1. Mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati, ahamiyati va vazifalari
Mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati, ahamiyati va vazifalari haqida gapiradigan bo’lsak, birinchi navbatda albatta biz mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar keltirsak va undan keyin uning ahamiyati va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirsak.
Mahsulot tannarxi - shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasidir. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxi - mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asosiy vositalar, mehnat resurslari, va boshqa xarajatlarning qiymat bahosi.
Korxonalar va tashkilotlar uchun mahsulot tannarxini hisoblash juda muhim hisoblanadi. Chunki tannarxni hisoblamasdan turib mahsulot narxini aniqlab bo’lmaydi va tavakkal narx qo’yib sotish esa korxona xarajatlarini ham qoplay olmasligi mumkin va bundan tashqari mahsulotni raqobatlashgan bozorda sotilmay qolishi ham mumkin. Bu esa o’z navbatida korxonalarning tugatilib ketishiga sabab bo’lishi mumkin.
Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko’rsatkichlari – ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o’z aksini topadi.
Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad – uni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlarni tegishli hujjatlarda o’z vaqtida, to’liq va ishonchli aks ettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o’rnatishdir.
Hozirgi kunda korxona va tashkilotlarda mahsulot tannarxini aniqlashda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5- fevraldagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida NIZOMga muvofiq amalga oshiriladi. Shu nizomga muvofiq, mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar korxona mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashib mahsulot tannarxini shakllantiradi:
Moddiy xarajatlar;
Mehnatga haq to’lash xarajatlari;
Ijtimoiy soliqga ajratmalar;
Amortizasiya xarajatlari;
Boshqa xarajatlar.
Moddiy xarajatlar - ishlab chiqarishning asosiy xarajatlaridan biri bo’lib, mahsulot (ish, xizmat) larga qarab jami ishlab chiqarish xarajatlarining 60-80 % atrofida bo’lishi mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlar deyilganda, mahsulot sotib olgandan to korxonaga olib kelgunga qadar barcha komission va vositachilik xarajatlar tushuniladi.
Moddiy xarajatlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
• Texnologik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan yoqilgi va energiya xarajatlari;
• Yarim tayyor mahsulotlarni sotib olinishi;
• Mahsulotga tara va upakovka uchun xarajatlar;
• Arzon va tez eskiruvchan inventarlarning eskirishi;
• Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq soliqlar va ajratmalar;
• Ichki ishlab chiqarish bilan bog’liq brakdan yo’qotishlar;
• Ishlab chiqarish jarayonida xizmat qiladigan transport xarajatlari;
• Ishlab chiqarishda ishtirok etadigan boshqa xarajatlar.
Mehnatga haq to’lash xarajatlari - bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchi va xodimlar mehnat haqlari, jumladan rag’batlantiruvchi va kompensatsion to’lovlar uchun xarajatlardir.
Mehnatga xaq to’lash xarajatlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:
• Lavozimdagi okladi, tarif stavklaraiga muvofiq anik bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;
• Ishchilarga ma’lum bir tartibda berilgan mahsulot qiymati;
• Ishlab chiqarish natijalari uchun okladga qo’shimcha mukofot va ustamalar;
• Ishchilarga tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq ovqat, uy- joy xaqini to’lash uchun xarajatlar;
• Ishchilarga to’lanadigan boshqa ko’rinishdagi xarajatlar.
Mahsulot tannarxi shakllanishida ta’sir etuvchi xarajatlardan yana biri ijtimoiy soliq hisoblanadi. Bu soliqni har bir xo’jalik yurituvchi subyektlar to’lashga majbur hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy soliq stavkasi 12% ni tashkil etadi. Ijtimoiy soliq uchun soliq bazasi bo’lib shu xo’jalik yurituvchi subyektlardagi mavjud bo’lgan ish haqi fondiga nisbatan hisoblab to’lov amalga oshiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi boshqa xarajatlar. Bu xarajatlarga korxona mulkini majburiy sug’urta qilish, belgilangan tartibdagi safar xarajatlari, kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlar, aloqa xizmatlari uchun to’lovlar, brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar, yong’indan saqlash va qo’riqlash xarajatlari, ijara xarajatlari va boshqa barcha ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar.
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf- xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf- xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog’liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materillar, yonilgi va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib o’rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1- chizma).
1-chizma. Xarajatlarning namoyon bo’lish sohasiga ko’ra
turkumlanishi.3
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va material sarflari, amortizasiya va h.k) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo’linadi: qo’shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o’rash, chizmada korxonada mahsulot ishlab chiqarish hamda muomala xarajatlari va ularning tarkibini ko’rishimiz mumkin. Demak bunda ishlab chiqarish xarajatlariga yuqorida ta’kidlaganimizdek xom ashyo materiallari, yoqilgi va moylash xarajatlari, ish haqi xarajatlari, amortizasiya xarajatlari, amortizasiya hamda boshqa xarajatlar kiritilgan. Muomala xarajatlari davr xarajatlari ham deb ataladi. Sof muomala xarajatlari (sotuvchi maoshi va boshqalar), marketing (iste’molchilik talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Biz yuqoridagi ma’lumotlarni keltirish orqali mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati yoritishga harakat qildik, endi shu rejaning davomi hisoblangan mahsulot tannarxini hisoblashning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirsak. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki mahsulot tannarxini hisoblash har bir xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Uning ahamiyati shundan iboratki, har bir korxona va tashkilotlar oliy maqsadi albatta foyda olish va shu orqali o’z faoliyatini kengaytirib borishdir. Har bir korxona va tashkilotlar ma’lum bir faoliyat bilan shug’ullanadi va o’sha faoliyatda mahsulot(ishlar, xizmatlar) yaratadi. Korxona va tashkilotlar uchun mahsulot tannarxini hisoblashning ahamiyati shu mahsulot tannarxini kamaytirish yo’llarini tahlil qilish, uni amalga oshirish va foyda olishni ko’paytirishdir. Endi shu rejaning vazifalariga to’xtaladigan bo’lsak, bu vazifalar shu xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlash uchun qilinadigan ishlarni doimo o’z vaqtida amalga oshirish va uning ustidan doimo nazorat qilib borishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |