«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»


Д-т 9810-"Фойдадан ҳисобланган ва тўланган солиқлар" счёти; К-т



Download 2,81 Mb.
bet78/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   139
Д-т 9810-"Фойдадан ҳисобланган ва тўланган солиқлар" счёти;
К-т 6410-"Бюджетга тўловлар бўйича қарздорлиқ" счёти;
Бу солиқ бюджетга ўтказилганда:
Д-т 6410-"Бюджетга тўловлар бўйича қарздорлик" счёти;
К-т 5110-"Ҳисоб-китоб счёти" счёти.
11 MAVZU: SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY ТO’LOVLAR HISOBI
O’rganiladigan savollar:
1. Yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar va uning ahamiyati
2. Soliq bo’yicha muomalalarni hisobga olish
3. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisobi
4. Aksiz solig’i hisobi
5.Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq hisobi
6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi
7. Yuridik shaxslar mol-mulkiga soliqning buxgalteriya hisobi
8. Yer solig’ini hisoblash va to’lash tartibi
9. Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soliq hisobi
10. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga to’lovlar hisobi
11. Respublika yo’l jamg’armasiga to’lovlar hisobi
12. Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarni hisobi
13. Soddalashtirilgan soliqlar hisobi
1. Yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar va uning ahamiyati
Soliqlar – bu jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari hamda mulklaridan ma’lum (qonunda belgilangan) bir qismini davlatning moliyaviy imkoniyatini ta’minlash maqsadida majburiylik, qaytarmaslik, davlat majburlovini qo’llashlik asosida byudjetga o’tkazishning birdan-bir qonuniy usulidir.
Soliqlar milliy daromadni davlat tasarrufiga olishning eng muhim vositasiga aylangani sababli, ular makroiqtisodiyotni tartibga solishda borgan sari muhimroq rol o’ynamoqdaki, YaMM umumiy hajmida soliq tushumlari salmog’ining ko’payishi buning ko’rsatkichi hisoblanadi.
Soliqlarni tasniflash - soliqlarni muayyan xarakterli belgilari, ya’ni ularni undirish usullari, qo’llaniladigan stavkalar turi, soliq imtiyozlari va hokazolar bo’yicha guruhlashdir.
Soliqlarni turlari bo’yicha tasniflashga bir necha belgilar asos qilib olingan. Halqaro amaliyotda ikkita asosiy tasnif guruhlari qabul qilingan-bevosita va bilvosita soliqlar. Ushbu guruhlar soliq solish ob’ektiga va to’lovchi bilan davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga bog’liqdir.
Bevosita soliqlar bevosita daromad va mol-mulkka belgilanadi (soliqqa tortishning bevosita shakli), ya’ni bevosita soliqlarning uzil-kesil to’lovchisi daromad oluvchi (mol-mulkka egalik qiluvchi va h.k.) xo’jalik sub’ekti hisoblanadi.
Soliq to’lovchining daromadi (ish xaqi, foyda, foizlar va boshqalar) va mol-mulki (yerlar, uylar, qimmatli qog’ozlar va boshqalar) qiymati bevosita soliqlar ob’ektidir.
Bilvosita soliqlar - narx yoki tarifga ustama ko’rinishida belgilanadigan, tovar va xizmatlardan olinadigan soliqlar. Bilvosita soliqlarga tovarni sotish narxida to’lanadigan yoki tarifga kiritilgan tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita soliqlarning pirovard to’lovchisi bo’lib, tovar iste’molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq narxda ko’zda tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda korxonalar o’zlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq summalari hisobga olingan pul summalarini oladilar, so’ngra olingan barcha soliq summalarini tegishli tartibda byudjetga o’tkazadilar.
Bilvosita soliq solishda davlat amalda yangi qiymatni taqsimlash ishtirokchisiga aylanib, tovar yoki xizmatlarni sotish paytida ushbu qiymatning bir qismiga bo’lgan o’z huquqlarini e’lon qiladi.
Bevosita soliqlardan farq qilib, bilvosita soliqlar bevosita to’lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bog’lanmaydi. Odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari shuningdek aholiga sartaroshxonalarda, kimyoviy tozalash shohobchalarida, avtotransport korxonalari tomonidan ko’rsatilgan va hokazo xizmatlar soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Bilvosita soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam ravishda oshib boradi.
Bevosita soliqlar salmog’ining kamayishi korxonalarning moddiy-texnika bazasini kengaytirishga, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga olib keladigan bo’lsa, bilvosita soliqlar salmog’ining ko’tarilishi korxonalarda investitsion faoliyatini rivojlantirishga imkon yaratadi.
Soliqlar majburiy to’lov bo’lib, qonun asosida undiriladi. Demak, soliqlarda, moliyada bo’lgani singari doimiy qaytarilib turadigan moliyaviy voqeliklar, aniqrog’i pul munosabatlari bo’ladi. Ana shu pul munosabatlarining mazmunini ochish orqali soliqlar mohiyati ochiladi.
Umumdavlat va mahalliy byudjetlarga to’lanadigan soliqlarning asosiy qismi yuridik shaxslar zimmasiga to’g’ri keladi. Shu bilan birgalikda davlat maqsadli fondlariga to’lanadigan majburiy to’lovlarning ham kattagina qismini yuridik shaxslar to’laydi. Yuridik shaxslar tomonidan soliqlar va majburiy to’lovlarning o’z vaqtida va to’g’ri to’lanishi, avvalo, ularda soliq hisobining qay darajada yuritilishiga bog’liq. Soliq hisobini to’g’ri tashkil qilish va yuritishda hisobning asosiy vazifalari belgilab olinadi.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish