81
Korxonalarning hisobvaraqlari turli sabablarga ko„ra yopilishi
mumkin. Hisobvaraqlar yopilayotganda bank va mijoz o„rtasida tuzilgan
bank hisobvaraqlarini yuritishi bo„yicha shartnomalar bekor qilinadi.
Mijozlarning hisobvaraqlari quyidagi hollarda yopiladi:
hisobvaraq egasining arizasiga ko„ra;
korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko„ra;
korxona
tugatilganda;
bank talabi bilan.
Asosiy hisobvaraq bo„yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasi-
ning farmoyishiga ko„ra, hisobvaraqdagi pul mablag„lari surishtiruvchi,
tergovchi qarori bo„yicha yoki sud ajrimiga ko„ra xatlanganda to„xtatib
qo„yiladi.
Bank hisobvarag„i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga
hamda bank talabiga ko„ra bekor qilinadi. Bank talabiga ko„ra bank
hisobvarag„i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi
mumkin:
– agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko„rsatilgan
minimal miqdorda hisobvaraqda pul mablag„larini ushlab turmasa va bu
haqda bank tomonidan ogohlantirilgandan so„ng, bir oy ichida belgilan-
gan summaga yetkazilmasa;
– agar shartnomada boshqa muddat ko„rsatilmagan bo„lsa, kor-
xona hisobvarag„i bo„yicha 1 yil davomida operatsiyalar o„tkazilmasa.
Hisobvaraqdagi pul mablag„lari qoldig„i mijozning tegishli yozma
arizasiga ko„ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko„r-
satmasiga binoan boshqa hisobvaraqqa o„tkaziladi. Bank hisobvarag„i shart-
nomasining bekor qilinishi hisobvaraqning yopilishi uchun asos bo„ladi.
Agar shartnomada boshqa muddat ko„rsatilmagan bo„lsa, kor-
xona hisobvarag„i bo„yicha 6 oy, savdo-vositachilik korxonalarining
hisobvarag„i bo„yicha 3 oy davomida operatsiyalar o„tkazilmasa,
faoliyatini amalga oshirmagan hollarda banklar 3 kun ichida bunday
korxonalar haqida korxona yoki tadbirkor ro„yxatga olingan soliq
idorasiga xabar qilishlari shart. Sudning bank hisobvaraqlari bo„yicha
operatsiyalarni to„xtatib qo„yish haqida qarori taqdim etilganda
banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay hisobvaraqlarni yopishlari
lozim. Bunda ham bank hisobvarag„i bo„yicha shartnoma bekor
qilinadi.
82
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo„lgan yuridik shaxslar
ixtiyoriy tugatilayotganda, xabardor qilish muddatidan boshlab:
A. Ularning milliy valutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari,
jamg„arma va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko„rsatayotgan
banklar-tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi asosida mazkur
hisobvaraqlarini yopadilar va uning to„lov topshiriqnomasi asosida ular-
dagi mavjud mablag„lar qoldiqlarini tugatilayotgan yuridik shaxslarning
asosiy hisobvarag„iga o„tkazadilar.
B. Ularning chet el valutasidagi ikkilamchi depozit hisob-
varaqlari, jamg„arma va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat
ko„rsatayotgan banklar – tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi
asosida mazkur hisobvaraqlarini yopadilar va uning to„lov topshi-
riqnomasi asosida ulardagi mavjud mablag„lar qoldiqlarini tugatilayot-
gan yuridik shaxslarning uning milliy valutadagi asosiy hisobvarag„i
ochilgan xorijiy valutadagi talab qilib olinguncha depozit hisob-
varag„iga o„tkazadilar.
C. Yuridik shaxslarning asosiy hisobvarag„iga xizmat ko„rsatayot-
gan bank tugatish jarayoni tugagandan so„ng tugatuvchining arizasi aso-
sida bir ish kuni davomida asosiy hisobvarag„ini yopadi va tugatuvchiga
asosiy hisobvaraqning yopilishi haqida ma‟lumotnoma beradi.
Korxonani tugatish komissiyasi o„z ishini yakunlagandan so„ng hi-
sobvarag„ini yopish uchun mijoz korxonaning budjet oldidagi o„z
majburiyatlarini bajarganliklari haqidagi davlat soliq idoralarining
xulosasi, tugatish ishlari tugagani to„g„risida maxsus komissiya tomoni-
dan rasmiylashtirilgan bayonnoma, foydalanilmagan cheklar chek daf-
tarchasi bilan birgalikda bankka topshiriladi. Agar mijoz hisobvarag„ida
kredit qoldiq mavjud bo„lsa ushbu qoldiq mijozlarning ta‟sischilariga
yoki tugatish komissiyasining majlis qaroriga ko„ra boshqa hisobva-
raqqa o„tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: