O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI
“BUXGALTERIYA HISOBI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlari hisobi
Bajardi: Quchqorov Sarvar
Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti,
3-kurs, BHA-61 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: N. Imamova
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
_________________________(imzo)_____________'>«____» _______2020 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
«____» _______2020 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2020 y.
Baho«_____» _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a'zolari:
__________________
__________________
__________________
|
T OSHKENT-2020
R E J A:
KIRISH
1. Mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati, ahamiyati va vazifalari
2. Mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlar hisobi haqida ma’lumot
3. Mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlar hisobining tahlili
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
K I R I SH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. So’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotini mustaqil fan sifatida hamda amaliyotda korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalarda boshqaruvning muhim bo’g’ini sifatida xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish o’ta muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga o’tkazish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PQ-4611 24.02.2020 “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”1gi qarorni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu qarorni qabul qilishining asosiy maqsadi biznes tili hisoblangan korxona va tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlarda yuritish va shu orqali mamlakatimizga xorijiy investorlarni jalb qilishdan iboratdir.
Shuningdek, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan xalqaro xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish”2 bu mamlakatimizda xo’jalik yurituvchi subyektlar jumladan yirik soliq to’lovchilar sug’urta, lizing kompaniyalari, banklar, aksionerlik jamiyatlaria bo’lgan e’tiborning yanada oshirishiga olib keladi. Buning natijasida bu tashkilotlarda buxgalteriya hisobiga bo’lgan ehtiyojning qay darajada yuqori ekanligini bilishimiz mumkin. Ya’ni bu biz xorijiy investorlarni yuqorida sanab o’tilgan tashkilotlarga jalb qilish uchun ular bizning korxonamizni tushunadigan biznes tili hisoblangan moliyaviy hisobotlarimizni xalqaro standartlarda tuzishimizni talab etadi.
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, so’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar negizida buxgalteriya hisobiga ham bo’lgan talab va e’tiborning oshib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, xo’jalik yurituvchi subyektlar ham o;z faoliyatini kengaytirish, daromadlarini oshirish uchun ular ham turli xil islohotlarni amalga oshimoqdalar. Shu o’rinda korxonalar, tashkilotlar va kompaniyalar uchun buxgalteriya hisobining ham qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Shu men yoritayotgan mavzu, ya’ni, mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlari hisobi ham shu korxonalar uchun dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ya’ni xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni tannarxini hisoblashga doir bevosita va bilvosita xarajatlarni aniqlash, xarajatlarning miqdorini kamaytirish, mahsulot tannarxini kamaytirish usullarini tahlil qilish, shu jumladan, mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlarini hisobga olishni to’g’ri tashkil etish juda muhimdir. Biz mahsulot(ishlar, xizmatlar)ning tannarxini qanchalik aniq va mukammal hisobga olsak, uning tannarxini kamaytirish yo’llarini topsak, bu xo’jalik yurituvchi subyektlarmizning kelajakda faoliyatining kengayishiga va daromadlarining oshishiga olib keladi. Buning natijasida iqtisodiyotimizning o’sishiga va xalqimiz turmush darajasining o’sishiga zamin yaratiladi. Shuning uchun, mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlar hisobi mavzusini o’rganish dolzarb mavzulardan biri ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Kurs ishi mavzusining obyekti. Bu kurs ishida mavzuning obyekti mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlar hisobi mavzusi va uni o’rganish, unda qanday turdagi mehnat xarajatlarini hisobga olish va ularni tahlil qilish shu kurs ishi mavzusining obyekti hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari. Bu kurs ishi mavzuning maqsadi shundan iboratki, korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yo’llarini aniqlash va bu bo’yicha ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Ya’ni mahsulot tannarxini hisoblashga doir xarajatlarni aniqlashda mehnatga haq to’lash xarajatlari hisobini yanada chuqurroq o’rganish va uni tahlil qilishdan iboratdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, shu mavzuni o’rganishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati, ahamiyati va vazifalari;
Mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlar hisobi haqida ma’lumot;
Mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlar hisobining tahlili.
Kurs ishi mavzusining tuzilishi. Ushbu kurs ishi mavzusining tuzulishi kirish, asosiy qismdagi uch reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Ushbu kurs ishining kirish qismida mavzuning qay darajada dolzarbligi, uning obyekti, subyekti, kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari haqidagi ma’lumotlar bilan yoritilgan.
Kurs ishining asosiy qismidagi birinchi rejasida, mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati, mavzuni o’rganib uni tahlil qilishning nechog’lik ahamiyatga ega ekanligi amda uning vazifalari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kurs ishining asosiy qismidagi ikkinchi rejasida, mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlar hisobi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ya’ni shu menatga haq to’lash xarajatlarining tarkibi qanday ekanligi unga qanday turdagi to’lovlar kiritilishi haqidagi ma’lumotlar keltrilgan.
Kurs ishining asosiy qismidagi uchinchi rejasida, mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlar hisobining tahlili haqida ma’lumotlar keltirigan.
Kurs ishining xulosa qismida xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mahsulot(ishlar, xizmatlar) tannarxini hisoblashda mehnatga haq to’lash xarajatlari hisobini tahlil qilish va o’rganishlar orqali shu xarajatlarning samarali ijrosini tashkil etilishi bo’yicha xulosa va taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |