3. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisobi. Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini byudjet daromadiga olib qo’yishning bir shaklidir.
Soliq to’lovchilar mukchilikning barcha shakllariga kiruvchi mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan korxonalar, tashkilotlar va ularning mustaqil bo’linmalaridir.
Qo’shilgan qiymat solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Sqqs = SТob *SS/100
bunda:
Sqqs - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
SТob - soliqqa tortiladigan oborot;
SS - qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi. Тovar (ish, xizmat)lar qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olgan narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Sqqs = Тqx SS/(SS+100)
bunda:
Тq - qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati.
Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovar (ish, xizmat)larni sotadigan korxonalar erkin (shartnomaviy) narx va tarifga qo’shilg’an qiymat solig’i summasini qo’shmaydilar.
20 foizlik mikdorlardagi stavkalar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar tovarlarning sotilishi va ularga doir soliqlar summasi yuzasidan qo’llaniladigan stavkalar bo’yicha alohida hisobni yuritishi va hisob-kitob hujjatlarida soliq summalarini tovarlar turlari bo’yicha qo’llaniladigan stavkalarga qarab ko’rsatishi lozim.
Misol: Korxona mol yetkazib beruvchilarga materiallar sotib olgani uchun qo’shilgan qiymat solig’ini to’ladi, bu avval 4410-"Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari" schyotida aks ettiriladi, hisobot davri oxirida ushbu summa 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyotining debetida ko’rsatiladi.
Bu qiymatga quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
material sotib olinganidagi QQS summasi:
D-t 4410-"Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari";
K-t 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar";
hisobot davri oxirida QQS summasi 6410-schyot debetiga o’tkazildi:
D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik"
K-t 4410-"Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari" .
Bu materiallardan tayyor mahsulot ishlab chiqarilganda, uning qiymati va qo’shilgan qiymat solig’i quyidagi provodkalar beriladi:
Sotilgan mahsulot qiymatiga:
D-t 4010-"Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar".
K-t 9010-"Realizatsiya" schyoti;
Qo’shilgan qiymat solig’iga:
D-t 4010-"Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti
K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyoti.
Byudjetga to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’ini aniqlash uchun xaridorlardan olingan qo’shilgan qiymat solig’i va mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’i, ya’ni 6410-schyotning krediti bi lan debeti solishtirilib aniqlanadi.
Bu soliq byudjetga o’tkazilganda:
D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyoti;
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti.