V bob. NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR, ULARNING
HISOBI VA RASMIYLASHTIRILISHI
5.1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning tashkil qilinishi
Iqtisodiyot rivojlanishi davomida kimdir mahsulot ishlab chiqara-
di, boshqalari uni sotib oladi, yana kimdir xizmat ko„rsatadi, boshqa bir
tomon bu xizmatlardan foydalanadi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi.
Natijada oldi-sotdi munosabatlari yuzaga keladi. Iqtisodiyotdagi bunday
munosabatlar asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar yordamida hal etiladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda korxona va tashkilotlarning
tovar ayirboshlash, xizmat ko„rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo„yicha
bir-biriga bo„lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul
mablag„larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o„tkazish orqali
amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy
mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo„ladigan munosabatlarni
o„zida aks ettirishiga ko„ra ikki qismga bo„linadi:
1. Tovar operatsiyalari bo„yicha pul aylanishi.
2. Moliyaviy majburiyatlar bo„yicha pul aylanishi.
Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko„rsatish va kapital
qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi.
Ikkinchi moliyaviy majburiyatlar guruhiga esa budjetga to„lovlar, ya‟ni
foydadan to„lanadigan soliq, qo„shilgan qiymat solig„i va boshqa maj-
buriy to„lovlar hamda budjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarining
qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to„lanishi, sug„urta kompaniyalari
bilan hisob-kitoblar kiradi.
Naqd pulsiz aylanish pulli munosabatlar ishtirokchilarining joyla-
shuviga qarab bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanishiga bo„li-
nadi. Bir shahar ichidagi pul aylanishi bir hisob markaziga qarashli
banklar o„rtasidagi hisob-kitoblar majmuyini bildiradi. Shaharlararo pul
aylanishi esa turli hisob markazlariga qarashli banklar o„rtasida amalga
oshiriladigan hisob-kitoblar yig„indisidir. Lekin respublikamizda bank
tizimining rivojlanishi, “elektron to„lovlar” tizimiga o„tish asosida
hisob-kitoblarning tezligi va sifatining oshishi natijasida hisob-kitoblar-
da ishtirok etuvchi subyektlarning joylashuviga qarab ikkiga bo„lish
maqsadga muvofiq bo„lmay qoldi. Chunki hisob-kitoblarda qatnashuv-
chi subyektlar qaysi hududda joylashganidan qat‟iy nazar, to„lovlar bir
necha soatda, hattoki bir necha daqiqada o„tkaziladi.
85
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga
amal qilinadi. Bu tamoyillar quyidagilardir:
1. Har bir xo„jalik subyekti o„z pul mablag„larini banklarda ochil-
gan depozit hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar
o„zaro hisob-kitoblarini bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga
oshirishlari shart. Qaysi bankda hisobvaraq ochishni mijozlarning o„zlari
mustaqil tanlaydilar.
2. Hisob-kitoblar to„lovchining roziligi bilan yoki uning topshiri-
g„iga asosan depozit hisobvaraqdagi mablag„i hisobidan amalga oshirila-
di. Korxona bank kreditidan foydalanish huquqiga ega bo„lsa, to„lovlar
bank krediti hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
3. Hisob-kitoblar belgilangan to„lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.
4. Xo„jalik yurituvchi subyektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil
tanlaydilar va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo„yishlari lozim.
5. Tovar yetkazib beruvchi korxona hisobvarag„iga pul mablag„-
lari mazkur mablag„lar mol sotib oluvchi korxona hisobvarag„idan
o„chirilgandan so„ng o„tkazib beriladi.
6. Avval pul to„lanishi yoki tovar jo„natilishini (xizmat ko„rsati-
lishi) tomonlar o„zaro kelishuv asosida amalga oshiradilar, ya‟ni avval
pul to„lab, keyin tovarni olish mumkin, yoki aksincha, avval tovarni
olib, undan so„ng uning pulini to„lash mumkin.
7. To„lovni kafolatlash maqsadida yetkazib berilishi lozim bo„lgan
tovar yoki ko„rsatilishi lozim bo„lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan
to„langandan so„nggina tovarlar jo„natiladi yoki xizmatlar ko„rsatiladi.
8. Mijozlar o„rtasidagi hisob-kitoblar bo„yicha nizolarga bank ara-
lashmaydi, nizolarni ularning o„zlari hal qilishlari lozim, aks holda nizo-
lar xo„jalik sudlari yordamida hal qilinadi.
Hisob-kitoblarni amalga oshirishda yuqorida sanab o„tilgan tamo-
yillarga amal qilinmas ekan, bu hisob-kitob munosabatlarida qatnashuv-
chi tomonlarning moliyaviy holatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Hozirgi kunda O„zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz
hisob-kitoblar “O„zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni
amalga oshirish to„g„risida” 2002-yil 12-yanvardagi O„zbekiston Res-
publikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Nizom va unga
kiritilgan o„zgarishlar asosida olib boriladi.
“O„zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga
oshirish to„g„risida”gi Nizom Fuqarolik kodeksi, “Markaziy bank
to„g„risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi, “O„zbekiston
86
Respublikasi korxonalari to„g„risida”gi qonunlar va Markaziy bankning
O„zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi
boshqa me‟yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Lekin hozirga qadar
ushbu Nizomga bir necha marta qo„shimcha va o„zgarishlar kiritilgan.
Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi sharoitida xo„jalik yurituvchi
subyektlarning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanish sharoitlarida
naqd pulsiz hisob-kitob qoidalari xo„jalik organlari tomonidan hisob-
kitob shakllarini erkin tanlash tamoyillaridan kelib chiqadi va ular
shartnomalarda mustahkamlanadi. Xo„jalik idoralarining shartnomaviy
munosabatlariga bank aralashmaydi.
Nizomga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko„zda tutil-
gan va O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilin-
gan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:
– To„lov topshiriqnomalari;
– Inkasso;
– Akkreditivlar;
– Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
– Plastik kartochkalar;
– Memorial orderlar;
Yuqorida sanab o„tilgan hisob-kitob shakllari orqali operatsiyalar
quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
To„lov topshiriqnomasi;
To„lov talabnomasi;
Inkasso topshiriqnomasi;
Akkreditivga ariza;
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
Plastik kartochkalar;
Memorial orderlar.
To„lovchi va mablag„ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shart-
noma asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deganda huquqiy
me‟yorlarda ko„zda tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar
aylanish tartibi, mablag„larni mol sotuvchi korxona hisobvarag„iga
o„tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob
turlari tushuniladi. Hisob-kitoblarning alohida shakllarining mazmuni,
ular bo„yicha hujjatlar aylanishini va operatsiyalar hisobi hamda rasmiy-
lashtirilishini alohida paragraflarda ko„rib chiqamiz.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |