6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi Ushbu soliqni to’lovchilar o’z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun yer usti va yer osti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi, ya’ni yuridik shaxslar foydalangan suv resurslarining butun hajmi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Yer osti va yer ustidagi manbalardan suv kelib tushadigan vodoprovod tarmog’idagi suvdan foydalanilgan holda soliq tegishli manbalar uchun belgilangan stavkalar asosida hisoblab chiqiladi. Тumanlar va shaharlar davlat soliq inspeksiyalari suv yetkazib beruvchi korxonalardan vodoprovod tarmog’iga yer osti va yer ustidagi manbalardan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati haqidagi ma’lumotlarni olishi va ularni soliq to’lovchilar e’tiboriga havola etishi lozim.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanganda:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik"
Ushbu soliq byudjetga to’langanda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik"
K-t 5110-"Hisob-kitob schyota"
7. Yuridik shaxslar mol-mulkiga soliqning buxgalteriya hisobi Yuridik shaxslar mol-mulkiga soliq solishning maqsadi keraksiz va ortiqcha uskunalar hamda boshqa mulklarning korxonalarda me’yordan ortiqcha saqlanishini bartaraf etishdan, korxonalarda tovar oboroti jarayonini jadallashtirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mustaqil balansga ega bo’lgan, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan barcha yuridik shaxslar soliq to’lovchilar hisoblanadi.
Shuningdek korxonalarning O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mustaqil balansga ega bo’lgan filial, vakolatxona yoki boshqa shakldagi tarkibiy qismlari ham mol-mulk uchun soliq to’lovchilar sanaladi. Soliq solish stavkalari va soliq solish ob’ektlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu soliq korxonaning mol-mulkining o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan olinadi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkasi quyidagicha:
Yil davomida mol-mulkning hisobot davridagi (yil choragi, yarim yillik, 9 oylik) qoldiq qiymati mol-mulkning birinchi oyining 1 kunidagi qoldiq qiymatining yarmini hisobot davrida keyingi oyning 1 kunidagi qoldiq qiymatining yarmiga qo’shilishidan hosil bo’lgan summani, shuningdek mol-mulk qoldiq qiymatining hisobot davridagi qolgan barcha oylarning 1 kunidagi summasini hisobot davridagi oylar soniga bo’lishdan hosil bo’lgan xususiy hosila sifatida belgilanadi. Soliq solinadigan bazani belgilash uchun buxgalteriya hisobining balans aktivida aks ettiriladigan quyidagi schyotlar bo’yicha summalar qabul qilinadi:
0110-0199-"Asosiy vositalar";
0310-"Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalar";
0410-0490-"Nomoddiy aktivlar".
Mulk solig’i hisoblanganda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9430-"Boshqa operatsiviy xarajatlar";
K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik".
Ushbu soliq byudjetga to’langanda quyidagicha provodka berilganida:
D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik";
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti".