5
O„quv qo„llanmaning o„ziga xos xususiyati shundan iboratki, aksa-
riyat mavzularning matnlarida talabalarni mustaqil ishlashiga yo„nalti-
rilgan vazifalar berib borilgan. Shuningdek, qo„llanmaning oxirida tala-
balarning fanni mukammal o„zlashtirishlarini ta„minlash maqsadida bux-
galteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi, hujjatlarning namunalari va
banklarda buxgalteriya ishini o„rganish bo„yicha
boshqa qator ilovalar
keltirilgan.
6
I bob. BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL
QILISH ASOSLARI. BANKLARNING HISOBVARAQLAR
REJASI
1.1. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
O„zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining rivojlanishida bank-
lar alohida o„rin egallaydi.
“Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi
Qonuniga asosan, “bank – tijorat tashkiloti bo„lib, bank faoliyati deb hi-
soblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan
yuridik shaxsdir:
– yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda
qabul qilingan mablag„lardan tavakkal qilib
kredit berish yoki inves-
titsiyalash uchun foydalanish;
– to„lovlarni amalga oshirish”
2
.
Banklar o„z faoliyatida ko„plab operatsiyalarni bajaradi. Ularga yuri-
dik va jismoniy shaxslarning, banklarning hisobvaraqlarini ochish, yuri-
tish, hisobvaraqlar bo„yicha hisob-kitoblar o„tkazish, omonatlar jalb etish,
kreditlar berish, qimmatli qog„ozlar chiqarish, xarid qilish va sotish,
moliyaviy lizing xizmatini ko„rsatish, kassa operatsiyalarini bajarish, chet
el valutasini
sotish va xarid qilish, pul mablag„lari, hisob-kitob hujjat-
larini inkasso qilish va bir qator boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin.
Shunday qilib, bank tijorat muassasasi bo„lib, to„lovlar va hisob-
kitoblarni tashkil etish, huquqiy va jismoniy shaxslarning hisobvaraqla-
rini yuritish, ularning pul mablag„larini saqlash, kreditlash bilan bog„liq
bo„lgan xizmatlar bank faoliyatining mahsuli hisoblanadi.
Bank
faoliyatida, yuqorida sanab o„tilgan operatsiyalarni bajarish
jarayonida pul mablag„larining harakati va ularning manbalari haqidagi
ma‟lumotlarni yig„ishda buxgalteriya hisobi katta o„rin tutadi. Buxgalteriya
hisobi ma‟lumotlaridan foydalangan holda bankning aktiv va passiv
operatsiyalari rejalashtiriladi. Moliyaviy hisobotlarning natijasi bankning
moliyaviy holatini ko„rsatadi va bank rahbarlariga bank ishini rivojlanti-
rishda aniq chora va tadbirlar ishlab chiqishga sharoit yaratadi. Shu qa-
bul qilingan siyosat asosida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi yara-
tiladi. Bu faoliyat bank xodimlarining kunlik
ish jarayonlarida hamda
operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishda o„z ifodasini topadi.
2
O„zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi Qonuni 1996-yil.
7
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asosiy yo„na-
lishlari belgilab berilgan bo„lib, ular quyidagilardir:
a) davlatimizning qonunchiligiga rioya qilish;
b) buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga rioya qilish;
c) bankning o„z
amaliyotidan kelib chiqib, odatiy operatsiyalarini
hisobga olgan holda buxgalteriya hisobini tashkil qilish;
d) Banklar o„zining hisob siyosatini
ishlab chiqish bilan birga
Respublika Markaziy banki tomonidan belgilab berilgan umumiy
yo„riqnoma va nizomlarga rioya qilish.
e) buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan holda tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: