Mehnatga haq to‘lash razryadlari
|
Tarif koeffitsiyentlari
|
1
|
1,000
|
2
|
1,053
|
3
|
1,106
|
4
|
1,158
|
5
|
1,269
|
6
|
1,384
|
7
|
1,505
|
8
|
1,630
|
9
|
1,755
|
10
|
1,883
|
11
|
2,014
|
12
|
2,148
|
13
|
2,284
|
14
|
2,421
|
15
|
2,561
|
16
|
2,704
|
17
|
2,847
|
18
|
2,993
|
19
|
3,141
|
20
|
3,292
|
21
|
3,444
|
22
|
3,597
|
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to’lash xarajatlarining tahlili
Iste’mol fondi xarajatlari deganda korxonada band bo’lgan xodimlar va ular nomidan to’lanadigan xarajatlar tushuniladi. Bunga, mehnat haqi sifatida hisoblanadigan va to’lanadigan xarajatlar, to’lovlar, rag’batlantirishlar kiritiladi. Xodimlar nomidan to’lanadigan to’lovlar tarkibiga ularning ishga qatnashi va ovqatlanishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, kiyim-kechaklar, kommunal xizmat va uy-joy uchun to’lovlar, ularni o’qitish bilan bog’liq va boshqa shu kabi to’lovlar kiritiladi.
Mehnat haqi – bu jamiyat ko’lamida Milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o’rtasida ular mehnatini miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan qismidir. Korxona mehnatga haq to’lashdan mehnat unumdorligini oshirishni, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni eng muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Ish haqini tashkil etish va ularni shakllantirishdan asosiy maqsad barcha xodimlarni ish haqi yakka va kollektiv mehnat natijalariga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lishiga erishishdan, mahnatga haq to’lashga tekischilik elementlarini bartaraf etishdan iborat.
Korxonada mehnat haqi xarajatlarini tahlil etishda mehnat haqi fondining reja va o’tgan yillarga nisbatan o’zgarishi va o’zgarish sabablariga, bir xodimga to’g’ri keladigan o’rtacha mehnat haqi fondi hamda uning o’zgarishiga baho beriladi. Mehnat haqi fondining shakllanishi va uning berilishi davlat tashkilotlari tomonidan tartibga solib turiladi va nazorat qilinadi. Bu bevosita kredit tashkiloti hisoblangan bank tizimi va uning bo’limlari bo’lishi mumkin. Mehnat haqi fondining hisoblanishi va berilishi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har yili qayta tuziladigan uslubiy yo’riqnoma bu boradagi me’yoriy hujjat sifatida olinadi.
Bugungi kunda korxonalarda xodimlarning ish haqini tahlil etishning asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Bazis davri va rejadagi ish haqi fondining realligini baholash;
Ish haqi fondining mutloq va nisbiy farqlarini aniqlash;
Ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan o’lchash;
Ish haqi fondi tarkibidagi unumsiz xarajatlarni hisoblash;
Mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi o’rtasidagi nisbatni tannarxga bo’lgan ta’sirini hisoblash.
Ish haqini mutloq farqini aniqlash uchun sarflangan ish haqi fondini bazis davridagisi bilan taqqoslash lozim.
Nisbiy farqini aniqlash uchun haqiqiy sarflangan hisobot davridagi ish haqi bazis davridagi ish haqini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga korrektirovka qilingan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Shundan kelib chiqib endi ishchilarning ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilsak.
Ishchilarning ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillar tahlili:
Ishlab chiqarish xodimlari ish haqi tarkibida ishchilarni ish haqi yuqori salmoqqa egadir. Shu bois ishchilarni ish haqidan qay darajada foydalanganligini nazorat qilish, unumsiz xarajatlarga yo’l qo’ymaslik tannarxini pasaytirish imkoniyatini beradi. Tahlil etishda ishchilarni hisobot davridagi haqiqiy sarflangan ish haqini rejadagi, o’tgan yildagi ish haqi fondi bilan taqqoslanadi, uning farqi aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi quyidagi omillar miqdor jihatdan hisoblanadi.
1. Mahsulot hajmini o’zgarishi;
2. Ishchilar (nisbiy) sonini o’zgarishi;
3. Bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish haqini o’zgarishi.
Mahsulot hajmini o’zgarishini ishchilarni ish haqi fondiga bo’lgan ta’sirini aniqlash uchun rejadagi ish haqi fondini mahsulot ishlab chiqarish hajmini rejaga nisbatan o’sish darajasiga ko’paytirish lozim.
Ikkinchi omilni ta’sirini aniqlash uchun ishchilarni nisbiy farqi rejadagi bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish haqiga ko’paytirish kerak. Bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish haqini o’zgarishini ish haqi fondiga bo’lgan ta’sirini aniqlash uchun shu ko’rsatkichning rejadan farqi hisobot davridagi ishchilarning haqiqiy soniga ko’paytirish lozim.
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlar va ularning tahlili yaratilayotgan mahsulotning tannarxini aniqlashda mehnatga haq to’lash xarajatlarining ta’siri yuqori ekanligini bildirishdan dalolat beradi. Bu tahlillardan tashqari yana mehnat unumdorligi bilan ish haqi o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi ham shu biz yaratayotgan mahsulotning tannarxiga ta’sir qiladi. Shundan kelib chiqib ham biz mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi o’rtasidagi nisbatning o’zgarishini mahsulot tannarxiga ta’sirini tahlili haqida so’z yuritsak.
Mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi o’rtasidagi nisbatning o’zgarishini mahsulot tannarxiga ta’sirini tahlili:
Mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi uzviy bog’liqga ega. Mehnat unumdorligini o’sishi ish haqini ham ortishiga olib keladi. Korxonada ishni to’g’ri tashkil etish, moddiy rag’batlantirish sistemasini to’g’ri tashkil etish tufayli mehnat unumdorligi ortadi. Tahlil etishda mehnat unumdorligini o’sish darajasi o’rtacha ish haqini o’sish darajasi bilan taqqoslanadi. Mehnat unumdorligini ish haqiga nisbatan yuqori darajada o’sishi mahsulot tannarxidagi ish haqini ulushini pasayishiga olib keladi. Tahlil etishda mehnat unumdorligining o’sishini har bir foiziga to’g’ri keladigan o’rtacha ish haqini o’sish darajasi rejada belgilangan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning o’zgarish sabablari aniqlanadi.
Mehnat unumini ish haqining o’sishidan yuqori bo’lishi va buni ta’minlanishi iqtisodiy qonuniyat ham hisoblanadi. Negaki, ish haqini mahsulot hajmini oshirmasdan oshirib bo’lmaydi. Shu sababli korxonalar ish haqi fondiniva uning bazasini tartibga solishda mahsulot hajmining solishtirma baholardagi o’sishiga muhim ahamiyat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |