Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


To„lov talabnomasi bo„yicha hisob-kitoblar, ularning



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

 
5.3. To„lov talabnomasi bo„yicha hisob-kitoblar, ularning 
rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi 
 
To„lov  talabnomasi  –  bu  mahsulot  yetkazib  beruvchi  va  mab-
lag„ oluvchilarning belgilangan summani to„lovchi bank orqali to„lashi 
to„g„risidagi talabnomani o„z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. 
 
To„lov  talabnomasi  bo„yicha  hisob-kitoblar  “aksept”  shaklidagi 
hisob-kitoblar  deb  ham  yuritiladi.  “Aksept”  so„zi  lotin  tilidan  olingan 
bo„lib,  rozilik  ma‟nosini  anglatadi,  ya‟ni  bu  to„lovchining  to„lovni 
amalga  oshirish  uchun  bankka  bergan  roziligidir.  Aksept  shakli  asosiy 
inkassaviy  hisob-kitob  shakli  bo„lib  hisoblanadi.  “Inkasso”  italyancha 
so„zdan  olingan  bo„lib,  bank  o„z  mijozi  taqdim  etgan  hujjatga  asosan 
yetkazib berilgan mahsulot uchun unda ko„rsatilgan summani to„lovchi-
dan  uning  banki  orqali  olib  berish  bo„yicha  majburiyat  bo„lib  hisobla-
nadi qilish huquqiga ega.  
Hisob-kitoblarning aksept, ya‟ni to„lov talabnomalari orqali o„tka-
ziladigan  shaklida  ishlatiladigan  asosiy  hujjat  bu  –  to„lov  talabnomasi-
dir.  To„lov  talabnomalari  mahsulot  yetkazib  beruvchi  tomonidan  belgi-
langan № 0505411001 shakldagi blankalarda bankka taqdim etiladi. 
To„lov talabnomalari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin: 
a) yuklab jo„natilgan tovarlar uchun; 
b) bajarilgan ishlar uchun; 
v) ko„rsatilgan xizmatlar uchun; 
g)  amaldagi  qonunchilikda,  me‟yoriy  hujjatlar  yoki  shartnomada 
ko„zda tutilgan boshqa to„lovlar uchun. 
To„lov  talabnomasida  mahsulot  yetkazib  beruvchi  tomonidan  ta-
labnoma  nomeri,  uni  to„ldirilgan  sana,  shu  korxona  nomi,  uning  hisob-
varaq nomeri, xizmat ko„rsatuvchi bank nomi, bankining kodi, to„lovchi 
korxonaning nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomeri, to„lovchiga xiz-
mat ko„rsatuvchi bank nomi va kodi, to„lov summasi va to„lov maqsadi 
ko„rsatiladi.  Hujjatlarda  ko„rsatilishi  lozim  bo„lgan umumiy rekvizitlar-
dan tashqari to„lov talabnomasida quyidagilar ko„rsatilishi lozim: 
a) shartnoma sanasi va nomeri


 
94 
b) mahsulotlarni yuklab jo„natish sanasi va tovar-transport yoki qabul 
qilish, topshirish hujjatlari va transport turi, tovarlar pochta va telekomuni-
katsiya agentligi orqali jo„natilganda esa – pochta kvitansiyalarining nomeri. 
Agar  mahsulot  uni  sotib  oluvchining  transport  vositasi  bilan  olib 
ketilsa,  talabnomaning  alohida  ajratilgan  joyda  yuk  uni  sotib  oluvchi-
ning  o„z  transporti  bilan  olib  chiqib  ketilgani  hamda  ishonchnomaning 
nomeri ko„rsatiladi. Shunday hollar ham bo„ladiki, mahsulot kontraksiya 
shartnomalari  asosida  realizatsiya  qilinadi.  Kontraksiya  shartnomalari 
bo„yicha  mahsulot  yetkazib  berishda  to„lov  talabnomasining  yuqori 
qismida  ya‟ni  talabnoma  deb  yozilgan  so„z  yoniga  “Kontraksiya 
shartnomasi”  deb  ko„rsatilishi  lozim.  To„lov  talabnomasining  pastki, 
alohida ajratilgan qismida mahsulot jo„natuvchi korxona rahbari va bosh 
buxgalterning imzolari va korxonaning muhr izi qo„yiladi.  
To„lov  talabnomasi  mahsulot  yuklab  jo„natilgandan  keyin  shart-
nomada  belgilangan  muddatdan  kechiktirilmasdan  bankka  inkassoga 
topshiriladi. Mahsulot yetkazib beruvchi bitta operatsiya bo„yicha talab-
nomalarni inkasso uchun qayta taqdim qilish huquqiga ega emas.  
Umuman,  to„lov  talabnomalari  bo„yicha  hisob-kitoblarni  rasmiy-
lashtirish va hisobga olish ishlarini 3 bosqichga bo„lib ko„rib chiqamiz: 
1-bosqich.  Mahsulot  yetkazib  beruvchi  bankida  to„lov  talabnoma-
sini inkassoga qabul qilinishi. 
2-bosqich.  Mahsulot  oluvchi  bankida  to„lov  talabnomalarini  to„-
lash bo„yicha operatsiyalari.  
3-bosqich.  Mahsulot  yetkazib  beruvchi  bankida  to„lovni  qabul  qi-
lish bo„yicha operatsiyalar.  
To„lov  talabnomalari  bo„yicha  hisob-kitoblarning  har  bir  bosqi-
chini alohida ko„rib chiqamiz. 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish