Debet 0490-“Boshqa nomoddiy aktivlar” schoti - 11000000 so‘m
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti - 11000000 so‘m .
3. Bank xizmati uchun:
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti - 78000 so‘m.;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti - 78000 so‘m.
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxona dasturiy ta’minotni QQS bilan birgalikda 246000 so‘mga sotib oldi. Maslahat uchun firma tomonidan QQS bilan birgalikda 36000 so‘m to‘langan. Korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari qilingan.
1.Dasturiy ta’minotga to‘lov qilindi:
Debet 6010 -“Mol yyetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti- 240000 so‘m;
Kredit 5110 -“Hisob-kitob schoti” schoti - 240000 so‘m.
2.Dasturiy ta’minot sotib olindi:
Debet 0830 -“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schoti- 200000 so‘m.;
Kredit 6010 -“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti - 200000 so‘m.
3. Maslahat xizmati so‘mmasiga:
Debet 9420 -“Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti schoti -30000 so‘m;
Kredit 6010 -“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti -30000 so‘m.
4. Dasturiy ta’minoti kirimga olindi - 200000 so‘m:
Debet 0430 -“Dasturiy mahsulot” schoti- 200000 so‘m;
Kredit 0830 -“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schoti .
5.Maslahat xizmati uchun to‘lov amalga oshirildi.
Debet 6010 -“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti- 36000 so‘m;
Kredit 5110 -“Hisob-kitob schoti” schoti - 36000 so‘m.
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Tashkilot tovar belgisi ishlab chiqadi. Reklama agentligiga tovar belgisi ishlab chiqish yuzasidan firma xarajatlari 100000 so‘m, shu jumladan, QQS-20000 so‘m. Tovar belgisini ro‘yxatga olish xarajatlari 18000 so‘m. Hisob registrlarida quyidagiga buxgalteriya yozuvlari qilingan.