Ishlab chiqarish jarayonlari va ularni boshqarish
Oddiy ishlab chiqarish jaraнщnlari. Ishlab chiqarish jarayoni davomida mehnat predmetiga bir qator oddiy ta'sirlar bilan ishlov beriladi. Bunday ta'sirlar oddiy operatsiyalar bilan bog`li` ravishda oo`tadi va oddiy jarayonlarni vujudga keltiradi.
Oddiy jarayonlarni quyidagi turlarga bo1lish mumkin:
1) ish jarayonlari - mehnat predmetiga ish quroli yoki biron fizik-kimiyoviy muhit ta'sir qilganda vujudga keladi;
2) transport jarayonlari - mehnat predmeti yoki ish qurolining surilishi bilan bog`liq ravishda vujudga keladi;
3) o`rnatish jarayoni - mehnat predmeti yoki mehnat qurolini texnologik ob'ektda (texnologik mashinada) o`rnatish bilan bog`liq ravishda vujudga keladi;
4) ish tsikliga kirmaydigan xizmatlarni bajarish bilan bog`li` bo`lgan jarayonlar.
Oddiy jarayonlar o`zining fizik tabiati bo`yicha bir necha turlarga bo`linadi: yurg`izish va to`xtatish, isitish va sovitish, quritish va namlash, bug`latish, idishni suyuqlik yoki gaz bilan to`ldirish, bo`shatish va boshqalar. Bu jarayonlarning hammasi fizik tabiatidan kat'i nazar, yagona oddiy sxema bilan tushuntiriladi (4.1 - rasm). Oddiy jarayonlar o`zaro funktsional bog`langan ikkita parametr: miqdor va sifat ko`rsatkichlari bilan to`la xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi oddiy jarayonlar juda ko`p turli rejimlarda o`tishi mumkin. Mehnat predmetiga ishlov berish mavjud shart-sharoitlarga bog`li` bo`ladi. Protsessni ana shu rejimlarga muvofi`, boshkarish sistemalari quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Boshqarilmaydigan rejimda o`tadigan jarayonlarni boshqarish sistemasi. 2. Rejimning yunalishi buyicha bajariladigan jarayonlarni bosh`arish sistemasi. Bunga misol sifatida reversiv ventilyatorning ish rejimini ko`rsatish mumkin. Ish davomida uning tezligi (rejim ko`rsatkichi) o`zgarmaydi, faqat aylanish yunalishi o`zgaradi. Bosh`arish uchun ventilyator dvigatelini elektr energiya tarmogiga ulash, yoki uzish va aylanish yunalishini o`zgartirish kerak.
3. Berilgan chegaragacha ihtiyoriy rejimda o`tadigan jarayonlarni boshqarish sistemasi.
4. Boshqariladigan rejimda o`tadigan jarayonlarni boshqarish sistemasi. Jarayonlarning vaqt bo`yicha avtomatik bog`lanishini ta'minlashda hal qilinishi kerak bo`lgan quyidagi masalalar vujudga keladi.
1. Har bir jarayonning boshlanishi va tugallanishini programmalash (vaqt buyicha) va amalga oshirish.
2. Ikki va undan ko`p jarayonlarning bir vaqtda boshlanishi yoki tugallanishini programmalash.
3. Bir qancha jarayonlar ichida ikki va undan ko`p jarayoni ajratib, ularning vaqt bo`yicha boshlanishi va tugashi orasidagi bog`lanishini programmalash va avtomatika elementlari yordamida amalga oshirish.
4. Kerak bo`lganda jarayonlarning bir vqktda boshlanmasligini ta'minlash.
5. Bir-biriga bog`li` bo`lmagan jarayonlarning berilgan interval oqkali ma'lum xronologik ketma-ketlikda o`tishini programmalash va amalga oshirish.
6. Bir-biriga bog`liq bo`lmagan, lekin boshqariladigan rejimda o`tadigan jarayonlarni ma'lum interval va xronologik ketma-ketlikda o`tishini programmalash va amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |