Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
X-XI
 
boblarda bankning ichki operatsiyalari bo„lgan asosiy 
vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, nomoddiy aktivlar, 
bank daromadlari va xarajatlari hisobining yuritish tartibi yoritilgan, 
shuningdek, bank hisobotlarini tuzilishi ko„rsatib berilgan. 
Har bir mavzuni yoritishda O„zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining me‟yoriy hujjatlari va ularga kiritilgan oxirgi o„zgartirishlar 
inobatga olingan. O„quv qo„llanmadagi har bir mavzu bo„yicha tegishli 
buxgalteriya provodkalari ko„rsatilgan va ular bo„yicha izohlar berilgan.



O„quv qo„llanmaning o„ziga xos xususiyati shundan iboratki, aksa-
riyat mavzularning matnlarida talabalarni mustaqil ishlashiga yo„nalti-
rilgan vazifalar berib borilgan. Shuningdek, qo„llanmaning oxirida tala-
balarning fanni mukammal o„zlashtirishlarini ta„minlash maqsadida bux-
galteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi, hujjatlarning namunalari va 
banklarda buxgalteriya ishini o„rganish bo„yicha boshqa qator ilovalar 
keltirilgan. 



I bob. BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL 
QILISH ASOSLARI. BANKLARNING HISOBVARAQLAR 
REJASI 
 
1.1. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari 
 
O„zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining rivojlanishida bank-
lar alohida o„rin egallaydi. 
“Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi 
Qonuniga asosan, “bank – tijorat tashkiloti bo„lib, bank faoliyati deb hi-
soblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan 
yuridik shaxsdir: 
– yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda 
qabul qilingan mablag„lardan tavakkal qilib kredit berish yoki inves-
titsiyalash uchun foydalanish; 
– to„lovlarni amalga oshirish”
2

Banklar o„z faoliyatida ko„plab operatsiyalarni bajaradi. Ularga yuri-
dik va jismoniy shaxslarning, banklarning hisobvaraqlarini ochish, yuri-
tish, hisobvaraqlar bo„yicha hisob-kitoblar o„tkazish, omonatlar jalb etish, 
kreditlar berish, qimmatli qog„ozlar chiqarish, xarid qilish va sotish, 
moliyaviy lizing xizmatini ko„rsatish, kassa operatsiyalarini bajarish, chet 
el valutasini sotish va xarid qilish, pul mablag„lari, hisob-kitob hujjat-
larini inkasso qilish va bir qator boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin. 
Shunday qilib, bank tijorat muassasasi bo„lib, to„lovlar va hisob-
kitoblarni tashkil etish, huquqiy va jismoniy shaxslarning hisobvaraqla-
rini yuritish, ularning pul mablag„larini saqlash, kreditlash bilan bog„liq 
bo„lgan xizmatlar bank faoliyatining mahsuli hisoblanadi.
Bank faoliyatida, yuqorida sanab o„tilgan operatsiyalarni bajarish 
jarayonida pul mablag„larining harakati va ularning manbalari haqidagi 
ma‟lumotlarni yig„ishda buxgalteriya hisobi katta o„rin tutadi. Buxgalteriya 
hisobi ma‟lumotlaridan foydalangan holda bankning aktiv va passiv 
operatsiyalari rejalashtiriladi. Moliyaviy hisobotlarning natijasi bankning 
moliyaviy holatini ko„rsatadi va bank rahbarlariga bank ishini rivojlanti-
rishda aniq chora va tadbirlar ishlab chiqishga sharoit yaratadi. Shu qa-
bul qilingan siyosat asosida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi yara-
tiladi. Bu faoliyat bank xodimlarining kunlik ish jarayonlarida hamda 
operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishda o„z ifodasini topadi.
2
O„zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi Qonuni 1996-yil. 



Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asosiy yo„na-
lishlari belgilab berilgan bo„lib, ular quyidagilardir: 
a) davlatimizning qonunchiligiga rioya qilish; 
b) buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga rioya qilish; 
c) bankning o„z amaliyotidan kelib chiqib, odatiy operatsiyalarini 
hisobga olgan holda buxgalteriya hisobini tashkil qilish; 
d) Banklar o„zining hisob siyosatini ishlab chiqish bilan birga 
Respublika Markaziy banki tomonidan belgilab berilgan umumiy 
yo„riqnoma va nizomlarga rioya qilish.
e) buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan holda tashkil etish. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish