Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809



 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI

 

 



N. TOSHMAMATOV A. TUYCHIEV S. BUZRUKXONOV  

I. YORMATOV  B. SHARIPOV 

 

 



 

 

 

     BUXGALTERIYA HISOBI

:

 

1-MODUL: “BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT 



 

 ASOSLARI” 

2-MODUL: «BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI» 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Farg’ona – 2020 


 

 



UO‘K:  

KBK: 


N. Toshmamatov A. Tuychiev S. Buzrukxonov  I. Yormatov   B. Sharipov 

 

 



Taqrizchilar: 

1. Pardaev M. Q. – Samarqand “Iqtisodiyot va servis” institutining professori, 

iqtisod fanlari doktori 

2. Karimov A. A. – Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi 

mudiri, professor, iqtisod fanlari doktori 

3. Abdullaev A. A. – Andijon “Yuqori texnologiyalar” institutining professori, 

iqtisod fanlari doktori 

Ushbu  darslik  Davlat  ta’lim  standartlari  talablari,  buxgalteriya  hisobi  fani    o‘quv 

dasturiga asosan tuzilgan bo‘lib  “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Buxgalteriya hisobi”, “Audit”  

ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha  ta’lim  olayotgan  talabalar  uchun  mo‘ljallangan.  Mazkur  darslik 

talabalar  uchun  “Buxgalteriya  hisobi”  fanidan  asosiy  o‘quv  adabiyoti  sifatida  xorijiy  tajriba 

asosida  tayyorlangan  bo‘lib,  undan  boshqa  iqtisodiyot  ta’lim  yonalishida  tahsil  olayotgan 

talabalar,  magistrlar,  doktorantlar  va  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarning  mutaxassislari,  ushbu 

sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.  

 

 

Настоящий  учебник  подготовлено  в  соответствии  требованиях  государственных 



образовательных  стандартов,  учебной  программы  по  бухгалтерскому  учету  и  аудиту  и 

предназначен  для  студентов  специальности  «Бухгалтерский  учет  и  аудит», 

«Бухгалтерский  учет»,  «Аудит».  Учебник  предназначен  для  студентов  в  качестве 

основного  учебника  по  «Бухгалтерскому  учету»  и  написан  на  основе  зарубежного 

передового  опыта.  Может  быть  также  использованы  студентами,  обучающимися  других  

экономических направлений, магистрами, докторантами и специалисты бизнес-субъектов, 

а также  и исследователями, проводящими исследования в этой области.  

 

This  textbook  is  based  on  the  requirements  of  the  State  Educational  Standards, 



Accounting  and  Audit  curriculum,  and  is  intended  for  students  majoring  in  "Accounting  and 

Audit".  This  textbook  is  intended  for  students  as  the  main  textbook  on  "Accounting"  based  on 

foreign  experience,  which  can  be  used  by  students  studying  economics,  business  entities,  and 

researchers conducting research in this field. is possible. 

 

 

 



 

 

 



 

   


 

 

 



 

 

 



 

 



 

 



KIRISH 

Buxgalteriya  hisobi  amaliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  iqtisodiy  bilm 

sohasi bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatli 

to’g’risidagi  axborotlar  buxgalteriya  hisobi  yordamida  ro’yxaga  olinadi, 

qayta  ishlanadi,  hisob  ma’lumotlaridan  foydalanuvchilarga  va  boshqa 

manfaatdor bo’lgan shaxslarga taqdim etiladi.  

Ushbu  darslik  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7-

fevraldagi  “O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo’yicha 

Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017  –yil 20-

apreldagi  “Oliy  ta’lim  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to’g’risi”dagi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil  27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli 

mutaxasislar  tayyorlash  sifatini  oshirishda  iqtisodiyot  sohalari  va 

tarmoqlarining  ishtirokini  yanada  kengaytirish  chora-tadbirlari  to’g’risida” 

PQ-3151  hamda  2018  yil  5-iyundagi  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim 

sifatini  oshirish  va  ularning  mamlakatda  amalga  oshiraliyotgan  keng 

qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-

tadbirlar  to’g’risidagi”  PQ-37-  sonli      Qarorlarining  asosiy  qoidalariga 

muvofiq  ishlab  chiqilgan  va  unda  “Buxgalteriya  hisobi”  fanining 

“Buxgalteriya  va  kasbiy  faoliyat    asoslari”  va  “Buxgalteriya  hisobi 

nazariyasi”  modullarini  o’rganishda  zarur  bo’lgan  asosiy  mavzular 

yoritilgan. 

 Prezidentimiz  SH.M.Mirziyoev  ta’kidlab  aytganidek,  «Endi  har 

birimiz,  eng  avvalo,  davlat  boshqaruvi  organlari  rahbarlarining  vazifasi  – 

o’zimiz  ma’sul  bo’lgan  soha  va  tarmoqda  ishlarning  ahvolini  tanqidiy 

baholash  asosida  zimmamizga  yuklatilgan  vazifalarni  ma’suliyat  bilan 

bajarishni  ta’minlashdan  iborat»

1

.  Bunday  vazifani  sifatli  va  o’z  vaqtida 



bajarish  har  bir  rahbardan  o’zi  boshqarayotgan  korxonaning  moliyaviy 

 

1



Mirziyoev SH.M. Tanqidiy talil, qa’tiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik–har bir rahbar faoliyatining kundalik 

qoidasi  bo’lishi  kerak»  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016-yilda  mamlakatimizni  ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga muljallangan iqtisodiy dasturning ng muhim ustuvor yo’nalishlariga 

bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasi. 

 



 

 



holatiga e’tiborsiz bo’lib qolmasdan, boshqaruv tizimining asosiy bo’g’ini bo’lgan, 

hisob  ishlarini,  eng  avvalo,  buxgalteriya  hisobini  to’g’ri  tashkil  qilishga  bog’liq. 

SHuning  uchun  ham  bozor  munosabatlariga  asoslangan  boshqaruv  sharoitida 

buxgalteriya  hisobini  isloh  qilish,  uni  xalqaro  andozalar  darajasida  tashkil  etish 

muhim ahamiyat kasb etadi.  

Korxona  faoliyatini  iqtisodiy  va  moliyaviy  holatlarni  aks  ettirishda 

buxgalteriya  hisobining  milliy  andozalariga  tayanib  ish  yuritishi  va  boshqaruv 

qarorlari  qabul  qilishi  kerak.  Bunday  talab  har  qanday  rahbardan  buxgalteriya 

hisobining asoslarini bilishni talab etadi.  

Buxgalteriya  hisobi  fanida  xo’jalik  subektlarining  faoliyatida  ishtirok 

etadigan  aktivlar,  passivlar  va  majburiyatlar  hamda  ularni  o’zgarishga  olib 

keladigan xo’jalik jarayonlari iqtisodiy qonunlar doirasida yoritiladi.  

Buxgalteriya hisobi fan sifatida bir-biriga bog’liq bo’lgan       “Buxgalteriya 

va  kasbiy  faoliyat  asoslari”,  «Buxgalteriya  hisobi  nazariyasi», «Moliyaviy  hisob» 

va  «Boshqaruv  hisobi»  kabi  qismlarga  bo’linadi.  Buxgalteriya  hisobining  paydo 

bo’lish va rivojlanish tarixini, uning bajaradigan funksiyalarini, vazifalarini, hisob 

ishlarini tashkil qilish tamoyillarini hamda fanning predmetini, hisob ishlarini tash 

killash  usul  va  uslubiyotini  “Buxgalteriya  va  kasbiy  faoliyat  asoslari” 

va«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanlari o’rgatadi. Buxgalteriya hisobining aniq 

ob’ektlarini hisobga olish tamoyillari va tartibi «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv 

hisobi» fanlarida o’rganiladi.  

Ushbu darslik hozirda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish borasida 

hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun, 

«Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda 

moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi  to’g’risida»gi  Nizom,  O’zbekiston 

Respublikasi  Buxgalteriya  hisobi  Milliy  andozalari  va  buxgalteriya  hisobiga  doir 

boshqa meoyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda 

tayyorlandi.  Darslikda  buxgalteriya  hisobining  vazifalari,  predmeti,  obekti, 

usullari, uslubiyoti hamda moliyaviy hisobotlarni tuzish konsepsiyasi kabi nazariy 

savollar  mutaxassislikning  davlat  ta’lim  standartlari  va  namunaviy  dastur 




 

 



talablaridan kelib chiqqan holda yoritilgan.  

Har  bir  mavzudan  so’ng  bilimlarni  mustahkamlash  maqsadida 

mustaqil  ta’lim  uchun  nazorat  savollari,  testlar hamda  mavzular  bayonidan 

keyin  fanni  o’rganish  jarayonida  uchraydigan  atamalarga  ensiklopedik 

izohlar keltirilgan.  

Darslik  oliy  ta’limning  200000  –  «Ijtimoiy  soha,  iqtisodiyot  va 

huquq»  ta’lim  sohasidagi  5230900  –  «Buxgalteriya  hisobi  va  audit» 

bakalavriat  yo’nalishi  talabalariga  mo’ljallangan  bo’lib,  undan  200000  – 

«Ijtimoiy  soha,  iqtisodiyot  va  huquq»  ta’lim  sohasidagi  boshqa  yo’nalish 

talabalari  va  «Buxgalteriya  hisobi  va  audit»  yo’nalishi  bo’yicha  ta’lim 

olayotgan  kollej,  texnikum  o’quvchilari,  mustaqil  tadqiqotchilar, 

buxgalterlar  va  buxgalterya  hisobini  mustaqil  o’rganuvchilar  ham 

foydalanishlari mumkin. 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish