Buxgalteriya va audit


II. AUDITORLIK TAShKILOTINING IChKI STANDARTLARINI TAYYORLAShNING MAQSADI VA PRINSIPLARI



Download 176,44 Kb.
bet6/8
Sana19.11.2022
Hajmi176,44 Kb.
#868863
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
audit kurs ishi

II. AUDITORLIK TAShKILOTINING IChKI STANDARTLARINI TAYYORLAShNING MAQSADI VA PRINSIPLARI
6. Auditorlik tashkilotining ichki standartlari deganda, auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvining samaradorligini oshirish hamda uning O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida qabul qilinadigan va tasdiqlanadigan, auditni amalga oshirish va rasmiylashtirishga qo’yiladigan yagona talablarni belgilaydigan hujjatlar tushuniladi.
7. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy standartlarining auditorlik tekshiruvini tashkil etish va o’tkazishga qo’yadigan talablarini e’tiborga olgan holda, auditorlik tashkiloti, o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari hamda tuziladigan auditorlik hisoboti va xulosasiga nisbatan o’z qarashlarini aks ettiradigan ichki standartlar paketini shakllantirishi kerak.
8. Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari, O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy standartlarining auditorlik tekshiruvlari sifatini oshirish bo’yicha talablarini bajarish bo’yicha auditorlarga amaliyotda o’z harakatlarining aniq tartibini belgilash imkonini beradigan aniq tavsiyalarni o’z ichiga olishi kerak.
9. Ichki standartlar auditorlarning faoliyatini mazkur auditorlik tashkiloti doirasida tartibga soladi hamda auditorlik tashkilotining rahbariyati va xodimlari o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan nizolarni bartaraf qilishga asos bo’ladi.
10. Ichki standartlarni qo’llash auditorlik tashkilotlariga:
a) alohida bo’limlarni tekshirish bo’yicha ish hajmini kamaytirishga (ishchi jadvallar va savolnomalar, boshqa texnik xarakterdagi hujjatlar yordamida), auditor yordamchilarining ishi ustidan qo’shimcha nazoratni ta’minlashga;
b) auditorlik ishi sifatini oshirishga hamda auditorlik riskini pasaytirishga yordam beradi.
11. Auditorlik tashkilotlari ichki standartlarining talablari auditorlik faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy standartlarining asosiy prinsiplariga muvofiq amalga oshirilishini tartibga solishi lozim.
12. Ichki standartlar auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibiga, sifatiga va auditorlik tekshiruvining ishonchliligiga qo’yiladigan yagona talablarni shakllantiradi.
13. Ichki standartlar auditorlik tekshiruvini o’tkazish sharoitidan qat’i nazar, auditorlik tashkilotining auditni o’tkazishga bo’lgan umumiy yondashuvini belgilab berishi kerak.
14. Auditorlik tashkilotining ichki standartlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga bo’lgan ichki yondashuvlarini yoritib beradigan, auditorlik tashkilotida qo’llanilishi majburiy bo’lgan qabul qilingan va tasdiqlangan standartlar, metodik ishlanmalar, qo’llanmalar va boshqa hujjatlar kiradi.
15. Ichki standartlar auditorlik tashkilotining ichki nazorat tizimi va tashkiliy-boshqaruv hujjatlarining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.
16. Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari amaliy nafga ega bo’lishi kerak:
har bir navbatdagi ichki standart qolgan ichki standartlarga mos kelishi va o’zaro bog’langan bo’lishi hamda O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga zid bo’lmasligi kerak;
ta’riflarning aniqligini, ifodalarning tushunarliligi va yaxlitligini ta’minlashi lozim;
mazkur Ctandartning masalalarini to’liq qamrab olishi, ifodalanayotgan prinsiplar va nizomlarni mantiqan rivojlantirishi kerak;
barcha ichki standartlardagi atamalarga bir xil talqin berilishi kerak.
17. Ichki standartlar majmui auditorlik tashkilotining auditorlik tekshiruvini tashkil qilish va o’tkazish texnologiyasiga bo’lgan kompleks yondashuvining tavsifini ifodalashi kerak.
18. Auditorlik tekshiruvini o’tkazishga mo’ljallangan ichki standartlarni ishlab chiqishda auditorlik tashkilotlari, O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari hamda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga tayanishi kerak.
19. Auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishga mo’ljallangan ichki standartlarni ishlab chiqishda, auditorlik tashkilotlari auditning xalqaro standartlarida nazarda tutilgan prinsip va normalarga tayanishi kerak.
20. Auditorlik tekshiruvining ma’lum bir sohasida auditorlik faoliyatining standartlari, batafsil metodikalari va auditni o’tkazish yondashuvlari mavjud bo’lmaganda, auditorlik tashkilotlari ichki standartlarni ishlab chiqishda, qonun hujjatlarida belgilangan o’ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olgan holda auditning xalqaro standartlariga tayanishi lozim.
21. Auditorlik tashkiloti ichki standartlarni ishlab chiqish tartibi va ro’yxatini mustaqil belgilaydi.
22. Auditorlik faoliyatining milliy standartlarida ba’zi holatlar ichki standartlar ko’rinishida qo’shimcha tasdiqlanishi talab qilinishi to’g’ridan to’g’ri ko’rsatilgan hollarda, auditorlik tashkiloti ushbu ko’rsatmani birinchi navbatda bajarilishini ta’minlashi shart.

Download 176,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish