Namunaviy dastur



Download 55,5 Kb.
Sana06.02.2017
Hajmi55,5 Kb.
#1951
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

Oliy va o`rta tibbiyot ta`limiy

o`quv uslubiy xonasi



NAMUNAVIY DASTUR

Davolash fakulteti 1-kurs talabalarining

ishlab-chiqarish amaliyoti bo`yicha

OLIY TA`LIM

720000-“SOG`LIQNI SAQLASH”

5720100-“DAVOLASH ISHI”

Toshkent 2008

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`zbekiston RespublikasiI tibbiyot institutlari Rektorlar Kengashining o`quv texnologiyalari va metodik ishlanmalar markazi

“ Tasdiqlangan” o’quv ishlari bo’yich prorektor TMA

Professor Teshaev O.R

_____________________

“______”__________2008y.

OLIY TA`LIM

720000-“SOG`LIQNI SAQLASH”

5720100-“DAVOLASH ISHI”

Davolash fakulteti 1-kurs talabalarining

ishlab-chiqarish amaliyoti bo`yicha

Toshkent 2008

Tuzuvchilar: Sh.Ya. Zokirxo`jayev-ichki kasalliklar propedevtikasi gematologiya,kasb kasalliklari va hamshiralik ishi kafedrasining mudiri,professor, kafedra dotsenti Tolipov.B.A, assistent, Vaxobova S.B. ,dotsent Nuriddinov B, dotsent Tolipova A.S

Taqrizchilar:Toshkent pediatriya tibbiyot instituti gospital terapiyasi va ichki kasalliklar propedetikasi kafedrasining mudiri tibbiyot fanlari doktori ,professor Raximov.Sh.M. Tibbiyot-profilaktika fakultetinig gospital va fakultet terapiyasi, sharq tabobati kafedrasinig professori Soliyev.T.S.

Dastur Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashida ko`rib chiqilgan va tasdiqlangan.

“_____”___________________________ 2008y.

Bayonnoma№_______________



Kirish

Sog`liqni saqlashning hozirgi zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislarning sifati, talabalrning amaliy tayyorgarligiga ancha bog`liq. Hozirgi vrach tibbiyotning kichik bo`g`inidan boshlab hamma bo`g`ini bilan tanish bo`lgan yuqori malakali mutaxassis OO`Yda o`quv rejasi va dasturida ko`rilgan talabalarni shifokorlikka tayyorlash butun o`quv jarayonining bo`linmas qismi hisoblanadi. Bu qilinishi lozim bo`lgan amaliyot ularda amaliy ko`nikmalarni shakllanishida va mustaqil mutaxassislik faoliyatida muhim ahamiyatga ega.



Maqsadi

1 kurs talabalarining ishlab chiqarish amaliyotidagi maqsadi bemorlarni parvarish qilishda kichik tibbiyot xodimi sifatida ulardan amaliy ko`nikmalarni shakllantirish. Davolash jarayonining bo`linmas qismi sifatida bemorlarni umumiy parvarish qilish ularning ahvolini yaxshilaydi va yengillashtiradi.



Vazifalari

  • Hozirgi tibbiyot muassasalari tuzilmasini talabalar ongida shakllantirish.

  • Organizmning har xil kasalliklarida bemorlarni parvarish qilishni asosiy ko`nikmalarini talabalarni ongida shakllantirish.

  • Bemorlar bilan muloqotda tibbiyot deontologiyasi ko`nikmalarini o`ziga singdirish.

  • Antropometriya va termometriyani o`rganish.

Ishlab chiqarish amaliyoti vaqti va joyini taqsimlash



O`tish joyi

Kun

Soat

1

Qabul bo`limi

2

12

2

Terapevtik bo`lim

2

12

3

Huqna qo`yish xonasi

2

12

4

Palatalar

2

18

5

Hamshira posti

2

6

6

Prosedura xonasi

2

12

Jami

12

72

I. Qabul bo`limidagi ishlar

Talaba bilishi kerak:

  • Qabul bo`limi tuzilishini;

  • Bemorlarni ro`yxatga olish tartibini;

  • San.propusnik tuzilmasini;

  • Bemorlarni tozalash prinsipi va tartibini;

  • Bemorlarni transportirovka qilish qoidalarini;

  • Transportirovka qilish turlarini;

  • Mochalka qo`llash qoidasini;

Talaba bajara olishi kerak:

  • Bemorlarni yuvintirish (tozalash);

  • Bemor tanasini ko`zdan kechirish;

  • Sochlarini olish;

  • Tirnoqni olish;

  • Vannani tayyorlash;

  • Bemorga dush yoki gigiyenik vanna olishda yordam berish;

  • Vannani tozalash;

  • Qo`llanilgan mochalkani dezinfeksiya qilish;

  • Bitlab ketishni oldini olish chora tadbirlarini amalga oshirish;

  • Bo`limda bemorlarni transportirovka qilish;

  • Bo`y o`lchagich yordamida bemor bo`yini o`lchash;

  • Qorin aylanasini o`lchash;

  • Ko`krak qafasi aylanasini o`lchash;

  • Bemor vaznini to`g`ri tortish;

II. Terapevtik bo`limda ishlash

Talaba bilishi kerak:

  • Terapevtik bo`lim tuzilishini ;

  • Terapevtik bo`limni jihozlanishini;

  • Bo`limni umumiy va sanitar tartibini;

  • Sanitarkalarni huquq va vazifalarini;

  • Bo`limni nam latta bilan necha marta artishni;

  • Deontologiya asoslarini;

  • Dezinfeksiyalovchi eritmalar tayyorlash qoidalarini;

  • Dezinfeksiya eritmalarini turlari;

  • Bo`limda antropometriya o`tkazish prinsipi;

  • Bo`y o`lchagichni qo`llash;

  • Tibbiy tarozni tuzilishi;

Talaba bajara olishi kerak:

  • Bo`limda odatdagi tozalashni o`tkazish;

  • Asosiy tozalashni o`tkazish;

  • 10%li xlorli oxah tayyorlash;

  • 0,1-0,2%li ishlatiluvchi xlorli oxah eritmasini tayyorlash;

  • 0,1%, 0,2%, 1%, 2%, 5%li xloramin eritmasini tayyorlash;

  • Tufukdonni, tuvakni tozalash;

  • Bemorlar balg`amini zararsizlantirish;

  • Bemorni bo`yini o`lchash;

  • Bemorni tortish;

  • Qorin aylanasini o`lchash;

  • Ko`krak qafasi aylanasini o`lchash;

III. Huqna qo`yish xonasidagi ish

Talaba bilishi kerak:

  • Huqna qo`yish xonasi tuzilishi;

  • Jihozlash;

  • Esmarx idishi tuzilishi;

  • Huqna qo`yish uchun asboblar to`plami;

  • Trubka uchini saqlash qoidasi;

  • Trubka uchini zararsizlantirish;

  • Har xil huqna qo`yish ko`rsatmalari va qarshiliklar;

  • Huqna qo`yish texnikasi;

  • Buyurilishi;

Talaba bajara olishi kerak:

  • Huqna qo`yish xonasini tozalash;

  • Qo`llanilgan trubka uchini zararsizlantirish;

  • Mustaqil tozovchi huqna qo`yish;

  • Gaz chiqaruvchi trubka qo`yish;

  • Qo`llanilgan gaz chiqaruvchi trubkani zararsizlantirish;

IV. Palatalardagi ishlar

Talaba bilishi kerak:

  • Palatalar tuzilishi;

  • Palatalar jihozlanishi;

  • Bemorlar parvarishidagi predmetlar;

  • Tozalash qoidalari;

  • Bemor to`shagini tuzilishi;

  • Funksional kravatni tuzilishi;

  • Yotoq yaralarini oldini olish;

  • Bemor shaxsiy gigiyena qoidalari;

Talaba bajara olishi kerak:

  • Odatdagi tozalashni;

  • Asosiy tozalashni;

  • Bemor to`shagidagi choyshabni olish;

  • Og`iz bo`shligi`, burunni parvarish qilish;

  • Teri, sochlarni parvarishi;

  • Tirnoqni olish;

  • Yotoq yaralarini oldini olish;

  • Teri qizarganda tozalash;

  • Tuvak qo`yishni bajarish;

  • Bemorni yuvintirish va artish;

V. Hamshira postidagi ishlar

Talaba bilishi kerak:

  • Amaliyot xonasi tuzilishi;

  • Jihozlanish;

  • Tayinlanishi;

  • Ishni tashkil qilish;

  • Organizmga dori kiritish yo`llari;

  • Tashqi dori qo`llash qoidalarini;

  • Igna, shprislar tuzilishi;

Talaba o`z kundaligida mustaqil ishning hamma turlarini kunlar bo`yicha aks ettiradi. Ishlab chiqarish amaliyotini boshlig`I talaba ish faoliyatini baholashda kundalikni qanday tutishini amaliy ko`nikmalarni bajarish darajalarini hisobga olgan holda 100 ballik tizim bo`yicha baholanadi.
Download 55,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish