Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 TA’MINOTJARAYONININGHISOBI



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

4. TA’MINOTJARAYONININGHISOBI.

 

Ta’minot  jarayoni  muomalalari  ta’minotchi  (xom  ashyo,  materiallar, 



yoqilg‘i,  butlovchi  buyumlar,  yarim  tayyor  mashulotlar,  ehtiyot  qismlar,  tovarlar, 

shuningdek  korxonani  bir  me’yorda  faoliyat  kо‘rsatuishi  uchun  zarur  bо‘lgan 

mehnat qurollari va mehnat vositalarini va boshqa moddiy qiymatliklarni yetkazib 

beruvchi)  korxonalar  bilan  tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri  yoki  birja  brokerlari  orqali  oldindan 

tuziladigan  shartnomalar  asosida  amalga  oshiriladi.  Bu  shartnomalarda,  odatda, 

xarid  qilinayotgan  moddiy  qiymatliklarning  nomi,  miqdori,  bahosi,  sifati,  yuklab 

jо‘natish, qanday transport vositasida yetkazib berish hamda hisoblashish shartlari 

kо‘rsatilgan bо‘ladi. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarining marketing va buxgalteriya 

bо‘limi xodimlari shartlarning basharilishi ustidan nazorat olib boradilar. 

Quyidagilar  ta’minot  jarayoni  buxgalteriya  hisobining  asosiy  vazifalari 

bо‘lib hisoblanadi: 



339 

 

 



1.  Marketing,  moliya-reja  va  boshqa  bо‘linmalari  bilan  hamkorlikda  hisobot 

davri  uchun  korxonaning  barcha  faoliyatiga  zarur  bо‘lgan  moddiy  qiymatliklar 

(mehnat qо‘rollari va mehnat buyumlari) miqdorini aniqlash. 

2.  Marketing  bо‘limi  xodimlari  bilan  hamkorlikda  moddiy  qiymatliklarni 

xarid  qilish  uchun  ishlab  chiqarish  korxonalar  bilan  tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri  yoki  birja 

brokerlari orqali shartnomalarni rasmiylashtirishni tashkillash. 

3. Shartnoma shartlarini tо‘g‘rigini nazorat qilish. 

4. Shartnomalarni bajarilishi ustidan nazorat о‘rnatish. 

5.  Xarid  qilinayotgan  moddiy  qiymatliklarning  shartnoma  baholarini 

tо‘g‘riligini tekshirish va nazorat qilish. 

6.  Moddiy  qiymatliklarni  kelishiga,  omborlarga  qabul  qilib  olinishiga, 

saqlanishiga  va  foydalanishga  ya’ni  mashulot  ishlab  chiqarish  maqsadlari  uchun 

berilishiga nazorat о‘rnatish. 

7. Moddiy qiymatliklarni saqlash joylaridagi butligini ta’minlash. 

8.  Moddiy  qiymatliklarni  zahiralarini  me’yorlar  doirasida  ta’minlanishiga 

nazorat o’rnatish. 

9. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashuvlarni о‘z vaqtida 

amalga oshirilishini ta’minlash. 

10.  Moddiy  qiymatliklarning  korxona  omborlaridan  chiqib  ketishini  о‘z 

vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirish. 

11. Xarid qilingan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxlarini (baholarini) 

tо‘g‘ri va о‘z vaqtida aniqlash. 

12. Moddiy qiymatliklarni qayta rо‘yxatga olishni о‘z vaqtida о‘tkazish. 

13. 


Moddiy 

qiymatliklarni 

omborlardagi 

hisobini 

tо‘g‘ri 

olib 


borilayotganligini nazorat qilish. 

14.  Moddiy  qiymatliklarning  kelishini  va  chiqib  ketishini  sintetik  hisobini 

tо‘g‘ri tashkil qilish. 

Ta’minot  jarayonida  sodir  bо‘ladigan  xо‘jalik  muomalalarini  hisobga  olish 

uchun  xо‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  hisob  siyosatida  kо‘rsatilgan  hisobga 

olish baholaridan kelib chiqqan holda quyidagi sintetik schyotlardan foydalaniladi: 




340 

 

 



1. 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. 

2.  1500  -  “Materiallarni  xarid  qilish  va  sotiib  olishni  hisobga  oladigan 

schyotlar”. 

3. 1600 – “Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oladigan schyotlar”. 

4. 2900 – “Tovarlar hisobga olinadigan schyotlar”. 

5.  6000  –  “Mol  yetkazib  beruvchi  va  pudratchilarni  tо‘lovga  olingan 

schyotlarini joriy qismi”. 

6.  7000  –  “Mol  yetkazib  beruvchi  va  pudratchilarni  tо‘lovga  olingan 

schyotlarini uzoq muddatli qismi”. 

7. 5000 – “Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”. 

8.  5100  –  “Hisob  kitob  schyotidagi  pul  mablag‘larini  hisobga  oluvchi 

schyotlar”. 

9. 5200 – “Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”. 

Sotib  olingan  xom  ashyo,  materiallar,  yoqilg‘i,  butlovchi  buyumlar,  yarim 

tayyor  mashulotlar,  ehtiyot  qismlar,  tovarlar,  shuningdek  korxonani  bir  me’yorda 

faoliyat kо‘rsatishi uchun zarur bо‘lgan mehnat qurollari va mehnat vositalarini va 

boshqa  moddiy  qiymatliklarni  joriy  hisobi  “Materiallar  hisobga  olinadigan 

schyotlar”da haqiqiy tannarxlarida yoki hisob siyosatida nazarda tutilgan boshqa, 

rejalashtirilgan ulgurji baholarda, sotib olishning reja tannarxlarida, о‘rtacha sotib 

olish baholarida aks ettiriladi. 

Moddiy  qiymatliklarning  haqiqiy  tannarxi,  ularni  sotib  olishning  barcha 

xarajatlarini  hamda  moddiy  qiymatliklarni  о‘rnashgan  joyiga  hamda  ishlatish 

holatiga  keltirish  bilan  bog‘liq  bо‘lgan  transport  tashish  sarflarini  о‘zida  aks 

ettiradi va quyidagi xarajat moddalaridan tashkil topadi: 

1.  Xarid  qilingan  moddiy  qiymatliklarning  mol  yetkazib  beruvchilarning 

hujjatlarida kо‘rsatilgan sotib olish baholari xarajatidan (sotib olish tannarxidan). 

2. Tashib keltirish uchun qilingan transport xarajatlaridan. 

3. Yuklab – tushirish xarajatlaridan. 

4. Saqlash va tayyorlash xarajatlaridan. 



341 

 

 



5.  Tashib  keltirishdagi  tabiiy  kamayishlarni  me’yorlar  doirasida  qoplash 

xarajatlaridan. 

Agar  moddiy  qiymatliklarning  joriy  hisobi  rejalashtirilgan  ulgurji  baholarda 

yoki korxonaning buxgalteriya hisobi siyosatida nazarda tutilgan boshqa baholarda 

(sotib  olishning  reja  tannarxlarida,  о‘rtacha  sotib  olish  baholarida)  olib  borilsa, 

ularga  tegishli  bо‘lgan  materiallarning  qiymatidagi  farqlar  “Materiallar 

qiymatidagi farqlarni hisobga olinadigan schyot”da alohida hisobga olib boriladi. 

Hisobga  olish  baholaridan  foydalanganda  moddiy  qiymatliklarni  korxonaning 

asosiy  ishlab  chiqarish  va  boshqa  maqsadlari  uchun  foydalanishga  berganda  yoki 

chetga  sotganda,  ularga  tegishli  bо‘lgan  materiallarning  qiymatidagi  farqlarni 

qо‘shib,  haqiqiy  tannarxlarda  yoki  boshqacha  qilib  aytganda  haqiqiy  ulgurji 

baholarda  hisobdan  chiqariladi.  Ularning  haqiqiy  tannarxini  yoki  haqiqiy  ulgurji 

baholarini  topish  uchun  hisobot  oyi  tugagandan  keyin  asosiy  ishlab  chiqarish  va 

boshqa  maqsadlari  uchun  foydalanishga  bergan  yoki  chetga  sotgan  moddiy 

qiymatliklarga  tegishli  bо‘lgan  materiallarning  qiymatidagi  farqlar  summasi 

topiladi. Buning uchun,  eng avvalo, moddiy qiymatliklarni rejalashtirilgan  ulgurji 

baholariga  nisbatan  yoki  boshqa  hisobga  olish  bahosiga  nisbatan  materiallarning 

qiymatidagi  farqlarni  о‘rtacha  foizi  topib  olinadi.  Buni  matematik  modulini 

quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 

∑F

1




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish