153
saqlanishi lozim. Kirim kassa kassirining stoli shunday jihozlangan
bo„lishi kerakki, mijozga pul qayta sanalayotganligini kuzatib turishga
imkon bo„lishi kerak. Pulni qabul qilib olgandan keyin kassir kvitansiya
va kirim kassa hujjatlarida order, badalnoma, kirim,
kassa jurnali,
ko„rsatilgan summani sanalganda chiqqan summa bilan qiyoslaydi. Ular
bir-biriga mos bo„lsa, kassir kvitansiya, badalnoma va unga tegishli
bo„lgan orderga imzo qo„yadi, kvitansiyaga bank muhrini bosib, pul
topshirgan shaxsga qaytarib beradi. Bu kvitansiya mijozga undan pulni
qabul qilib olganlik haqidagi tasdiqlovchi hujjat bo„lib hisoblanadi.
Badalnomalarni o„zida olib qolib, badalnomaga tegishli bo„lgan orderni
kassaning kirim jurnali bilan birgalikda
yana bank nazoratchisiga
qaytaradi.
Lekin ba‟zan shunday hollar ham bo„ladiki, mijoz topshirgan pul
summasi kirim kassa hujjatlarida ko„satilgan summa bilan to„g„ri
kelmasligi mumkin. Topshiruvchi bergan naqd pul summasi bilan kirim
kassa hujjatida ko„rsatilgan summa o„zaro mos kelmasa, topshiruvchiga
hujjatni qayta rasmiylashtirib kelish taklif etiladi. Kassir dastlabki
hujjatning ustidan chiziq tortadi va shu hujjat kvitansiyasining orqa
tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib, kvitansiyaga
imzo chekadi. Badalnoma, order va kvitansiya operatsiya xodimi yoki bank
nazoratichisiga beriladi, kassa jurnalida dastlab yozilgan summani o„chi-
rib, badalning yangi summasini yozib qo„yadi, shundan so„ng yangi olin-
gan hujjatlarni rasmiylashtirib, yana kassaga jo„natadi. Kvitansiyalar yo„riq-
nomada belgilangan tartibda saqlanadi. Kirim hujjatlar esa yo„q qilinadi.
Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan bo„lsa, kassir buning
sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarini kvitansiyalar bilan birga
operatsiya xodimlariga qaytaradi. Kvitansiyalarda
qanday sabablarga
ko„ra pul topshirilmagani ko„rsatilib, bank muassasasi rahbari va bosh
buxgalteri imzo chekadi. Bunday hollarda kassa daftarlaridagi yozuvlar
o„chiriladi, kirim hujjatlari yo„q qilinadi.
Kassirlar o„zlari qabul qilgan va topshirgan pul summalarini
0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kuni
oxirida kirim kassasining har bir xodimi, ya‟ni
kassiri qabul qilingan
hujjatlar asosida 0482109 shakldagi ma‟lumotnomani tuzadi va undagi
summani o„zi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Ma‟lumotno-
mani kassir imzolaydi va unda ko„rsatilgan kassa aylanmalarini ope-
ratsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi. Bu
154
qiyoslash kassa jurnalida kassirning va kassir ma‟lumotnomasida
operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Operatsiya kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan
tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 0482109 shakldagi ma‟lu-
motnoma bilan birga kassa mudiriga 0482155 shakldagi daftarga imzo
chekilgandan so„ng topshiradi. Kassa mudiri esa qabul qilingan pul
summasini kassirning ma‟lumotnomasi
bilan qiyoslaydi, qabul qilingan
summani 0482155 – shakldagi daftarga yozib qo„yadi, ma‟lumotnomaga
imzo chekib, uni bosh buxgalterga beradi. Ma‟lumotnoma tekshirilgan-
dan so„ng bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari tomonidan imzolanib,
bu kunning kassa hujjatlariga tiqib qo„yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: