Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

 
 
Taqrizchilar:   Karaliyev T.M. – «Banklarda buxgalteriya hisobi  
va audit» kafedrasi mudiri, professor, i.f.n. 
 
Marpatov M.D. – O„z.R. MBning “Buxgalteriya  
hisobi, hisoboti va davlat budjeti kassa ijrosi  
departamenti” direktor o„rinbosari dotsent, i.f.n. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ISBN 978-9943-13-193-4   
 
© “IQTISOD-MOLIYA”, 2010 


 

KIRISH 
 
O„zbekistonda hozirgi kunda Markaziy bank va tijorat banklaridan 
tashkil topgan bank tizimi faoliyat ko„rsatmoqda. Respublika bank tizi-
mini  izchil  ravishda  isloh  qilish  orqali  uning  mustahkam  va  barqaror-
ligini ta„minlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Natijada bank tizimida 
yuqori natijalarga erishilmoqda. Bu haqda Prezidentimiz I.Karimovning 
2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O„zbekistonni ijtimoiy-iqti-
sodiy  rivojlantirishning  eng  muhim  ustuvor  yo„nalishlariga  bag„ishlan-
gan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzада ham aytib o„tilgan. 
«So„nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar 
ko„paydi. Birgina o„tgan yilning o„zida yetakchi banklarning nizom jam-
g„armalarini  oshirish uchun qo„shimcha ravishda 500 milliard  so„mdan 
ortiq davlat mablag„lari ajratildi. Umumiy aktivlari mamlakatimiz bank 
tizimining 90 foizdan ortig„ini tashkil qiladigan 14 ta tijorat banki «Fitch 
Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi yetakchi xalqaro rey-
ting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olish-
ga muvaffaq bo„ldi.»
1
 
Banklarning  barcha  operatsiyalari  jahon  tajribasidan  foydalangan 
holda bajarilmoqda. Bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini milliy 
xususiyatlarni hisobga olgan holda xalqaro andozalarga javob beradigan 
tarzda  olib  borish  uchun  banklar  buxgalteriya  hisobining  yangi  hisob-
varaqlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.  “Banklarda bux-
galteriya  hisobi  va  operatsion  texnika”  fani  orqali  talabalarga  ushbu 
hisobvaraqlar  rejasi  asosida  bank  operatsiyalarining  buxgalteriya  hisobi 
va rasmiylashtirish tartibi o„rgatiladi. 
Ushbu o„quv qo„llanma “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion 
texnika” fani bo„yicha tasdiqlangan namunaviy hamda ishchi dastur aso-
sida  yaratilgan  bo„lib,  unda  banklarda  buxgalteriya  hisobining  tashkil 
etilishi, banklarda ishlatiladigan hujjatlar va ularning turlari, bank mijoz-
lariga hisobvaraqlar ochish tartibi batafsil yoritilgan. O„quv qo„llanmada 
Markaziy  bank  va  tijorat  banklarining  hisob  raqamlar  rejasi,  ularning 
strukturasi, bu rejalarning alohida xususiyatlari ko„rsatib o„tilgan. 
Ma‟lumki,  banklar  mijozlarga  xizmat  ko„rsatish  jarayonida  juda 
ko„plab operatsiyalarni bajaradi, bu operatsiyalarning buxgalteriya hiso-
bini  to„g„ri  va  o„z  vaqtida  yuritish  iqtisodiyotdagi  hisob-kitoblarni  tez-
lashtirish, xo„jalik yurituvchi subyektlarning o„zaro majburiyatlarini ba-
                                                           
1
  Karimov  I.A.  Аsosiy  vаzifamiz  –  vаtаnimiz  tаrаqqiyoti  ва  хаlqimiz  fаrоvоnligini  yanаdа 
yuksаltirishdir. – Т.: “O„zbekiston”. 2010-yil. 


 

jarishga  yordam  beradi.  Ushbu  o„quv  qo„llanmada  banklar  tomonidan 
bajariladigan  operatsiyalar,  jumladan,  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar,  qim-
matli qog„ozlar, kassa, qisqa va uzoq muddatli kredit operatsiyalari ham-
da banklararo hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi bataf-
sil yoritib berilgan. Bank asosiy vositalari, kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlar,  nomoddiy  aktivlar,  bank  daromadlari  va  xarajatlarining  bux-
galteriya hisobini yuritish tartiblariga ham alohida o„rin berilgan.  
Banklarda  bajariladigan  operatsiyalarning  buxgalteriya  hisobini 
tashkil etish tartibi o„quv qo„llanmaning 11 ta bobida yoritib berilgan. 
O„quv  qo„llanmaning  I  bobida  banklarda  buxgalteriya  hisobini 
tashkil  qilish  asoslari,  bank  hisob-operatsion  bo„limining  tuzilishi  va 
ushbu bo„lim xodimlarining vazifalari, banklarning hisobvaraqlar rejasi, 
uning tuzilishi, Markaziy bank va tijorat banklari hisobvaraqlar rejalari-
ning o„xshashligi va farqli tomonlari, banklarda buxgalteriya yozuvlarini 
bajarish asoslari, bank balansi va uning tuzilishi yoritilgan. 
O„quv  qo„llanmaning  II  bobida  banklarda  analitik  va  sintetik  hi-
sobning  tashkil  etilishi,  Bosh  va  yordamchi  kitob  materiallari,  ularni 
o„zaro solishtirish va xatolarni tuzatish kabi ishlar o„z ifodasini topgan. 
Ushbu  o„quv  qo„llanmaning  III  bobida  banklarda  ishlatiladigan 
hujjatlar,  ularning  asosiy  rekvizitlari,  to„ldirish  tartibi,  bankda  hujjatlar 
aylanishi va bank hujjatlarni saqlash tartibi ko„rsatilgan. 
O„quv  qo„llanmaning  IV  bobida  banklar  tomonidan  mijozlarga 
hisob raqamlar ochish va ularni yuritish tartibi, shuningdek, ushbu hisob 
raqamlarni yopish, boshqa banklarga o„tkazish va qayta rasmiylashtirish 
tartiblari ham ko„rsatib berilgan. 
O„quv qo„llanmaning qolgan V-IX boblarida bankning turli operatsiya-
lari, jumladan, naqd pulsiz hisob-kitob, banklararo hisob-kitob, qisqa va 
uzoq muddatli kredit, kassa, qimmatli qog„ozlar bo„yicha operatsiyalar-
ning hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi batafsil yoritib berilgan. 
Oxirgi X-XI boblarda bankning ichki operatsiyalari bo„lgan asosiy 
vositalar,  kam  baholi  va  tez  eskiruvchi  buyumlar,  nomoddiy  aktivlar, 
bank  daromadlari  va  xarajatlari  hisobining  yuritish  tartibi  yoritilgan, 
shuningdek, bank hisobotlarini tuzilishi ko„rsatib berilgan. 
Har  bir  mavzuni  yoritishda  O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
bankining  me‟yoriy  hujjatlari  va  ularga  kiritilgan  oxirgi  o„zgartirishlar 
inobatga olingan.  O„quv qo„llanmadagi har bir  mavzu  bo„yicha tegishli 
buxgalteriya provodkalari ko„rsatilgan va ular bo„yicha izohlar berilgan.  


 

O„quv qo„llanmaning o„ziga xos xususiyati shundan iboratki, aksa-
riyat  mavzularning  matnlarida  talabalarni  mustaqil  ishlashiga  yo„nalti-
rilgan vazifalar berib borilgan. Shuningdek, qo„llanmaning oxirida tala-
balarning fanni mukammal o„zlashtirishlarini ta„minlash maqsadida bux-
galteriya  hisobining  hisobvaraqlar  rejasi,  hujjatlarning  namunalari  va 
banklarda  buxgalteriya  ishini  o„rganish  bo„yicha  boshqa  qator  ilovalar 
keltirilgan. 


 


Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish