10
qay usulda foydalanilayotganligi, bank aktiv operatsiyalardan qanday
moliyaviy natijalar kutilayotganligini bilish uchun juda muhim. Bundan
tashqari, buxgalteriya hisobi ma‟lumotlari bank rahbarlari, uning xodim-
lari, ayni chog„da bank mijozlari uchun ham qiziqarlidir.
Chunki bank
rahbarlari va barcha xodimlari bankning kunlik aktivlari va majburiyat-
larining holati, daromadlari va xarajatlarining strukturasi bilan qiziqsa-
lar, bank mijozlari esa bank likvidligi va uning barqarorlik darajasini bi-
lishni istaydilar. Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona
bankning boshqaruv apparati ikki asosiy omilga e‟tibor bermog„i zarur:
bank rentabelligi;
bankning likvidligi.
Bankning rentabelligi deganda bankning bir me‟yorda faoliyat
yuritishi va bank rivoji uchun yetarli daromad olish imkoniga egaligi
tushuniladi. Bank o„z oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatda
to„lay olish uchun yetarli pul va boshqa to„lov mablag„lariga ega bo„lishi
bank likvidligi deyiladi. Har ikkala ko„rsatkichni yuqori darajada ushlab
turish lozim. Chunki bankning moliyaviy
ahvoli yomonlashganini sez-
gan mijozlar boshqa barqaror bankka o„z mablag„larini o„tkazib, uning
xizmatidan foydalanishni afzal ko„radilar.
Demak, bank buxgalteriya hisobi ma‟lumotlari bank haqidagi aniq
ma‟lumotlarni olish nuqtayi nazaridan Markaziy bank, Soliq nazorati
idoralari, barcha tijorat banklari va mijozlar, bank aksiyadorlari, mavjud
va bo„lg„usi investorlar uchun juda zarur. Bu ma‟lumotlar asosida bank-
ning likvidligi, yo„l qo„yayotgan xatari,
rezervlari, kredit portfeli hola-
tini belgilash imkoniyati yaratiladi. Umumiy qilib aytganda, buxgal-
teriya hisobini tashkil qilishda hisob ma‟lumotlari nafaqat ichki,
balki
yuqori boshqaruv uchun zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi
foydalanuvchilar ehtiyoji ham e‟tiborga olinishi kerak.
Bank faoliyati bo„yicha moliyaviy hisobot ma‟lumotlaridan
bilvosita foydalanuvchilar mavjud bo„lib, ularning ham o„ziga yarasha
manfaatdorligi bor. Bunday foydalanuvchilar tipiga quyidagilarni
kiritish mumkin:
auditorlik
firmalari;
moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar;
qimmatli qog„ozlar birjalari;
qonunchilik idoralari;
huquqshunoslar, jumladan, xo„jalik sudi vakillari;
matbuot va axborot agentliklari;
11
sug„urta idoralari, kasaba uyushmalari va boshqalar.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari
hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o„rtasida hisob
ishlari taqsimotini, qo„llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisob-
lash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo„ladi.
Shu bilan birga, bank faoliyatiga taalluqli qarorlarni to„g„ri qabul
qilinishi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob ma‟lumotlarini o„z vaq-
tida va to„g„ri tuzilganligiga bog„liq bo„ladi. O„z vaqtida olinmagan yoki
noto„g„ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma‟lumotlari noto„g„ri qarorlar
qabul qilinishiga, natijada banklarning zarar ko„rishiga, ba‟zi hollarda
esa bankrotlik holatiga kelishga ham sabab bo„lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: