Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 Chet el valutasidagi depozit hisobvaraqlarni ochish tartibi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
4.3. Chet el valutasidagi depozit hisobvaraqlarni ochish tartibi 
 
Yuridik va jismoniy shaxslar hisobi milliy valuta “so„m”da yuriti-
ladigan depozit hisobvaraqlar bilan birgalikda chet el valutasidagi de-
pozit hisobvaraqlarini ochishlari mumkin. Chet el valutasidagi depozit 
hisobvaraqlarini rezident va norezident yuridik shaxslar, rezident va no-
rezident jismoniy shaxslar hamda chet el investitsiyasi bilan ishlovchi 
korxonalarga ochiladi. Chet el valutasida depozit hisobvaraqlarning 
barcha turlarini, jumladan, talab qilib olinguncha, jamg„arma va muddatli 
depozit hisobvaraqlarini ochish mumkin.
Chet el valutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan, muddatli
jamg„armali, ikkilamchi depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tadbir-
korlik faoliyati subyektlari bo„lgan rezident yuridik shaxslar bank muas-
sasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:

hisobvaraq ochish uchun ariza; 

tijorat faoliyati uchun mo„ljallangan tovarlarni xorijdan olib ke-
luvchi yakka tadbirkorlar-yashash joyi bo„yicha davlat soliq xizmati ido-
rasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo„yicha tovarlarni olib keluv-
chi tadbirkor davlat ro„yxatidan o„tganligi to„g„risida” guvohnoma nusxasi;

davlat ro„yxatidan o„tganligi to„g„risidagi guvohnoma nusxasi;


78 

imzolar va muhr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha; 

ta‟sis hujjatlari va unga kiritilgan o„zgarishlar; 

mijoz tomonidan pul-hisob kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga 
ega bo„lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati. 
Chet el valutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan depozit hi-
sobvaraqlarini norezident yuridik shaxslari ham ochishlari mumkin. 
Quyidagi norezident yuridik shaxslar talab qilinguncha saqlanadigan 
depozit hisobvaraqlar ochishlari mumkin: 

O„zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, chet davlat-
larning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, jumladan O„zbekiston Res-
publikasi tashkilotlari ishtirokida ochilgan tashkilotlarga; 

O„zbekiston Respublikasida joylashgan xorijiy diplomatik, sav-
do va boshqa rasmiy vakolatxonalarga, immunitet hamda diplomatik im-
tiyozlardan foydalanuvchi xalqaro tashkilotlarga

O„zbekiston Respublikasida joylashgan boshqa xorijiy tashkilot 
va firmalarning xo„jalik va tijorat faoliyati bilan shug„ullanmaydigan 
vakolatxonalariga.
Yuqorida sanab o„tilgan yuridik shaxslar talab qilinguncha saqla-
nadigan depozit hisobvaraq ochish uchun bankka hisobvaraq ochish so„-
ralgan ariza, soliq to„lovchining ro„yxatdan o„tib, identifikatsiya raqami 
olganligi to„g„risidagi guvohnoma nusxasi, imzolar va muhr namunasi 
tushirilgan va tasdiqlangan varaqcha va norezident yuridik shaxs nomi-
dan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo„lgan shaxs-
ning shaxsini tasdiqlovchi hujjati. 
Jismoniy shaxslar ham chet el valutasida hisobvaraq ochishlari 
mumkin. Rezident va norezident jismoniy shaxslar hisobvaraq ochishlari 
uchun bankka ariza va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni shaxsan taqdim eta-
dilar. Hisobvaraq yuritadigan bo„lim boshlig„i yoki buxgalter arizani ol-
gach, mijozga imzolar namunasini qo„yish uchun 2 ta varaqcha beradi va 
imzolarini qo„ydirib oladi. Varaqchaning orqa tomoniga buxgalter tomo-
nidan mijoz pasportining ma‟lumotlari yozib qo„yiladi va bu ma‟lumot-
lari o„z imzosi bilan tasdiqlab qo„yadi.
Hisobvaraq ochish uchun zarur hujjatlar mijozning yuridik ishi 
bo„lib hisoblanadi, imzolar va muhr namunasi tushirilgan varaqchadan 
tashqari alohida papkada saqlanadi. Imzolar va muhr tushirilgan varaq-
chaning birinchi nusxasi buxgalter (mas‟ul ijrochida), ikkinchisi nazorat-
chida saqlanadi.


79 
Umuman, mijozlarga bitta bankda ma‟lum bir chet el valutasida 
faqat bitta talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag„i ochish 
uchun ruxsat beriladi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish