Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Debet – “Aylanma kassadagi naqd pullar”  Kredit



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

Debet
– “Aylanma kassadagi naqd pullar” 
Kredit
– “Mijozlarning kredit bo„yicha tegishli hisobvarag„i” 
Hisobvaraqlarning nomerlarini hisobvaraqlar rejasidan qidi-
rib ko„ring va o„zingiz yozib qo„ying. 
Agar olingan kreditlar bo„yicha foizlar to„lovi naqd pulda amalga 
oshirilgan bo„lsa:
Debet
10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” 
Kredit 
16309 – “Kreditlar bo„yicha hisoblangan foizlar”
Umumiy qilib, kassaning kirim opertsiyalari bo„yicha hujjatlar ay-
lanishini quyidagi sxemada ko„rish mumkin: 
8.3. Kassaning chiqim operatsiyalari, ularning hisobi
va rasmiylashtirilishi 
 
Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deganda bank kas-
salaridan naqd pulning berilishi bilan bog„liq operatsiyalar tushuniladi. 
Korxona va tashkilotlarning o„z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pen-
siya, stipendiya, boshqa nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari 
uchun naqd pul olishi mumkin. 
Yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini 
tuzib, bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo„-
yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo„yicha alohida 
moddalar ko„rsatilgan. Shu bilan birga, ish haqi olish bo„yicha ish haqi 
olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki 
marta ish haqi oladilar. 
Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir 
bank kassa prognozini tuzadi. Har kungi kassa operatsiyalarini olib bo-
rish uchun qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari 
hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblanadi. 
Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab o„tilgan maqsad-
larga naqd pul olish uchun pul cheki rasmiylashtirishlari lozim. Lekin 
bundan avval korxonaga yangi hisobvaraq ochilayotgan paytda bankka 
pul chek daftarchasi olish uchun ariza topshirishlari lozim. Arizada bank 
nomi va kodi, korxona nomi, uning talab qilib olinadigan depozit 
bo„yicha hisobvaraq nomeri, chek daftarchasining nomi, soni, ariza ras-
miylashtirilgan sana ko„rsatiladi. Arizaga korxona rahbari va buxgal-


156 
terining imzosi hamda muhr qo„yiladi. Bank korxonaning arizasiga 
asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning 
kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomerini ko„rsatadi va 
mijozga beradi. Chek daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish 
uchun asos bo„ladi.
Ish haqi yoki unga tenglashirilgan to„lovlarni olishdan bir kun 
avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda 
ularga xizmat ko„rsatuvchi mas‟ul ijrochiga beriladi. Mas‟ul ijrochi, eng 
avvalo, shu tashkilotning hisob raqamida yetarli pul miqdori borligini 
tekshirib, shundan so„nggina chekning to„liq va to„g„ri to„ldirilganligini, 
ikkita imzo va muhrning imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan 
kartochkalar bilan solishtirib ko„radi. Hammasi to„g„ri bo„lsa, chekning 
burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, pasport bilan birga mijozga 
qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv o„tkazib, so„ng 
rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida 
sana, hisobvaraq nomeri, chek summasi, hisobot simvoli, korresponden-
siya hisobvarag„i nomeri ko„rsatiladi. 
Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki 
tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va 
nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan 
to„g„ri kelsa, chekdagi pasport ma‟lumotlari pasport bilan to„g„ri kelsa, 
kassir chekda ko„rsatilgan summani mijozga sanab beradi. 
Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalar bo„yicha 
hujjatlarni o„zaro solishtirib, bankning hisob markaziga topshiradi. 
Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari 
va undan ko„chirmalar chiqarib beriladi. 
Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtiril-
gan to„lovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy 
yordam pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanma-
gan naqd pul to„lovlarini quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi orqali chiqim 
qilinadi:

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish