4. Grantlar, subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervini hisobga olish Grantlar, subsidiyalar va beg’araz yordamlarni hisobga olish 1998 yil 3 dekabrda Adliya vazirligi tomonidan 562-raqam bilan tasdiqlangan «Davlat subsidiyalari hisobi va davlat g’rdamini izohlash» nomli 10-son BHMA bilan tartibga solinadi.
Grant (subsidiya) deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ular belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura ko’rinishidagi g’rdam tushuniladi.
Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Grant va subsidiyalar quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
8810-«Grantlar»;
8820-«Subsidiyalar». Mazkur hisobvaraqlarda o’z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona faoliyatini moliyalash manbai sifatida ko’rib chiqiladigan ajratilgan grant va subsidiyalarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Pul shaklida olingan grantlar quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 5110, 5210-«Pul mablag’lari»hisobvaraqlari
K-t 8810-«Grantlar». Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8810-«Grantlar» K-t 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari.
Grant ajratgan tashkilotning grant so’mmasini korxona ustav sarmoyasiga badal sifatida kiritish haqidagi qarori zarur. Ustav kapitalining oshishiga hamda yangi muassis paydo bo’lishiga barcha muassislarning roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini qayta ro’yxatdan o’tkazish lozim:
D-t 8810-«Grantlar» K-t 8530-«Тekinga olingan mol-mulk». Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir etmaydi. Aktivlarga tegishli davlat subsidiyalari quyidagicha aks ettiriladi:
aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida tan olinadigan maqsadli tushumlar sifatida;
kelib tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi hamda amortizatsiyalanadigan aktivdan foydali foydalanish muddati davomida hisoblanadigan eskirishni qisqartirish yo’li bilan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Shuningdek, 8800-«Maqsadli tushumlar» guruhida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
8830-«A’zolik badallari» 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari». 8830-«A’zolik badallari» schyotida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi 8830-«A’zolik badallari» schyoti krediti bo’yicha pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’lar so’mmalarini maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltirishning hisobi 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida amalga oshiriladi.
Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari bo’shagan mablag’lar so’mmasiga debetlanadi, 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyoti kreditlanadi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’lar so’mmalari imtiyozli davr ko’rsatilgan taqdirda – imtiyozli davr tugagach, qolgan hollarda esa - har yili 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyoti debetidan 8530-«Bepul olingan mol-mulk» schyoti kreditiga hisobdan chiqariladi.
Хususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalarni ta’mirlash bo’yicha kelgusi xarajatlar so’mmasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo’lishi: