Buxgalteriya va audit


III. AUDITORLIK TAShKILOTI IChKI STANDARTLARINING ShAKLI VA MAZMUNI



Download 176,44 Kb.
bet7/8
Sana19.11.2022
Hajmi176,44 Kb.
#868863
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
audit kurs ishi

III. AUDITORLIK TAShKILOTI IChKI STANDARTLARINING ShAKLI VA MAZMUNI
23. Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari o’z maqsadlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linishi mumkin:
a) auditorlik tekshiruvi bo’yicha umumiy qoidalarni o’z ichiga oladigan standartlar;
b) auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibini belgilaydigan standartlar;
v) auditorlar fikrlari va xulosalarini shakllantirish tartibini belgilaydigan standartlar;
g) maxsus ixtisoslashgan standartlar;
d) professional xizmatlarni ko’rsatish tartibini belgilaydigan standartlar;
e) ta’lim va kadrlarni tayyorlash bo’yicha standartlar va boshqalar.
24. Auditorlik tekshiruvi bo’yicha umumiy qoidalarni o’z ichiga oladigan ichki standartlar, auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishning asosiy prinsiplariga muvofiq auditorlar o’rtasidagi, shuningdek auditorlik tashkilotining rahbariyati bilan xodimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solishga mo’ljallangan.
25. Auditorlik tekshiruvi bo’yicha umumiy qoidalarni o’z ichiga oladigan ichki standartlar ro’yxatiga quyidagilar kiritilishi mumkin:
a) ichki standartlarni ishlab chiqishning konsepsiyasi va yondashuvlarini tavsiflaydigan standartlar, shu jumladan, ularning tarkibini belgilaydigan standart;
b) auditorning xulq-atvori etikasini tartibga soluvchi standartlar;
v) auditorlik tekshiruvi o’tkazilishi ustidan ichki sifat nazoratini amalga oshirish tartibini, shuningdek, auditorlarning javobgarligini va boshqalarni tartibga soluvchi standartlar.
26. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibini belgilaydigan ichki standartlar, aniq qoidalarni, auditorlik tekshiruvini o’tkazishning uslubini shakllantiradi.
27. Auditorlik tashkilotining auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibini belgilaydigan ichki standartlar ro’yxatiga quyidagilar kiritilishi mumkin:
a) auditorning javobgarligini tartibga soluvchi standartlar;
b) auditorlik tekshiruvini rejalashtirish tartibini tartibga soluvchi standartlar;
v) tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subyektdagi ichki nazoratni o’rganish va baholash tartibini tartibga soluvchi standartlar;
g) auditorlik dalillarini olish tartibini tartibga soluvchi standartlar;
d) uchinchi shaxslar ishlaridan foydalanish tartibini tartibga soluvchi standartlar va boshqalar.
28. Auditorlar fikrlari va xulosalarini shakllantirish tartibini belgilaydigan ichki standartlar auditorlik tashkilotining o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha fikrining shakllanishiga va mazmuniga hamda xulosalarni tuzilishiga qo’yadigan ichki talablardan tarkib topadi.
29. Mazkur standartlar ro’yxatiga quyidagilar kirishi mumkin:
a) auditorlik hisobotlari va xulosalarini tuzish tartibining konsepsiyasi va yondashuvini tavsiflaydigan standartlar;
b) auditorlik tekshiruvini o’tkazish natijalari bo’yicha xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga auditorning yozma ma’lumotini tayyorlashni tartibga soluvchi standartlar;
v) boshqa auditorlik hisobotlarini, shu jumladan, moliyaviy hisobot bilan bog’liq hujjatlardagi qo’shimcha ma’lumotlarni tayyorlash tartibini tartibga soluvchi standartlar;
g) o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlik xulosalarini tayyorlash tartibini tartibga soluvchi standartlar.
30. Maxsus ixtisoslashgan ichki standartlar, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining turli yo’nalishlari bo’yicha auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish uslubiyotiga oid standartlarni o’z ichiga oladi.
31. Mazkur standartlar ro’yxatiga quyidagilar kiritilishi mumkin:
a) kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishning o’ziga xos jihatlarini aks ettiradigan standartlar;
b) sug’urta tashkilotlarida auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishning o’ziga xos jihatlarini aks ettiradigan standartlar;
v) birjalar, fondlar va investitsiya institutlarida auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishning o’ziga xos jihatlarini aks ettiradigan standartlar;
g) boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishning tarmoq xususiyatlarini aks ettiradigan standartlar;
d) maxsus savollar bo’yicha auditorlik hisobotini tayyorlashni tartibga soluvchi standartlar.
32. Professional xizmatlarni ko’rsatish tartibini belgilaydigan ichki standartlar konsalting va boshqa turdagi professional xizmatlarni ko’rsatish tartibi to’g’risidagi qoidalarni o’z ichiga oladi.
33. Mazkur ichki standartlar ro’yxatiga quyidagilar kiritilishi mumkin:
a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish bo’yicha xizmatlarni tartibga soladigan standartlar;
b) xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlarini tuzish tartibini tavsiflaydigan standartlar;
v) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari bo’yicha konsalting xizmatini ko’rsatish tartibini tavsiflaydigan standartlar;
g) soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar bo’yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish tartibini aks ettiradigan standartlar va boshqalar.
34. Ta’lim va kadrlarni tayyorlash bo’yicha ichki standartlar auditorlar va mutaxassislarning ma’lumotiga, malaka darajasiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi, auditorlik tashkiloti xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tartibini tartibga soladi.
35. Auditorlik tashkilotining ichki standartlari quyidagi tuzilishga ega bo’lishi mumkin:
a) tartibga soluvchi parametrlar — mazkur ichki standartlarni ishlab chiqishda qo’llanilgan O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga, shuningdek, auditning xalqaro standartlariga havolalar;
b) umumiy qoidalar — ichki standartning zaruriyati, uning asosiy tushuncha va atamalarini aniqlash, qo’llanish doirasi;
v) standartning maqsadi va vazifalari — standartning maqsadi va uni qo’llash orqali hal qilinadigan aniq muammolar;
g) boshqa standartlar bilan o’zaro aloqadorligi — boshqa standartlardagi tegishli qoidalarga havolalar;
d) asosiy prinsiplar va uslublarning mazmuni — standartda ko’rib chiqiladigan muammolarni yechishda qabul qilingan uslublar va texnik usullar, auditorlik tashkiloti yondashuvlarining tavsifi;
e) rasmiylashtirish — standart talablariga muvofiq auditor tuzishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yxati.
36. Ichki standartlarning rekvizitlari quyidagilardan tashkil topishi mumkin:
a) raqami — mazkur standartning tartibli yoki seriyali kodi;
b) kuchga kirish sanasi;
v) nomi — standart tartibga soladigan masalaning qisqa va aniq ifodalanishi;
g) standarnni tasdiqlagan shaxsni ko’rsatish va sanasi;
d) vorisiylik — mazkur Ctandart bilan bog’liq bo’lgan, ilgarigi normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilingan, e’lon qilingan yoki belgilab berilgan qoidalarga havolalar;
e) qo’llanish doirasi — mazkur Ctandart amal qiladigan (yoki amal qilmaydigan) obyektlar ro’yxati.
37. Ichki standartlarga qo’shimcha ravishda, ichki standartlardagi alohida qoidalarni qo’shimcha ravishda tushuntirishlarni ta’minlaydigan ilovalar (uslublar, tartib-taomillar ro’yxati, savolnomalar, kompyuter dasturlari, ishchi jadvallar va h.k.z.) ishlab chiqilishi mumkin.
38. Ichki standartlarga ilovalar quyidagi bo’limlardan tarkib topishi mumkin:
a) ichki standartni qo’llash tartibi;
b) auditorlik tekshiruvining har bir bosqichini bajarish texnologiyasining tavsifi;
v) savolnomalar va auditorlik tartib-taomillar ro’yxati;
g) auditorlik tartib-taomillarni o’tkazish uslubi va tartibini tasvirlaydigan jadvallar, sxemalar, raqamli misollar bilan ko’rsatilgan ishchi hujjatlar;
d) auditorlik tekshiruvida qo’llaniladigan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashgan ro’yxati.
39. Auditorlik tashkilotining ichki standartlarini tayyorlashning tartibi va shakli mazkur Standartning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan.

Download 176,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish