Zaydiylar
Zaydiylar — shialikda vujudga kelgan firqa tarafdorlari, 8-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Arab
xalifaligida ziddiyatlar keskinlashib, zodagonlar oʻrtasidagi kurash kuchaygan, umaviylar
hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Firqa shialarning 5-imomi Muhammad
al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan. Mu-hammad al-Bokirning sustligidan
norozi boʻlgan shialarning ichidan Zayd oʻz tarafdorlarini toʻplab, umaviylar hokimiyatiga
qarshi 739 y.da isyon koʻtardi. Zayd 740 y. xalifa Hishom (724—743) qoʻshinlari bilan boʻlgan
jangda halok boʻldi. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlo-diga berishni talab
qilib, xalifalar hokimiyatiga qarshi koʻp marta isyon koʻtardilar.
864 y.da 3. qoʻzgʻoloni Shim. Eronda gʻalaba qilib, mustaqil davlat vujudga keldi. Tabariston,
Daylom, Gilon viloyatlarini oʻz ichiga olgan bu mus-taqil davlatdagi 3. imomlari 300 y.cha
hukmronlik qilganlar. 901 y.da 3. Yamanda ham hokimiyatni qoʻlga kiritib, mustaqil davlat
tuzdilar. Yamanda 3. hukmronligi 1972 y. 26 sent. inqilobigacha, yaʼni Yaman respublika deb
eʼlon qilinguncha davom etdi.
3. Zaydni soʻnggi 5-imom x.isoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Ular oʻz
aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar oʻrtasida turib, har ikkala oqimga
nisbatan murosasozlik yoʻlini tutadilar. 3. yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan
ilgarigi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Us-mon)ni laʼnatlamasliklari, taqiyya prinsipini va mutʼa
(yoki siygʻa) nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sigʻinishni hamda
darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. Oʻz aqidalarida
moʻʼtaziliylardan iroda erkinligi va Kurʼonni Alloh yaratganligini, xorijiylarlzm esa diniy eʼtiqodni
amaliy faoliyat bilan mustahkamlash qoidasini qabul qilib olganlar. Hozirgi Yaman aholisining
yarmidan koʻprogʻi 3. firqasiga mansub. 3. Saudiya Arabistonida, Pokiston va b. davlatlarda
ham bor.
[1]
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Zayd
iylar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Zaydiylar&oldid=2053725
"
dan olindi