«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»


Тa’sischilar bilan hisoblashishlar



Download 2,81 Mb.
bet60/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139
Тa’sischilar bilan hisoblashishlar. Korxona ro’yxatdan o’tganidan so’ng ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali so’mmasiga korxona oldida muassislarning qarzi vujudga keladi. Тa’sischilarning ustav kapitaliga bo’lgan qarzlari bo’yicha olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotida olib boriladi.
4610-hisobvaraq aktiv bo’lib, debet saldosi ta’sischilarning oy boshiga bo’lgan saldosini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti ta’sischilar tomonidan o’tkazib berilgan pul mablag’lari, moddiy qiymatliklar va mulklar qiymatini ko’rsatadi.
Тa’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini yuritish uchun asos bo’lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul-qilish-topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi.
Ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali so’mmasiga 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti debetlanib, 8310-«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar» va 8330-«Paylar va ulushlar» hisobvaraqlari kreditlanadi.
Korxonada qo’shilgan kapital hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
8410-«Emission daromad»
8420-«Ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha kursdagi farq».
Ushbu hisobvaraqlar passiv bo’lib, ular oddiy va imtig’zli aksiyalar bo’yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan so’mmalarni va ularning harakatini umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Korxonada qo’shilgan kapital quyidagi muomalalar natijasida vujudga kelishi mumkin:

  • emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida;

  • kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytida.

Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, 8410-«Emission daromad» schyoti krediti bo’yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha so’mma hisobga olinadi. Mazkur so’mma foyda solig’iga tortish ob’ekti bo’lib hisoblanmaydi.
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aksiyalarni sotishda va so’mmalar kamomadida 8410-«Emission daromad» schyotida zarar aks ettiriladi.
Qo’shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda valyuta va valyuta boyliklariga oid badallarni kiritish paytidagi valyuta kurslarining farqlanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi.
Biroq keyinchalik xorijiy valyutadagi pulga oid moddalar har bir hisobot davri yakunlanadigan sanada qayta baholanadi, bu qayta baholash natijasi kelgusi davrlar daromadi yoki xarajatlariga o’tkaziladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam bo’lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o’tkazish yo’li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko’rgan zararini qoplash, imtig’zli aksiyalar uchun dividend to’lash, aksiyadorlar talabiga ko’ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo’ljallangan.
Rezerv kapitali hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»;
8520-«Rezerv kapitali»;
8530-«Beg’araz olingan mol-mulk».
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti qayta baholash natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi.
Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish