologik tizimning bikrligi nima?

  2. Bikrlikning o`lchov birligi nima?

  3. Texnologik tizimning bikrligi qanday ulchanadi?

  4. Texnologik tizimning bikrligi detal o`lchamiga qanday ta`sir ko`rsatadi?

  5. Yuklanish-tushirish grafigidagi giterizis maydoni nimani ko`rsatadi?

  6. Texnologik tizimning bikrligini boshqarish mumkinmi?



13-ma’ruza.Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarning boshqarish dasturini ishlab chiqish.Sonli dastur bilan boshqariladigan tizimlar va ularda bajariladigan texnologik jarayonlarni xususiyatlari.
Reja.

  1. Ishlov berish jarayonida boshqarish mikroprocessor texnikasi.

  2. Ko’p maksadli va SBD talab qilingan aniklikka erishish masalasi.

  3. Magazinli yuklash qurilmasi yig`ich, uzgich va ta'minlagichlati.

Agar operatorlar tomonidan xizmat ko`rsatiladigan odatdagi va SBDlarda boshqarish va nazorat qilish jarayonini strukturalarini ishchi bajaradi. egiluvchan ishlab chiqarish tizimlaridan ko`p maqsadli dastgohlarda odamsiz texnologiyani joriy qilish masalasi boshqarish tizimi yordamida echilishi kerak.
Bunda detal aniqligi parametrlarini va dastgohdagi kesuvchi asbob holatini baholash, har xil o`tishlarda rejimlarni boshqarish, tuzatish kiritishni o`rnatish aniqligini statik sozlashda boshqarish. Bu masalaning echimi samaradorligini ikkita aspekt belgilaydi:
Jihozlarni va jarayonni loyixalash etapida va bevosita dastgohda texnologik jarayonni bajarishda aniqlikni boshqarish.
Ishlov berish jarayonida boshqarish mikroprocessor texnikasi bazasida aniklikka erishishini xar xil etaplariga adabtiv principida joriy kilinadigan avtomatik tizimini yaratish demakdir.
Asbob, detall va yuldoshli urnatish anikligini baxolashda natijasida boshlangich xolatida stantik sozlashda tuzatish kiritish.
Avtomatlashtirilgan uchastkalarda kup maksadli dastgoxlar oldindan “kattik” dasturlashtirilgan avtomatik cikilda ishlaydi. Bunda ishlov berilayotgan detalaning anikligiga erishishning xar bir etapini bajarishda nazorat va chetga chikishlarini tuldirish bulmaydi. Bunday dastgoxlar doimo bu xil tip ulchamdagi detaldan boshkasida avtomatik kayta sozlash rejimida ishlaydi.
Kup maksadli va SBD talab kilingan aniklikka xar bir yangi partiyaning birinchi detallaridanok erishish uchun xaikkatda olinayotgan statik sozlash ulchamlarining va boshkarish dasturida berilgan ulchamlar bilan tengliginin ta`minlash kerak. Ulchamlarini bu tengligi xisob boshiga nisbattan kesuvchi asbob kesish kirrasining boshlangich anikligining saklanib kolishiga boglik buning uchun keskichning yeilishi va texnologik tizimning temperaturaviy deformaciyasi natijasida xosil bulgan. Statik sozlash xatoligini kompensaciya kilib (tuldirib) borish kerak.
Bu masalaning echilishi boshlangich xolatda statik sozlash anikligini tuzatib turadigan avtomatik tizim yordamida amalga oshiriladi. Avtomatik tuzatish tizimining principial sxemasi 2 rasmda keltirilgan. Bir necha dastgoxlardan tashkil topgan ulcham qurilmasi bir yordamida xisob boshiga nisbattan kesuvchi asbob kesish kirrasining uchi xolatining anikligi ulchanadi. Nisbiy xolatining anikligini ulchash navbatdagi partiya dastgoxlarida ishlov berishdan oldin amalga oshiriladi, bunda dastgoxning ishchi organlari boshlangich xolatda yoki ma`lum nazorat poziciyasi dastur buyicha chikariladi.
Ulcham qurilmasidan statik sozlash anikligi tugrisidagi informaciya tuzatish bloki uchga keladi, shu erning uziga komanda berish ikki qurilmasidan xam statik sozlashning talab kilinadigan aniklik tugrisida signal keladi. Takkoslash natijasida aniklangan statik sozlash xatoligiga mos keladigan chetga chikish signali SBD bloki turtga beriladi. Chetga chikishning mikdoriga mos ravishda SBD bloki boshkarish dasturiga avtomatik tuzatish kiritiladi. Shunday kilib keyingi ishlov beriladigan detallar tuzatish kiritilgan dastur buyicha amalga oshiriladi. Dastur kesuvchi asbobning yeilishi va texnologik tizimning deformaciyasi natijasida xosil bulgan statki sozlash xatoligini xisobga oladi.
SBD dastgohdlarning moslashuvchanligi quyidagi faktorlar bilan belgilanadi;
1.Tayyorlanadigan detallarning o`lchamlari boshlang’ich geometrik material sifatida son massivi ko`rinishida bevosita beriladi.
2. Har bir texnologik o`tishlardagi shpindelning aylanishlar soni, surilishning ishchi va tezlashtirilgan tezligi, kesish chuqurligini belgilaydigan zarur teznologik informaciyalarning sonli berilishi.
3. Hamma yordamchi o`tishlar va kesuvchi asbobni avtomatik almashtirish komandalar bilan avtomatik boshqarish.
4. Kesish rejimlariga va sozlash o`lchamlariga tuzatish kiritishni bajarish.
Sonli dastur bilan boshqariladigan stanok jihozlarining asosiy principlari har xil dastgohlarda aniqligiga va avtomatlashtirish darajasiga qarab har xil ko`rinishga ega bo`ladi.
Echadigan texnologik masalasiga, hamda yurituvchisining turiga qarab pozicion, konturli va aralash (kombinirovan) boshqarish tizimlari mavjud.
Pozicion tizimlarda boshqarish ma`lum nuqtalarining holatlarini yoki to`g’ri chiziqlarning kesmalarini berish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Asbobning bir dasturlashtirilgan nuqtadan boshqasiga singishini nuqtalar bo`yicha boshqarish poziciyalashtirish jarayonida ishlov berishni bajarmasdan tezlashtirilgan yurish bilan amalga oshiriladi.
To`g’ri chiziqning kesmalari bo`yicha siljishini boshqarishda kesuvchi asbob ishlov berishni belgilangan ishchi surilish bilan amalgi oshiradi.
To`g’ri chiziq kesmalari so`nggi nuqtalarining koordinatalri dasturlari yo`li bilan beriladi. Bunda kesuvchi asbobni yoki tayyorlanmaning siljishi navbat bilan birorta koordinata o`qlarining yo`nalishi bo`yicha albatta harakat tezligini va uzunligini nazorat qilish bilan amalga oshiriladi. Bunday tizimlarda odatda bir necha koordinatalar yo`nalishi bo`yicha harakatni kelishtirish ko`zda tutilmagan.
Bu tizimlar frezalash, tokarlik va jilvirlash dastgohlarida ishlatiladi.
Kontur bo`yicha boshqarishda detallarning shakli hosil bo`lishi bir necha koordinata o`qlari yo`nalishi bo`yicha harakat keltiriladi. Bunda kesuvchi asbobning harakati talab qilingan proektoriyasi berilgan yakuniy tezlik bilan ta`minlanadi. Shunday qilib, ikki uchi va bundan ham ko`p boshqarish koordinatalari bo`yicha uzluksiz boshqarish ta`minlanadi.
Kontur bo`yicha SBD eng murakkabidir, ular asosan tokarlik va frezalash dastgohlarida qo`llaniladi.
Aralash boshqarish tizimi ham pozicion ham konturli boshqarishning funkciyasini bajarish mumkin. Ular texnologik jihozlarning imkoniyatlarini ancha kengaytiradi va ularni ko`p maqsadli frezalash kesib kengaytirish dastgohlarida ishlatadi.
Shakl hosil qilish harakatini boshqarish uchun dastgoh ishchi zonasining hamma nuqtalarini aniq belgilash zarur. Buning uchun dastgohning ishlov beriladigan detalni orientaciya qiladigan koordinatalar tizimidan foydalaniladi va bosharish dasturini tuzadi.
Tizimning koordinatalar o`qi o`ng qo`l qoidasi bo`yicha belgilanadi.Ζ o`qi shpindelning o`qi bilan ustma-ust tushiriladi, unga o`ng qo`lning o`rta barmog’i mos keladi. Chetki barmoqqa to`g’ri keladigan X o`qi hamma vaqt gorizontal joylashadi. Koordinatalar o`qining yo`nalishi kesuvchi asbobning qo`zg’almas detalga nisbatan musbat yo`nalishiga ko`rsatadi. Detal qo`zg’almas asbobga nisbatan harakat qilganda uning musbat harakat yo`nalishi teskari yo`naltirilgan bo`ladi va ular X1, U1, G’1 mos o`qlarning indekslari bilan belgilanadi. Aylanishning A, B, C musbat yo`nalishiga mos o`qning musbat yo`nalishiga qarab turganda soat stelkasi bo`yicha aylanishi qabul qilingan.
Dastgohning koordinata tizimi holati dastgohning nul M nuqtasi bilan belgilanadi.
Dastgoh nulining aniq joyi, koordinatalar o`qining yo`nalishi singari dastgohning yo`riqnomasida ko`rsatiladi. Detalning koordinatalar tizimi boshi bo`ladi, xizmat qiladigan nul nuqtasi D va asbobni o`lchashga nisbatan joyini belgilaydigan N nuqtasi dastgoh koordinata tizimida ma`lum holda joylashgan bo`ladi. R nuqta dastgoh ishchi organlarining dastur bilan harakatida hisob boshini belgilaydi va dastgohning nul nuqtasi bilan bog’langan. Metal qirqar dastgohlarni sonli dastur bilan boshqarish tayyorlanmaga ishlov berish jarayonini avtomatlashtirish.
Bundan keyin birinchi navbatda yuzalarning nisbiy burilishlarini syokinligini ta`minlaydigan bazalar tanlanishi kerak va keyin (yoki bir vaqtning o`zida) yuzalarni boglaydigan o`lchamlarning aniqligini ta`minlaydigan texnologik bazalarni.
Bunda, birinchi operaciyada, asosiy bazalardan texnologik bazalar sifatida foydalanib, erdamchi bazalarning ularga parallel joylashgan yuzalariga ishlov beriladi. Yoki ba`zan xato erkin yuzalariga. Bundan keyin keyingi operaciyalarga yoki o`tishlarda oldingi ishlov berilgan yuzalarga texnologik baza sifatida foydalanib, asosiy bazalarga ishlov beriladi.
Bundan keyingi hamma operaciyalarda texnologik baza sifatida imkoniyati boricha erishish uchun nisbiy burilishlar va masofaning imkoni boricha katta aniqligiga ishlov berilgan asosiy bazalardan foydalanish kerak. Oson moslashuvchan tizimning avtomatlashtirilganlik darajasining oshishi odamsizdoimiy texnologik hal qilinadigan masalalarning kengayishi demakdir.
Faqat shakl hosil qiluvchi xarakter va tayyorlanma hamda kesuvchi asbobni almashtirish bilan bog’liq bo`lgan hamma yordamchiharakatlar bilan nazorat operaciyalarini va buyumlarning sifatiniboshqarishni, jarayonning borishi, asbob va jihozning texnik holatini nazorat qilish ham avtomatlashtiriladi.
Detallarni MIT va ko`p maqsadli dastgohlardaishlov berishda talab qilingan aniqlikka erishish uch etapni o`z ichiga oladi: o`rnatish etapi, statik va dinamik etaplari. O`rnatish etapida tayyorlanmani belgilash amalga oshiriladi, uni sputnikda (yo`ldoshda) va orientaciya qilish, mahkamlash va yo`ldoshli dastgohda o`rnatish va kesuvchi asbobni avtomatik o`rnatish buning natijasida o`rnatish Au o`lchami shakllanadi.
Magazinli yuklash qurilmasi yig`ich, uzgich va ta'minlagichdan tuzilgan. Yig`ichga detallarni dastgohchi qo`lda joylashtiradi, ta'minlagich esa detalni ish zonasiga jo`natib turadi. Magazinlarning navli, trubali, shtirli, jo`vali, tebranma turlari mavjud.
Donali tayyorlanma bilan stanokni bunkerli yuklash qurilmalari yordamida xam ta'minlash mumkin. Bunker - sochiluvchi materiallarni saqlashga mo`ljallangan siqim bo`lib, u yukdan o`zi bo`shaydigan qilib ishlangan. Bunkerlarga tayyorlanmalar uyub ortiladigan bo`lib, ulardan tayyorlanmalarni mexanizmlar yordamida kerakli vaziyatga keltiriladi (orientatsiyalanadi) hamda stanokka uzatiladi. Bu mexanizmlar konstruktiv jihatdan murakkab bo`lishlari mumkin.
Keyingi paytlarda bunkerli tebranma yuklash qurilmalari keng qo`llanilmoqda. Ularda tayyorlanmalar 5 bunker idish 2 bilan birga tebranib tarnovcha 1 orqali ta'minlagichga uzatiladi. Tayyorlanmalar yuklangan bunker 2 elektromagnitli yuritma va prujinalar yordamida tebranadi. Tebranma bunker sferik, segment, kesik konus yoki tsilindr shaklida bulishi mumkin. Spiral tarnovcha 1 dagi tartibsiz joylashgan tayyorlanmalar 5 ish zonasiga aniq bir vaziyatda yunaltirish uchun orientatsialovchi paz 4 qilinadi yoki plastinkalar o`rnatiladi.
Ba'zan taxlama yuklash qurilmalari xam qo`llaniladi. Ularda ham tayyorlanmalar bir - birlarining ustiga qo`lda taxlanadi. Tayyorlanmalar ish zonasiga avtomatik tarizda uzatilishi mumkin. Bunda ortiqcha bosim ta'sirida yoki stolning mexanik tebranma xarakati ta'sirida tayyorlanma surilishi mumkin Tayyorlanmaning tuzilishiga qarab turli konstruktsiyadagi navlar yordamida ularni ish zonasiga uzatiladi. Ularga plastinka tipidagi tayyorlanmalar uchun nav, aylanma sirtga ega bo`lgan tayyorlanmalar uchun navva boshalar. Tayyorlanmani bitta asosiy navdan bir necha dastgohlarga uzatishda oqim bo`lgich qurilmalardan foydalaniladi.
Uzgich mexanizmi ta'minlash mexanizmida bo`lib, u tayyorlanmani lotokdagi oqimdan ajratib dastgohka uzatishga sharoit yaratadi). Ta'minlagich uzgich ajratgan tayyorlanmani navdan bevosita dastgoh shpindeliga uzatish uchun qo`llaniladi. Ta'minlagichga qamrovchi qurilma o`rnatilgan orientatsiyalash qurilmasi tayyorlanmani dastgohning ish zonasiga uzatadi. Orientatsiyalash qurilmasi tayyorlanmani avval ma'lum vaziyatga keltirish uchun xizmat qiladigan mexanizmdir. Tayyorlanmalar paz, bortcha, kallak, teshik, shakldor o`yiq, tirqishga moslab orientatsiyalanadi. Bunda ko`pincha tayyorlanmaning og`irlik markazining siljishidan va detal elementlarining assimetrik joylashishidan foydalaniladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish