Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Akkreditivlar bo„yicha hisob-kitoblar, ularning hisobga



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

5.4. Akkreditivlar bo„yicha hisob-kitoblar, ularning hisobga  
olinishi va rasmiylashtirilishi 
 
Hisob-kitoblarning  akkreditiv  shakli  to„lov  aylanmasida  juda  kam 
ulushni  tashkil  etadi.  Jo„natilgan  tovarlar  va  ko„rsatilgan  xizmatlar 
uchun to„lovni kafolatlash maqsadida akkreditiv shakldan foydalaniladi. 
 
Akkreditiv  –  mijozning  topshirig„iga  ko„ra  shartnoma  bo„yicha 
uning  kontragenti  foydasiga  berilayotgan  bankning  shartli  pul  maj-
buriyatidir.  Akkreditiv  so„zining  o„zi  lotin  tilidan  olingan  bo„lib, 
“ishonchli” degan ma‟noni bildiradi.  
 
Unga  ko„ra  akkreditiv  ochgan  bank  mahsulot  yetkazib  beruvchiga 
to„lovni  bajarishi  yoki  boshqa  banklar  tomonidan  akkreditivda  ko„zda 
tutilgan  hujjatlar  taqdim  qilinganda  va  akkreditivning  boshqa  shartlari 
bajarilganda ularga bu to„lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin.  
Akkreditivlar  ochilganda  akkreditiv  ochgan  bank  to„lovchining 
shaxsiy  mablag„idan  yoki  unga  berilgan  kredit  hisobidan  mol  yetkazib 
beruvchining  banki  tasarrufiga  alohida  “Akkreditivlar”  balans  hisobva-
rag„iga  mablag„larni  o„tkazib  bersa,  bunday  akkreditivlar  qoplangan 
akkreditivlar  deyiladi.  Akkreditiv  ochgan  bank  xalqaro  qabul  qilingan 
andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi.  
Akkreditivlarning  ikkinchi  turi  qoplanmagan  akkreditiv  bo„lib, 
bank va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarini o„z vaqtida bajara-
digan xo„jaliklarga bunday akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. 
Qoplanmagan  akkreditivning  qoplangan  akkreditivdan  farqi  shundan 
iboratki,  bunda  to„lovchi  korxonaning  pul  mablag„lari  alohida  hisobva-
raqqa  o„tkazib  qo„yilishi  talab  qilinmaydi.  Bank  to„lovchi  hisobva-
rag„ida  to„lov  hujjatlari  kelib  tushganda  pul  bo„lmagan  taqdirda  bank 
mablag„lari  hisobidan  to„lov  berishni  kafolatlaydi.  Akkreditivning  bu 
turining  qulayligi  shundaki,  mol  sotib  oluvchining  pul  mablag„lari 
aylanmadan  tashqariga  chiqib  ketmaydi,  ikkinchi  tomonidan  mol 
jo„natuvchi  korxona  uchun  ham  to„lov  kafolatlangan.  Faqat  bank  mab-
lag„lari  hisobidan  to„lov  amalga  oshirilganda  shartnomada  kelishilgan 
miqdorda haq to„lanadi.  


 
104 
Qoplangan  va  qoplanmagan  akkreditivlar  chaqirib  olinadigan  va 
chaqirib  olinmaydigan  bo„lishi  mumkin.  Agar  akkreditiv  bo„yicha  huj-
jatlarda bu haqda belgi mavjud bo„lmasa, bunday akkreditivlar chaqirib 
olinuvchi hisoblanadi. Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank-emitent tomo-
nidan  mablag„larni  oluvchi  bilan  oldindan  kelishib  olinmasdan  ham 
o„zgartirilishi  yoki  bekor  qilinishi  mumkin.  Masalan,  shartnomada 
ko„zda  tutilgan  shartlarga  rioya  etilmaganda,  bank-emitent  akkreditiv 
bo„yicha to„lovlarni kafolatlash muddatidan avvalroq voz kechganda va 
boshqa hollarda akkreditiv chaqirib olinishi mumkin. To„lochi mahsulot 
yetkazib  beruvchiga  chaqirib  olinadigan  akkreditivning  shartlarini 
o„zgarishi yoki bekor qilinishi to„g„risidagi barcha farmoyishlarni faqat 
bank-emitent  orqali  berishi  mumkin,  ushbu  bank  mahsulot  yetkazib 
beruvchining banki, ya‟ni bajaruvchi bankni, u esa o„z navbatida mahsu-
lot  yetkazib  beruvchi  korxonani  xabardor  qiladi.  Bajaruvchi  bank  ayni 
paytda  mahsulot  yetkazib  beruvchi  taqdim  etgan  va  mahsulot  yetkazib 
beruvchining  banki  tomonidan  qabul  qilingan  akkreditiv  shartlariga 
tegishli bo„lgan hujjatlar bo„yicha to„lovlarni mazkur bank akkreditivini 
o„zgartirish  yoki  bekor  qilish  to„g„risidagi  xabarnomani  olgunga  qadar 
to„lashi  shart.  Mahsulot  yetkazib  beruvchining  roziligisiz,  uning  foyda-
siga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv o„zgartirilishi yoki bekor 
qilinishi mumkin emas. Mahsulot yetkazib beruvchi korxona akkreditiv 
shartlarida  ko„zda  tutilgan  hollarda  akkreditivni  muddatidan  oldin 
ishlatishdan voz kechishi mumkin. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish